Budjet hisobi


Sum m alarn i o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkazish tartibi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

Sum m alarn i o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkazish tartibi
Budjet tashkiloti yoki x o ‘jalik yurituvehi subyektlar b o ‘ysunishi 
o ‘zgarganda, o ‘zaro hisob-kitoblarga moliya yili boshidan budjet 
hisobidan beriladigan m ablag‘laming yillik summalari yoki amalga


oshirilgan budjetda k o ‘zda tutilgan xarajatlar summalari, shuningdek, 
budjetga kiritilgan to‘lovlar, yangi bo ‘ysunish bo ‘yicha budjetda to‘la 
aks ettiriladi.
Summalami o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkazishning umumiy qoidalar 
bilan birgalikda bir qator quyidagi o ‘ziga xosliklar mavjuddir:
1) bank orqali moliyalashtirilgan xarajatlar o'tkazib berilganda;
2) budjet daromadlarini to‘lovchilar hisoblanuvchi xo'jalik yurituvchi 
subyektlar o ‘tkazib berilganda;
3) m a’muriy-hududiy bo‘linish o'zgarganda;
4) soliqlar va nosoliq daromadlar to‘g ‘risidagi qonunchilik o ‘z- 
garganda;
5) bank muassasalari orqali moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari 
yoki tadbirlari berilganda yoki olinganda va boshqalar.
Shu tariqa vujudga keladigan budjetlar o ‘rtasidagi hisob-kitoblar 
o ‘za ro hisob-kitoblar, deb ataladi. Bu hisob-kitoblar budjet xarajatlari 
va daromadlarining buxgalteriya hisobi subschyotlarida qayd etilmaydi, 
chunki bularni buxgalteriya hisobida budjet daromadlari va xarajatlari 
sifatida aks ettirish sun’iy ravishda ulami umuman oshishiga olib kelgan 
bo'lardi. Shuning uchun bu operatsiyalar budjet daromadlari va xarajatlari 
hisobining subschyotlarida hisobga olinmaydi, balki budjetlar o'rtasidagi 
o ‘zaro hisob-kitoblar hisobining alohida-alohida subschyotlarida hamda 
boshqa budjetlarga berilgan va boshqa budjetlardan olingan m ablag‘lar 
hisobini subschyotlarida hisobga olinadi. Hisobning bunday usuli 
budjctning daromadlari va xarajatlarining takror-takror hisobga olinishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Budjetlar o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblar hisobi uchun 
o ‘z faoliyatiga tegishli b o ‘lgan subschyotlamigina qo'llaydi.
Davlat budjeti ijrosi jarayonida alohida budjetlar bilan hisob-kitob 
munosabatlari vujudga kelishi mumkin. Bunday o ‘zaro hisob-kitoblar 
vujudga kelishi asosida har bir m a’muriy-hududiy b o ‘linmaning 
budjeti daromadlar va xarajatlar balansi tarzida tashkil topishi yotadi. 
Barcha xarajatlar rejalashtirilgan daromadlar bilan qoplanadi. Shuning 
uchun, budjet tasdiqlangandan so‘ng, qo'shim cha xarajatlar yuklansa, 
ulami ta’minlash uchun mablag* ham berilishi kerak bo'ladi. Daromad 
beruvchi manbalar kamayganda ulami qoplash uchun mablag‘lar olinishi
67


kerak bo ‘ladi. Tasdiqlangan budjetda ko ‘zda tutilmagan daromadlarning 
manbalari paydo b o ‘lganda qo‘shimcha hisoblangan daromad summasi 
yuqori budjetga berilishi kcrak bo ‘ladi.
0 ‘zaro hisob-kitoblar faqat yuqori budjetlar bilan quyi budjctlar 
o ‘rtasidabo‘ladi. Yuqori budjetni ijro ctuvchi moliya organi, o ‘zaro hisob- 
kitoblarga o ‘tkaziladigan summani aniqlaydi va uni to‘lash muddatini 
belgilaydi. Shu asosda o‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnomani 
tuzadi va uni quyi budjetni ijro etuvchi moliya organiga yuboradi.
0 ‘zaro hisob-kitoblar hisobini olib borish uchun 06-«Hisob-kitoblar» 
degan birinchi tartibli (sintetik) schyot hamda 07-«Berilgan va olingan 
mablag‘lar» degan birinchi tartibli (sintetik) schyot tayinlangan.
061-«Respublikasi budjeti bilan o ‘zaro hisob-kitoblar» subschyoti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va viloyat hamda 
Toshkent shahar moliya organlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjeti va viloyat hamda Toshkent shahar budjetlari bilan respublika 
budjeti o'rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblami hisobga olish uchun 
tayinlangan.
062-«Mahalliy budjetlar bilan o ‘zaro hisob-kitoblar» subschyoti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya 
organlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblami hisobga olish uchun tayinlangan.
071-«Respublika budjetidan berilgan va undan olingan mablagMar» 
subschyoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligida va 
mahalliy moliya organlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlardan 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga 
berilgan m ablag‘lar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika 
budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar 
oigan mablag‘lami hisobga olish uchun tayinlangan. 071-«Respublika 
budjetidan berilgan va undan olingan mablag‘lar» subschyotining 
debetida o ‘zaro hisob-kitoblar bo ‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjeti 
va mahalliy 
budjetlardan 0 ‘zbekiston Respublikasining 
respublika budjetiga berilishi kerak bo ‘lgan summalar qayd etiladi.
071-«Respublika budjetidan berilgan va undan olingan m ablag‘lar» 
subschyotining kreditida esa o ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha O ‘zbekiston


Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
budjeti va mahalliy budjetlarga berilishi kerak b o ‘lgan summalar qayd 
etiladi.
072-«Mahalliy budjetlarga berilgan va ulardan olingan m ablag‘lar» 
subschyoti Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligida va 
mahalliy moliya organlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti 
va mahalliy budjetlarga berilgan m ablag'lar hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan olingan m ablag‘larni 
hisobga olish uchun tayinlangan. 072 
-«Mahalliy budjetlarga berilgan 
va ulardan olingan mablag‘lar» subschyotining debetida o ‘zaro hisob- 
kitoblar bo‘yicha bir, mazkur, mahalliy budjetdan boshqa mahalliy 
budjetga berilishi kerak bo ‘lgan summalar qayd etiladi. 072-«Mahalliy 
budjetlarga berilgan va ulardan olingan m ablag‘lar» subschyotining 
kreditida esa o ‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha boshqa mahalliy budjetdan 
mazkur mahalliy budjet olishi kerak bo'lgan summalar qayd etiladi.
Budjct tasdiqlangandan so‘ng, budjet ijrosi jarayonida, davlat 
va mahalliy soliqlar hamda daromadlarni o ‘zgartirish to‘g ‘risidagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
hukumati 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
yangi qonunlar, farmoyishlar, qarorlar chop etilishi, m a ’muriy- 
hududiy bo‘linishning o ‘zgartirilishi, x o ‘jalik yurituvchi subyektlar 
b o‘ysunishining o ‘zgartirilishi, kapital qo ‘yilmalar miqdorining turli 
b o‘ysunishdagi qurilish obyektlari o ‘rtasida qayta taqsimlanishi va 
boshqalar natijasida ayrim budjet budjetlarga o ‘zgartirishlar qilinganda 
sodir bo‘ladigan budjetlar o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblarga doir 
operatsiyalar 06-«Hisob-kitoblar» degan birinchi tartibli (sintetik) 
subschyotda hisobga olinadi.
0 ‘zaro hisob-kitoblar faqat yuqori budjetlar bilan quyi budjetlar 
o ‘rtasidabo‘ladi. Budjetlar o‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblarga о ‘tkazilishi 
uchun asos bo'lib, tegishli hududiy moliya organlari tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, 
hokimiyatlar va budjetlarga o ‘zgartirish kiritish huquqi berilgan boshqa 
organlaming qarorlari asosida tuzilgan « 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha 
bildirishnoma» (11-shakl) xizmat qiladi. Yuqori budjetdan quyi budjetga


o ‘tkazib berilgan dotatsiya va subventsiya summalari, budjetni har chorak 
b o ‘yicha bo‘linishini tuzish va taqsimlashda o ‘matilgan miqdorlarda 
yuqori budjet tomonidan quyi budjetlardan olingan daromadlarning 
ortiqcha summalari o ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qayd qilinmaydi. 
M azkur mablag‘lar budjet tasnifining tegishli b o ‘linmalari bo‘yicha 
040-«Budjet daromadlari» subschyotida va 020-«Budjet xarajatlari» 
subschyotida hisobga olinadi.
0 ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha « 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo ‘yi- 
cha bildirishnoma» (11-shakl) va unga taalluqli hisob-kitoblar Qora- 
qalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya 
organlarining budjet b o ‘limlari xodimlari tomonidan ulaming tegishli 
tarmoq bo'limlari taqdim etgan hujjatlar asosida tuziladi. 0 ‘zaro hisob- 
kitoblar bo‘yicha « 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma»ni (11- 
shakl) rasmiylashtirish, odatda, yuqori moliya organidan « 0 ‘zaro hisob- 
kitoblar b o‘yicha bildirishnoma» (1 1-shakl) olgandan yoki Hukumatning 
ijro va vakolatli organlari qaror qabul qilgandan so‘ng besh kun ichida 
amalga oshiriladi. 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha « 0 ‘zaro hisob-kitoblar 
b o ‘yicha bildirishnoma» (11-shakl) to‘rtta nusxada tuziladi va moliya 
organining budjet b o ‘limi tomonidan tekshirib chiqiladi hamda imzolar 
bilan rasmiylashtiriladi. 0 ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha « 0 ‘zaro hisob- 
kitoblar bo ‘yicha bildirishnoma»ning (1 1-shakl):
1) birinchi nusxasi tegishli quyi moliya organiga yuboriladi;
2) ikkinchi nusxasi « 0 ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha bildirishnoma»ni 
tuzgan moliya organining buxgalteriya xizmatida qoladi;
3) uchinchi nusxasi « 0 ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha bildirishnoma»ni 
tuzgan moliya organining tegishli b o ‘limiga qaytariladi;
4) to ‘rtinchi nusxasi « 0 ‘zaro hisob-kitoblar b o‘yichabildirishnoma»ni 
tuzgan moliya organining budjet b o ‘limiga beriladi.
Budjetlar o ‘rtasidagi o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkazilishi kerak 
bo‘lgan summalami va ulami to ‘lash muddatlarini aniqlash hisob-kitobda 
qatnashayotgan yuqori moliya organi tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuqori budjet oldida o ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha qarzlar yuzaga 
kelgan holatda, yuqori budjetlar navbatdagi oyning birinchi sanasiga, 
o ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha mavjud qarz summalarini quyi budjetning


bank muassasasidagi «Mahalliy budjet mablag‘lari hisobvarag‘i»dan 
so‘zsiz qaytarib olishi mumkin. 0 ‘zaro hisob-kitoblar b o ‘yicha hamma 
hisob-kitoblar joriy moliya yilida tugatilishi kerak. Budjetlar o ‘rtasidagi 
o ‘zaro hisob-kitoblar summalari yuqori moliya organi « 0 ‘zaro hisob- 
kitoblar b o ‘yicha bildirishnoma» (11-shakl) bo‘yicha xabamomani 
rasmiylashtiradi va uni tegishli quyi moliya organiga yuboradi.
M a’muriy-hududiybo‘linisho‘zgarganholatlarda budjetlar o ‘rtasidagi 
o‘zaro hisob-kitoblarga bo‘linish dalolatnomasiga muvofiq bir budjetdan 
boshqa budjetga berilishi lozim b o ‘lgan m ablag‘lar summasi o ‘tkaziladi. 
Bo'linish dalolatnomasida budjetning daromadlari va xarajatlari haqida 
m a’lumotlar keltirilishi kerak.
Budjetlar tasdiqlangandan so‘ng qonunchilikka kiritilgan o'zgarti- 
rishlar natijasida quyi budjetlarda yuzaga kelgan qo‘ shimeha daromadlami 
undirish bilan b o g‘liq bo'lgan o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkaziladigan 
summalar miqdori, yangi qonunchilikka binoan hisoblab chiqilgan, 
mazkur quyi budjetga daromad manbayidan tushgan m ablag1 summa 
bilan, shu budjetga joriy yil mobaynida mazkur daromad manbayidan 
reja bo'yicha tushishi kutilgan mablag* summasi o ‘rtasidagi tafovut 
tariqasida belgilanadi.
Budjet tashkilotlari va xo'jalik yurituvchi subyektlami bir budjetdan 
boshqasiga o'tkazish, muayyan budjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar bo ‘yicha ko'zda tutilgan yillik ajratmalarning summalari yil 
boshidan beri amalga oshirilgan xarajatlar toiiqligicha budjet tashkilotlari 
va xo‘jalik yurituvchi subyektlami moliyalashtirish o'tkazilayotgan 
budjetda to‘la qayd etilishi lozim. Bir budjetdan boshqasiga o ‘tkazish 
davrida, yuqori moliya organi quyi moliya organiga tegishli budjet 
tashkilotlari 
va 
xo ‘jalik yurituvchi 
subyektlarga bir budjetdan 
moliyalashtirish to ‘xtatilish va ikkinchi budjetdan moliyalashtirish 
boshlanish sanasi belgilangani haqida xabar beradi. Moliyalashtirish 
bo‘yicha bir budjetdan boshqa budjetga o'tkazilgan budjet tashkilotlari 
va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir budjetdan boshqa budjetga o'tkazish 
sanasiga buxgalteriya hisobotini (yillik hisoboti shakllari hajmida) 
tuzishadi va uni yuqori, avval tasarrufida b o ‘lgan va yangi tasarrufga 
o'tkazilayotgan budjetlar moliya organlariga taqdim etadi. Kelgusida bu


budjet tashkilotlari va xo ‘jalik yurituvchi subyektlar hisobotlami faqat 
yangi tasarrufga o ‘tkazilayotgan budjetga taqdim etishadi.
Xarajatlar o'tkazilayotgan budjet ijrosi hisobini amalga oshirayotgan 
moliya organi, ushbu o ‘tkazilish haqidagi m a’lumotni olgandan so‘ng, 
tegishli budjet mablag‘larini oluvchilardan o'tkazilayotgan budjet 
tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha tasdiqlangan 
sraetani hamda o ‘tkazib berilish sanasiga xarajatlar smetasi ijrosi 
to‘g ‘risidagi hisobotini talab qilib olishi kerak.
Bir budjetdan boshqasiga o ‘tkazilganda (kapital qo‘yilmalardan 
tashqari) o ‘zaro hisob-kitoblarga budjet bo‘yicha budjet tashkilotlari va 
x o ‘jalik yurituvchi subyektlami moliyalashtirish uchun ko'zda tutilgan 
rnablag1 laming yillik summasi kiritiladi.
Shuningdek, o ‘zaro hisob-kitoblarga:
1) 
budjet tashkilotlari va x o ‘jalik yurituvchi subyektlar 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Respublika 
b o‘ysunishidan 
mahalliy 
b o ‘ysunishga 
o ‘tkazilganda o ‘tkazilayotgan budjet tashkilotlari va xo ‘jalik yurituvchi 
subyektlarga shu o ‘tkazish sanasiga 0 ‘zbekiston Respublikasining 
respublika budjetidan ochilgan kreditlar summalari (shu jumladan 
ochilgan kreditlami sarflanmay qolgan qismi ham);
2) 
budjet tashkilotlari 
va xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
mahalliy bo ‘ysunishdan 0 ‘zbekiston Respublikasining respublikaga 
bo'ysunishga yoki m a’lum viloyat, shahar yoki tuman doirasidagi bir 
mahalliy bo‘ysunishdan boshqa mahalliy b o ‘ysunishga o ‘tkazilganda 
o'tkazilayotgan budjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
shu o ‘tkazish sanasiga mahalliy budjet m ablag‘lari hisobvarag‘idan 
budjet m ablag‘lari bo ‘yicha budjet mablag'larini oluvchilaming 
hisobvaraqlariga o'tkazib berilgan mablag‘lar summalari (shu jumladan 
o ‘tkazib berilgan m ablag‘laming sarflanmay qolgan qismi ham) o‘tka- 
zilgan b o ‘lishi kerak.
Budjet tashkiloti yoki xo'jalik yurituvchi subyekt 0 ‘zbekiston 
Respublikasining respublikaga bo'ysunishdan mahalliy b o ‘ysunishga 
o ‘tkazilganda 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli quyi 
moliya organiga « 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo'yicha bildirishnoma» (11- 
shakl) b o ‘yicha bu haqda xabar beradi. Bir vaqtning o ‘zida 0 ‘zbekiston


Respublikasi Moliya vazirligi tegishli 0 ‘zbckiston Respublikasining 
bank muassasasiga xat yuborib, bu xatda bank muassasasiga:
1) 0 ‘tkazilayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasining respublikaga 
bo‘ysunishdagi budjet tashkiloti yoki xo ‘jalik yurituvchi subyektning 
0 ‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan olinadigan mablag'lar 
hisobga olinadigan hisobvarg'ini yopish;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan o'tkazi- 
layotgan budjet tashkiloti yoki x o ‘jalik yurituvchi subyektning 0 ‘z- 
bekiston Respublikasining respublika budjetidan ochilgan krcditlaming 
boshqa budjetga o ‘tkazilish sanasiga ishlatilmay qolgan qoldig‘i, 
ulami mahalliy budjet bo‘yicha «Mahalliy budjet mablag'lari depozit 
hisobvarag‘i»ga o'tkazib berish b o ‘yieha topshiriqlar beriladi.
Mahalliy bo'ysunishdagi budjet tashkiloti yoki xo‘jalik yurituvchi 
subyekt 0 ‘zbekiston Respublikasi respublikabo‘ysunishigao‘tkazilganda, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli moliya organiga 
« 0 ‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha bildirishnoma» (11-shakl) bo ‘yieha bu 
haqda xabar beradi. Bir vaqtning o ‘zida 0 ‘zbekiston Respublikasining 
respublika bo ‘ysunishiga o ‘tkazilayotgan budjet tashkiloti yoki xo‘jalik 
yurituvchi subyekt endilikda bo'ysunuvchi budjet m ablag‘lari bosh 
tasarruf qiluvchisiga avval tegishli mahalliy budjetdan moliyalashtirish 
tartibida mahalliy budjetdan 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika 
budjetiga o ‘tish kuniga qadar oigan budjet mablag'lari miqdori hisobga 
olingan holda mablag* ajratadi.
Respublika, viloyat, shahar doirasida budjet tashkiloti yoki xo‘jalik 
yurituvchi subyekt bir mahalliy b o ‘ysunishdan boshqa mahalliy 
bo'ysunishga o ‘tkazilayotganda yuqori moliya organi budjet tashkilotiga 
yoki xo‘jalik yurituvchi subyektga moliyalashtirish tartibida oldingi 
b o ‘ysunishdan o ‘tkazilayotgan sanagaeha o'tkazib berilgan summalar 
o ‘zaro hisob-kitoblarga o ‘tkazadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining tegishli bank muassasalari orqali 
amalga oshiriladigan kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni 
moliyalashtirishni bir budjetdan ikkinchi budjetga o ‘tkazilganda 
o ‘tkazilayotgan qurilish obyekti yoki tadbimi budjet tasdiqlanganda 
ko‘zda tutilgan moliyalashtirish yillik summasining hammasi o ‘zaro


hisob-kitoblarga o'tkaziladi. Xarajatlar o'tkazilayotgan moliya organi 
0 ‘zbekiston Respublikasining tegishli bank muassasalari o ‘zi ijro 
etayotgan budjet hisobini olib borayotgan budjet b o ‘yicha yil boshidan 
buyon ochilgan mablag‘larni yopish haqida tayinlash sertifikatini 
yuboradi. Kapital qo'yilmalar va boshqa tadbirlami moliyalashtirish 
bcrilayotgan budjet ijrosi hisobini olib boruvchi moliya organi 
0 ‘zbekiston Respublikasining bank muassasasiga ushbu budjet bo‘yicha 
m ablag1 ochish uchun tayinlash sertifikatini yuboradi.
Yuqori budjet ijrosi amalga oshirayotgan moliya organi har 
chorakda besh kun muddat ichida quyi moliya organlariga o ‘tgan 
chorakdagi o ‘zaro hisob-kitoblar bo ‘yicha subschyotlaridan tegishli 
ko‘chirmalami yuboradi. K o‘chirma olgan moliya organi o ‘zaro hisob- 
kitoblar subschyoti bo'yicha yozuvlaming to‘g ‘riligini tekshirishi va 
xatoliklar mavjud bo'lganda bu haqda tegishli yuqori moliya organiga 
xabar berishi kerak.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish