(G'aznachiUkka
o'tish sharoitida: l47-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet
mablag ‘lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti) yoki
K re d it 100 - « T ashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit
h is o b v a ra g 'i» subschyoti
(G'aznachiUkka o'tish sharoitida:
147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar
oldidagi majburiyat» subschyoti).
2) zaxira fondini tiklash summasiga:
D eb et 134 - «M oliyaviy q o 'y ilm a la r fondi» subschyoti;
K red it 275 - «K reditorlik qarzlarini birinchi n av b atd a to 'la sh u chun zaxira»
subschyoti.
5. B U D J E T T A S H K IL O T L A R ID A KASSA
O P E R A T S IY A L A R I H IS O B I1
Budjet tashkilotining naqd pul mablag'lari tashkilot kassasida
saqlanadi. Shtatida kassir yoki buxgalter-kassir lavozimi b o ‘lgan faqat
katta budjet tashkilotlarida kassa bo'ladi, qolgan holatlarda budjet
tashkilotlarida naqd pul to ‘lanadigan operatsiyalar hisobdor shaxslar
orqali amalga oshiriladi.
1 Bu paragrafni ta yyorlashda O 'zbekiston R espublikasi M arkaziy bankining
«Y uridik shaxslar tom onidan kassa operatsiyalarini am alga oshirish qoidalari»dan
foydalanilgan.
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari
«Yuridik shaxslar
tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga asosan
amalga oshiriladi. Bu qoidalarga muvofiq, barcha yuridik shaxslar,
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o ‘z pul m ablag‘larini bank
muassasalarida saqlashlari shart.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pul
qanday maqsadlar uchun olingan b o ‘lsa, faqat shunga xarajat qilinadi.
Tashkilot o ‘z kassasida naqd pulni uning qoldig‘ining belgilangan
limiti doirasida saqlashi va uni tushum hisobidan belgilangan m e’yorlar
chegarasida xarajat qilishi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitlari
va tushum hisobidan foydalanish m e’yorlari muayyan zarur bo‘lgan
hollarda ko‘rsatilgan limitlar bank muassasalari tomonidan qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin.
Kassadagi naqd pul qoldig'ining belgilangan limitidan ortiqcha
bo‘lgan qismining hammasini tashkilotlar bank muassasasi bilan
kelishilgan tartibda va muddatlarda o ‘z bank hisobvaraqlariga hisobga
olish uchun bankka topshirishlari shart.
Naqd pul:
a) bank muassasalarining kunduzgi va kechki kassalariga;
b) inkassatorlarga-keyinchalik bank muassasalariga topshirish
uchun;
d) tashkilotlar qoshidagi birlashgan kassalarga-keyinchalik bank
muassasalariga topshirish uchun;
e) aloqa korxonalariga-bank muassasalari hisobvaraqlariga o ‘tka-
zish uchun topshirilishi mumkin.
Budjet tashkilotlari o‘z kassalarida naqd pulni, belgilangan
limitlaridan tashqari, faqat ish haqi to'lash, mukofotlar, ijtimoiy
sug'urta bo'yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar berish uchun bank
muassasasidan olingan kunni qo'shib hisoblangan holda 3 ish kunidan
ortiq bo'lmagan muddat mobaynida (bank muassasalaridan uzoq masofada
joylashgan budjet tashkilotlari uchun e s a -5 ish kunigacha) saqlash huquqiga
egadir.
Xizmat safarlari bilan bog'liq xarajatlar uchun naqd pul xizmat
safariga yuborilayotgan shaxslarga mazkur hududda amal qilayotgan
tartib b o ‘yicha tegishli miqdor doirasida keyin hisob berish sharti
bilan beriladi. Keyin hisob berish sharti bilan berilgan naqd pullaming
xarajat qilinmagan qismi ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3
kundan kechiktirilmasdan tashkilot kassasiga qaytarilgan bo ‘lishi
kerak. Hisob berish sharti bilan naqd pul olgan shaxslar tashkilot
buxgalteriya xizmatiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga xarajat
qilingan summa to‘g ‘risida hisobot berishlari kerak. Avval hisob
berish sharti bilan berilgan naqd pul summasi bo'yicha to 'liq hisobot
topshirilganidan keyingina yangidan hisob berish sharti bilan naqd pul
beriladi.
Kassa operatsiyalari 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo ‘minasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakllardagi hujjatlar
bilan rasmiylashtiriladi va barcha tashkilotlarda, ulaming idoraviy
bo ‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, o ‘zgartirishsiz
qo ‘llanilishi kerak.
N a q d p u llarn i qabu l qilish va berish h am d a kassa
h u jja tla rin i rasm iylashtirish
Budjet tashkilotlari kassalari tomonidan naqd pulni bosh buxgalter
yoki u vakolat bergan shaxs imzo chekkan kirim kassa orderi bo ‘yicha
qabul qilinadi. Pul qabul qilinganligi to‘g‘risida bosh buxgalter yoki u
vakolat bergan shaxs va kassir tomonidan imzolangan, kassiming muhri
(shtampi) bilan tasdiqlangan yoki kassa apparatining izi tushirilgan
kvitansiya beriladi.
Budjet tashkilotining kassasidan naqd pulni boshqa tashkilotlar
ehtiyojlari uchun berish man etiladi. Budjet tashkilotlarining kassalaridan
naqd pul chiqim kassa orderlari yoki tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomasi, pul berish to‘g ‘risidagi arizalar,
schyotlar va boshqalar) bo'yicha bu hujjatlarga chiqim kassa orderining
rekvizitlari tushirilgan to‘rtburchak muhri bosilib beriladi. Pul berish
uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarga budjet tashkilotining rahbari
va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzo
chekilgan b o ‘lishi kerak.
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar,
to‘lovnomalar va boshqalarda budjet tashkiloti rahbarining ruxsat
beravchi yozuvi bo'lsa, chiqim kassa orderlariga rahbar imzo chekishi
shart bo‘lmaydi.
Budjet tashkilotlariga xizmat ko'rsatadigan markazlashtirilgan
buxgalteriyalarda beriladigan ish haqining umumiy summasiga bitta
chiqim kassa orderi tuziladi, uning sanasi va tartib raqami har bir to ‘lov
(hisob-kitob-to‘lov) vcdomostiga yozib chiqiladi.
Alohida shaxsga chiqim kassa orderi yoki uning o'm iga o ‘tadigan
boshqa hujjat bo‘yieha pul berilayotgan vaqtda kassir pul oluvchining
shaxsini tasdiqlovchi hujjat(pasport, fuqaroligi bo'lmagan shaxslaming
yashash guvohnomalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy
muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ni talab
qiladi, bu hujjatning nomi va tartib raqami, kim tomonidan va qachon
berilganligini yozib qo‘yadi hamda pul oluvchidan tilxat oladi. Agar
chiqim kassa orderi yoki uning o ‘miga o'tadigan hujjat bir necha kishiga
pul berish uchun tuzilgan bo ‘lsa, bu holda ham pul oluvchilar o ‘z
shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlarini ko'rsatadilar va to ‘lov hujjatlarining
tegishli ustuniga imzo chekadilar.
Budjet tashkilotida pul berish mazkur tashkilot tomonidan berilgan
guvohnoma bo‘yicha uning egasi fotosurati va shaxsiy imzosi mavjud
bo'lgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Pul olinganligi to‘g ‘risidagi tilxat faqat oluvchi dastxati bilan siyoh
yoki sharikli ruchkaning pastasida olingan s u m m a :____ so‘m (so‘zlar
bilan) ____ tiyin (raqamlar bilan) ko'rsatilgan holdagina yozilishi
mumkin. Pul vedomost bo‘yicha olinayotgan vaqtda summa so‘zlar
bilan yozilmaydi.
Budjet tashkilotida ro'yxat tarkibiga kirmagan shaxslarga pul har
bir shaxsga alohida yoziladigan chiqim kassa orderi yoki tuzilgan
shartnomalarga asosan alohida vedomost bo'yicha beriladi.
Kassir pullami chiqim kassa orderi yoki uning o 'm ig a o'tadigan
boshqa hujjatda ko‘rsatilgan shaxsgagina beradi. Agar pul belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo'yicha berilayotgan b o ‘lsa,
order matnida pul oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismidan
keyin pul olishiga ishonchnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va
otasining ismi buxgalteriya tomonidan yoziladi. Pul vedomost bo'yicha
berilayotgan bo'lsa, pul olinganligi haqidagi imzodan oldin kassir
«Ishonchnoma b o ‘yicha» deb yozib qo'yadi. Bu ishonchnoma kassirda
qoladi va chiqim orderi yoki vedomostga biriktirib qo'yiladi.
Mehnat haqi to ‘lash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik b o ‘yicha
nafaqalar, stipendiya, pensiya va mukofotlar to‘lash kassirlar tomonidan
to ‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo‘yicha har bir oluvchiga
chiqim kassa orderi tuzilmasdan amalga oshiriladi. To'lov (hisob-kitob-
to‘lov) vcdomostining titul varag'ida pul berishga ruxsat etilganligi
to ‘g ‘risida yozuv, pulni tarqatish muddati hamda summasi yozuvda
ko‘rsatilib, budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri yoki ular
vakolat bergan shaxslaming imzosi qo'yiladi.
Xodim mehnat ta’tiliga ketayotgan vaqtda, kasal bo'lganida va
boshqa hollarda ish haqi to‘lash uchun bir marta pul berish, shuningdek
deponentga o ‘tkazilgan summalami va xizmat safari bilan bog'liq
xarajatlarni keyin hisob berish sharti bilan bir necha shaxslarga berish
ham shunday tartibda rasmiylashtirilishi mumkin.
Alohida shaxslarga ish haqi to ‘lash uchun bir marta pul berish, odatda,
chiqim kassa orderlari bo'yicha amalga oshiriladi. Mehnat haqi to‘lash,
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va
mukofotlami berish uchun belgilangan muddat tugaganda kassir:
1. Ish haqi, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, pensiya va
mukofotlami olmagan shaxslaming familiyalari qarshisiga «Deponent
qilindi» degan to‘rtburchak muhr bosishi yoki qo‘lda yozib qo ‘yishi;
2. Deponent qilingan summalar reestrini tuzishi;
3. Vedomost oxirida ish haqi to‘lash, vaqtincha mehnatga qobiliyat
sizlik nafaqalari, pensiya va mukofotlar uchun haqiqatda to'langan summa
bilan olinmagan hamda deponent qilingan summa miqdorini yozib qo'yishi,
bu summalami to‘lov vedomosti bo‘yicha umumiy yakun bilan solishtirishi
va o‘z imzosi bilan tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Agar pul kassir o‘miga boshqa
shaxs tomonidan berilsa, vedomostda: «Pulni vedomost bo'yicha .........
(imzo) berdi» degan qo‘shimcha yozuv qayd etiladi. Pulning bir vedomost
bo'yicha kassir va tarqatuvchi tomonidan berilishi man etiladi;
4. Kassa daftariga haqiqatda to'langan summani yozishi va vedo-
mostga «Chiqim kassa orderi №____ » degan to‘rtburchak muhrini
bosishi lozim.
Buxgalteriya to‘lov vedomostlarida kassirlar tomonidan qayd etilgan
yozuvlami tekshiradi hamda ular bo‘yicha berilgan va deponent qilingan
summalami hisoblab ehiqadi.
Deponent qilingan summalar bank muassasalariga topshiriladi va
topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
Kirim kassa ordcrlari va ulaming kvitansiyalari, shuningdek, chiqim
kassa orderlari va ulaming o ‘mini bosadigan hujjatlar buxgalteriya
xizmati tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan aniq va ravon
yozilib to‘ldirilishi yoki yozuv mashinkasi, hisoblash mashinkasida
bosmalanishi kerak. Bu hujjatlarda ustidan o ‘chirib yozishga, tuzatishlar
kiritishga, izohlari b o ‘lgan holda ham yo ‘l qo‘yilmaydi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida ulami tuzish uchun asos bo ‘lgan
sabab ko'rsatiladi hamda ularga ilova qilingan hujjatlar k o ‘rsatib
o'tiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o'm ini bosadigan
hujjatlami pul topshirayotgan yoki pul olayotgan shaxslarga berish
taqiqlanadi.
Pulni kassa orderlari b o‘yicha qabul qilish va topshirish faqat ular
tuzilgan kuni amalga oshirilishi mumkin.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o'm ini bosadigan
hujjatlami olish vaqtida kassir:
1. Hujjatlarda bosh buxgalteming imzosi borligi va uning haqiqiy-
ligini, chiqim kassa orderi yoki uning o ‘mini bosadigan hujjatda
e sa-b udjet tashkilotining rahbari yoki u vakolat bergan shaxslaming
ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
2. Hujjatlaming to‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini;
3. Hujjatlarda ko‘rsatib o ‘tilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi
kerak.
Bu talablaming birortasiga rioya qilinmaganligi taqdirda, kassir
hujjatlami tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun buxgaltcriyaga
qaytaradi. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o ‘mini bosadigan
hujjatlar, ular asosida pul olingani yoki pul bcrilganidan keyin, darhol
kassir tomonidan imzolanadi, unga ilova qilingan hujjatlar ustiga esa,
«T o‘landi» degan to'rtburchak muhr bosilib yoki shunday yozuv qayd
etilib, sanasi (yil, kun va oy) ko ‘rsatiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ulaming o ‘mini bosadigan
hujjatlar kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan kirim
va chiqim kassa hujjatlarini qayd etish jum alida (KO-3a-shakl)
r o ‘yxatga olinadi. Ish haqini to'lashga doir to ‘lov (hisob-kitob-to‘lov)
vedomostlariga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari u berilganidan
keyin ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |