2-chizma Ssudalarni qoplash yo‘llari 2.Budjet ssudasini xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish. Berilgan budjet ssudalarini o‘z muddatida qaytarish ustidan nazorat yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya organida budjet ssudasini berish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin ushbu shartnomaga asosan to‘lov topshiriqnomasiga asosan hisobvaraqdan mablag‘ o‘tkazib beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bank belgisi tushirilgan to‘lov topshiriqnomasi va hisob schyotidan.
ko‘chirmasiga asosan memorial order va Budjet ssudalari bo‘yicha budjetlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisobi kitobi rasmiylashtiriladi. Memorial orderdagi yozuvlar Bosh-jurnal kitobiga o‘tkaziladi(4-chizma).
Budjet ssudalari hisobi 05 "Berilgan va olingan ssudalar " nomli hisobvaraqda yuritiladi.
Ya’ni 051 Respublika budjetidan quyi budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalari
052 Yuqori mahalliy budjetlardan qo‘yi mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalari 053 Respublika budjetidan rezident – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan budjet ssudalar
054 Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq
055 Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq
056 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika budjetidan olingan va berilgan budjet ssudalari
057 Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan va berilgan budjet ssudalari "Respublika budjetidan olingan budjet ssudalari" nomli 051-sonli hisobvaraqda respublika budjetidan olingan budjet ssudalari hisobga olinadi. Budjet ssudalari bo‘yicha qarzlar kreditida qaytarish bo‘yicha mahalliy budjet hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar 051-sonli hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi.
"Yuqori mahalliy budjetlardan qo‘yi mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalari " nomli 052-sonli hisobvaraqda belgilangan tartibda yuqori budjetdan berilgan va quyi mahalliy budjetlar tomonidan olingan budjet ssudalari hisobga olinadi.
Quyi budjetlarga berilgan budjet ssudalari 052-sonli hisobvaraqning debetida, yuqori budjetlardan olingan ssudalar esa ushbu hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Budjet ssudalari bo‘yicha qarzlarni qaytarish uchun quyi budjetlardan kelib tushgan summalar 052-sonli hisobvaraqning kreditida, ssudalar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun (qaytarish uchun) o‘tkazilgan summalar - ushbu hisobvaraqning debetida ko‘rsatiladi.
053-sonli hisobvaraq “Respublika budjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan budjet ssudalar” Respublika budjetidan rezidentga – yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga ajratiladigan budjet ssudalari, shuningdek ularni qaytarish bo‘yicha operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
Bunda, taqdim qilingan budjet ssudalaridan tushadigan foizlarni o‘tkazish daromadlar hisobi bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
054-sonli hisobvaraq “Davlatning ichki qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning ichki qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi uchun mo‘ljallangan.
055-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi hisobi bo‘yicha hisobvaraq” Davlatning tashqi qarzini shakllantirish va qaytarish bilan bog‘liq operatsiyalar summalari hisobi, shuningdek Davlatning tashqi qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirishda ijobiy yoki salbiy kurs farqlarini aniqlash va hisobot moliya yili mobaynida tegishli hisobvaraqlarga kurs farqi summalarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika Budjetidan olingan va berilgan Budjet ssudalari” Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa Budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika Budjetidan olingan va berilgan Budjet ssudalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
056-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika budjetidan olingan va berilgan budjet ssudalari” Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Respublika budjetidan olingan va berilgan budjet ssudalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
057-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan va berilgan budjet ssudalari” Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan va berilgan budjet ssudalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.