“Budjet hisobi” kafedrasi


 Yagona g’azna hisobraqamida byudjet daromadlari ijrosini hisobga olish



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

2. Yagona g’azna hisobraqamida byudjet daromadlari ijrosini hisobga olish 

 



Ma’lumki,  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjeti  daromadlari  qismi 

asosini  mamlakatimizda  2014  yil  1  yanvardan  amalga  kiritilgan  O’zbekiston 

Respublikasi Byudjet Kodeksining 50-51-52-moddalari bilan belgilab qo’yilgan 

daromadlar tashkil qiladi. 

Davlat byudjetiga  majburiy  to’lovlarning  kelib  tushishi  soliq va bojxona 

tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga 

yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi. 

Davlat  byudjetiga  o’tkaziladigan  soliqlar  va  majburiy  to’lovlarning 

hisobga  olinishi  yoki  byudjet  hisobiga  keragidan  ortiq  miqdorda  o’tkazib 

yuborilgan  summalarning  qaytarib  berilishi  respublikamizda  amalda  bo’lgan 

Soliq  Kodeksi,  Bojxona  Kodeksi,  shuningdek,  2001  yil  19  fevralda  qabul 

qilingan  “O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  kassa  operatsiyalarini 

amalga  oshirish  orqali  ijrosini  ta’minlash  to’g’risida”gi  1009-sonli  raqam  bilan 

davlat ro’yxatidan o’tkazilgan yo’riqnomalar asosida bajariladi. 

Davlat  byudjetining  markaziy  bo’g’ini  bo’lgan  respublika  byudjetiga 

Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va 

majburiy to’lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan 

tartibga  soluvchi  soliqlar  bo’yicha  to’lovlar  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining Byudjet parametrlari to’g’risidagi maxsus qarori bilan har moliya 

yili  uchun  tasdiqlanadigan  normativlar  bo’yicha  respublika  byudjetiga 

o’tkaziladi.  

Umumdavlat  soliqlarining  ayrimlari  bo’yicha  to’lovlar  to’lig’icha 

respublika byudjetiga yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent 

shahrining byudjetlariga o’tkazilishi mumkin.  

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  mahalliy  hokimiyat  organlari 

byudjetlariga  tartibga  soluvchi  umumdavlat  soliq  to’lovlarining  normativlarga 

asosan  taqsimlanadigan  ma’lum  qismi,  mahalliy  byudjetlarga  o’tkazilishi 

belgilab qo’yilgan umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar 

va boshqa xil yig’imlar bo’yicha to’lovlar o’tkaziladi.  

Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to’lovlarini bajarish yuzasidan 

zimmasidagi  majburiyatlarni  bajaruvchi  soliq  to’lovchilar  tomonidan  to’langan 

soliqlar  va  boshqa  to’lovlar  summalari  tegishli  banklar  tomonidan  respublika 

byudjetiga o’tkaziladi  va  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki tomonidan 

belgilanadigan  tartib-qoidalarga  muvofiq  respublika  byudjetining  asosiy  hisob-

kitob  raqamiga  jamlanadi,  shuningdek,  amaldagi  qonunchilik  normalariga 

asosan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  mahalliy  hokimiyat  organlarining 

byudjetlariga o’tkazib beriladi.  

Mahalliy  byudjetlar  ixtiyorida  qoldiriladigan  umumdavlat  soliqlarining 

qanday  qismi  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  byudjetiga, 

viloyatlarning  viloyat  byudjetiga  va  Toshkent  shahri  mahalliy  byudjetining 




shahar  byudjetiga  o’tkazilishi,  qanday  qismini  ular  tasarrufidagi  tuman/shahar 

byudjetlariga 

o’tkazib 

berish 


kerakligini 

belgilovchi 

normativlar 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  Vazirlar  Kengashi,  viloyat  va  Toshkent 

shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus qarorlar bilan belgilanadi. 

Alohida  shahar  hududiga  kiruvchi  tumanlarning  mahalliy  byudjetiga 

umumdavlat  soliqlarining  qanday  qismini  ajratib  berish  lozimligini  belgilovchi 

normativlar, o’z navbatida viloyat miqyosidagi shahar hokimlari qarorlari bilan 

tasdiqlanadi. 

Ma’lumki,  Davlat  byudjetining  markaziy  bo’g’ini  bo’lgan  respublika 

byudjetiga  Soliq  Kodeksining  23-moddasida  belgilab  berilgan  umumdavlat 

daromadlari  va  majburiy  to’lovlari  tushiriladi.  Ma’lumki,  umumdavlat 

ahamiyatiga  ega  bo’lgan  tartibga  soluvchi  soliqlar  bo’yicha  to’lovlar 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Byudjet  parametrlari  to’g’risidagi 

maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo’yicha 

respublika byudjetiga o’tkaziladi.  

Yuqorida  keltirilgan  chizmada  davlat  byudjetining  daromadlar  qismini 

tashkil qiluvchi moliyaviy resurslarning “G’aznachilik” dasturiy majmuasi ishga 

tushgunga qadar amal qilib kelgan harakati ko’rsatilgan (2-rasm). 

Rasmda ko’rsatilgan tartib bo’yicha 2012 yilgacha bo’lgan davrda byudjet 

tizimi  byudjetlarining  barchasi  uchun  birdek  ochiq  bo’lgan  tranzit  tarzda 

harakatlanishi  mumkin  bo’lgan  daromad  va  tushumlar  saqlanadigan  maxsus 

hisob-kitob  raqamlari  orqali  daromad  va  tushumlar  kirim  qilinib  kelindi.  2011 

yilning oxiriga kelib davlat byudjeti mablag’larini yagona g’azna hisobvarag’iga 

o’tkazish  chora-tadbirlari  amalga  oshirila  boshlandi.  Bu  davrda  O’zbekiston 

Respublikasi  “Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi  qonuni 

talablaridan  kelib  chiqib,  2012  moliya  yilining  1  yanvaridan  boshlab  davlat 

byudjetining  daromadlari  va  xarajatlari  G’aznachilikning  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idan amalga oshirilishiga asoslangan tartiblar yo’lga qo’yildi.  

Ushbu  tartibga  ko’ra,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  davlat 

byudjetiga  o’tkaziladigan  soliqlar  va  majburiy  to’lovlar  banklar  tomonidan 

qabul  qilinadi  va  belgilangan  tartibda  23402,  23403,  23407,  23409,  20207, 

20205 va 23411-sonli balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga 

(ShHR)  kirim  qilinadi  va  ular  hisobidan  tegishli  byudjetlar  va  Davlat  maqsadli 

jamg’armalari  hisobiga  belgilangan  miqdorlarda  ajratmalarni  amalga  oshirish 

tartibi  2012 yilning 1 yanvaridan boshlab joriy etildi. Buning natijasida tegishli 

byudjetlar  daromadlari,  shu  jumladan,  davlat  maqsadli  va  boshqa  byudjetdan 

tashqari  jamg’armalari  daromadlari  hisobi  “G’aznachilik”  dasturiy  majmuida 

ular  uchun  ochiladigan  tegishli  shaxsiy  g’azna  hisobvaraqlarida  yuritiladigan 

bo’ldi.  

 




Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish