- davlat budjeti daromadlari summasi (23402-balans hisobvarag‘i
kredit aylanmasi bo‘yicha);
- davlat budjeti daromadlari hisobvarag‘idan Qoraqalpog'iston
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga
qilingan ajratmalar
hamda Respublika budjeti hisobidan qilingan xarajatlar summasi
(23402-balans hisobvarag'i debet aylanmasi bo'yicha);
- respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlariga ajratilgan
budjet m ablag‘larining qoldiq summasi (23404 va 23405-balans
hisobvaraqlari bo'yicha);
- respublika budjeti hisobidan kapital qo'yilmalami moliyalashtirish
uehun ajratilgan mablag‘lar (23422-balans hisobvarag‘i
debet va
kredit aylanmalari hamda qoldiq b o ‘yicha);
- tuman va shahar budjetlarining m ablag‘lari (23426-balans hisob-
varag'idagi qoldiq bo‘yicha);
- tuman va shahar budjetlarida turuvchi
budjet tashkilotlarining
mablag‘lari (23426 va 23427-balans
hisobvaraqlaridagi qoldiq
bo'yicha);
- viloyat budjetining mablag‘lari (23430-balans hisobvarag‘idagi
qoldiq bo'yicha);
- viloyat budjetida turuvchi budjet tashkilotlarining m ablag‘lari
(23430 va 23431-balans hisobvaraqlaridagi qoldiq bo'yicha);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mablag'lari (23432-balans
hisobvarag'idagi qoldiq bo ‘yicha);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida turuvchi budjet tashkilot
larining mablag'lari (23432 va 23433-balans hisobvaraqlaridagi
qoldiq bo‘yicha);
- mahalliy budjet hisobidan kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish
uchun ajratilgan mablag‘lar (23424-balans hisobvarag‘i debet va
kredit aylanmalari va qoldiq bo ‘yicha);
- respublika va mahalliy budjetda turuvchi budjet tashkilotlarining
budjetdan tashqari mablag'lari (Markaziy bankda 21504, 21506,
Tijorat banklarda 20203 va 20204-balans hisobvaraqlaridagi
qoldiq bo‘yicha);
- budjetdan tashqari Pensiya fondi (Markaziy bankda 21508 va
Tijorat bankda 20205-balans hisobvaraqlari debet va kredit
aylanmalari hamda qoldiq bo'yicha);
- respublika yo‘l fondi (Markaziy bankda 21508
va Tijorat bankda
20205 balans hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari hamda
qoldiq bo‘yicha);
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni
qo‘llab-quwatlash
davlat qo'mitasining
maxsus
hisobvarag‘i
(Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans
hisobvaraqlari debet va kredit aylanmalari hamda qoldiq bo‘yicha);
- ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi (Markaziy
bankda 21508 va Tijorat bankda 20205-balans
hisobvaraqlari
debet va kredit aylanmalari hamda qoldiq b o ‘yicha);
- jami nazorat summasi.
O ‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi to‘g ‘risidagi
kunlik tezkor hisobotlar banklar tomonidan Markaziy bankning hududiy
Bosh boshqarmalariga taqdim etiladi. Banklar tomonidan kunlik tezkor
hisobotlar moliya va soliq organlariga ulaming so'roviga asosan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: