orqali ta’minlanadi. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib
hisobga olishda narx echimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.
mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov
(tender) savdolari o’tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender)
(pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo echimi hamda
“O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston
175
8-rasm. Narxlar monitoringi uchun muqobil etkazib beruvchilar narxlarini
belgilash usullari
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;
bozorlardan ma’lumotnomalar olish;
raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga
bir nechta (kamida 2 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda
har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari
to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq
yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya
etiladi.
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita
importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi.
Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi
bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi
456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar
va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi
Nizom” bo’lib hisoblanadi.
Mazkur Nizom davlat budjeti, davlat budjetida jamlanuvchi davlat
maqsadli jamg’armalari mablag’lari, Hukumat kafolati bo’yicha olingan xorijiy
kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki,
“KfW” banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan
xorijiy grantlar mablag’lari evaziga import qilingan yoki O’zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va
jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: