B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiva mahalliy budjetlar daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar,
yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlarining g‘azna depozit hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan.
2. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarini tasnifi va hujjatlashtirish.
Davlat budjeti, jamg‘armalar budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yuritiladi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha xodimlar ko‘chirmalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli budjet, jamg‘arma budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari bo‘yicha tushgan summalarni to‘g‘ri qabul qilinganligini o‘rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo‘lgan daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak.
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi budjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat budjetiga kelib tushayotgan barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida yetarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega:
o mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi;
o daromadlar turi;
Do'stlaringiz bilan baham: |