“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

2.

 

“Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”ning  mazmuni  va 

tarkibi

 

 



Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy 

asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu 

borada  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirining  69-sonli  (04.08.2009) 

buyrug’i  bilan  tasdiqlangan  va  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  Vazirligi 

tomonidan 2007-son (16.09.2009) bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining 

g’azna  ijrosi  Qoidalari”ning  qabul  qilinishi  muhim  qadam  bo’lib  xizmat  qildi. 

Mazkur “Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va 

uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan  respublika  va  hududiy  g’azna 

hisobvaraqlarini  qo’llash  sharoitida  respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston 



Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish 

tartibini belgilab berdi.  

Ushbu  “Qoidalar”  12  ta  bo’lim,  203  ta  moddadan  iborat  bo’lib,  

muqaddam  amal  qilib  kelgan  bir  qator  me’yoriy  xujjatlarni  o’zida 

mujassamlashtirgan holda, quyidagilarni belgilab berdi:  

 



G’aznachilik  va  uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan  respublika  va 

hududiy  g’azna  hisobraqamlarini  qo’llash  sharoitida  respublika  byudjeti, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlarning  g’azna 

ijrosini amalga oshirish tartibini;  

 

respublika  g’azna  hisobraqami  va  hududiy  g’azna  hisobraqamlarini 



yuritish tartiblarini,  

 



Respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va 

mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,  

 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlar  smetalarini  va  ularga 



o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartiblarini,  

 



yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini,  

 



byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  byudjetdan  tashqari  mablag’lari 

hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar. 

         “Davlat byudbjeti g’azna ijrosi Qoidalari ”da belgilanishiga ko’ra: 

-  Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tovar  (ish,  xizmat)lar  etkazib  beruvchilar 

(keyingi  o’rinlarda  –  mahsulot  etkazib  beruvchilar)  bilan  shartnomalarini,  shu 

jumladan  kapital  qurilish  bo’yicha  buyurtmachilarning  shartnomalarini 

ro’yxatga  olish,  O’zbekiston  Respublikasining  kafolatlarini  ijro  etish,  tegishli 

byudjetlar  xarajatlarining  to’lanishi,  shu  jumladan  g’azna  hisobvaraqlaridan 

byudjet  ssudalari,  subventsiya  va  dotatsiyalar  g’aznachilik  bo’linmalari 

tomonidan amalga oshiriladi. 

G’azna  hisobvaraqlaridan  foydalanib,  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab 

olinadigan  byudjetlar,  xarajat  guruhlari,  byudjetdan  mablag’  oluvchilar,  shu 

jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 

 

Naqd  pul  mablag’larini  olish  uchun,  shu  jumladan  byudjetdan  mablag’ 



oluvchilarning  xodimlariga  ish  haqi  to’lash,  xizmat  safari  va 

qonunchilikda  nazarda  tutilgan  boshqa  naqd  pul  shaklidagi  xarajatlarni 

to’lash  uchun  g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan  tijorat  banklarda 

23212  “Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  mablag’lari”  va  23214 

“G’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari  mablag’lari”  hisobvaraqlari 

ochiladi.  

 

Davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  hisobini  yuritish,  hisobotini  tuzish  va 



taqdim etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi 


Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilangan  shakllar  va  muddatlar  bo’yicha 

amalga oshiriladi. 

G’azna  hisobvaraqlari  orqali  xizmat  ko’rsatiladigan  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 

2-shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, 

uni  xizmat  ko’rsatuvchi  g’aznachilik  bo’linmalari  bilan  tegishli  davrda 

g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan  amalga  oshirilgan  kassa  xarajatlari  va 

aniqlangan  rejali  byudjetdan  ajratilgan  mablag’lar  to’g’risidagi  hisobot 

ma’lumotlariga  mosligiga  taqqoslanadi  (byudjetdan  mablag’  oluvchilarning 

hisobotlari g’aznachilik bo’linmalarining buxgalteriya hisobi bo’yicha vakolatli 

xodimlari tomonidan belgilangan shakldagi shtamp qo’yilib, imzolanadi). 

      Davlat  byudjetiga  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  to’lanadigan 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  banklar

 

tomonidan  o’rnatilgan  tartibda 



qabul  qilinadi  va  23402  (005)  “Respublika  byudjetining  mablag’lari” 

hisobvarag’iga  kirim  qilinadi  hamda  belgilangan  me’yorlarga  muvofiq, 

banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi. 

      Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlari  to’lovi  moliya  yili  uchun 

ajratilgan  byudjet  mablag’lari  doirasida,  tasdiqlangan  (aniqlangan)  xarajatlar 

smetalari,  shuningdek  mazkur  Qoidalarga  muvofiq  ro’yxatga  olingan, 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzgan 

shartnomalari asosida: 

respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  – 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  yoki  uning  hududiy 

bo’linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  yoki  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo’yicha  –  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga 

oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi. 

Davlat  byudjeti  g’azna  ijrosi  Qoidalarida  byudjetdan  mablag’  oluvchilar 

tomonidan  byudjet  mablag’larining  maqsadli  ishlatilishi  ustidan  nazorat 

qonunchilikka  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Nazorat-

taftish  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan  amalga 

oshirilishi tartibi belgilangan. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  rahbarlari  va  bosh  hisobchilari 

qonunchilikka muvofiq: 

- byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga; 

-  mahsulot  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartnomalarning  to’g’ri 

rasmiylashtirilishi va asosliligi va ularning qonunchilikka muvofiqligiga; 

-  IV  guruh  mablag’lari  hisobidan  olinadigan  naqd  pul  mablag’larining 

asosliligi hamda maqsadli ishlatilishining ta’minlanishiga; 

-  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  qilinadigan  tovar  (ish,  xizmat)lar 

etkazib  berilganligini  tasdiqlovchi  birlamchi  hujjatlar  va  boshqa  hujjatlarning, 

g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish uchun to’lov topshiriqnomalar va naqd 

pul uchun so’rovnomalarning haqqoniyligiga; 

- chek daftarchalarining saqlanishiga; 




mahsulot etkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning to’g’ri aniqlanishiga 

javobgarliklari  mazkur “Qoida”da asoslangan. 

Shuningdek    “Qoida”larda  G’aznachilik  bo’linmalarining  javobgarliklari  

belgilangan: 

-  qonunchilikka  muvofiq  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  ro’yxatga 

olingan  shartnomalarini  xarajatlar  smetalarida,  shuningdek  kapital  qurilish 

xarajatlari  bo’yicha  esa  -  qurilish  ob’ektlarining  oylik  yoyilmalari  bo’yicha 

(Davlat  byudjeti  hisobidan  kapital  qurilish  ob’eklari  bo’yicha  xarajatlar 

smetalarida)  nazarda  tutilgan  rejali  ajratilgan  byudjet  mablag’lariga 

muvofiqligiga va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligiga va byudjetdan 

mablag’  oluvchilarning  xarajatlari  to’lovi  ustidan  nazoratning  to’g’ri  amalga 

oshirilishiga; 

- elektron to’lov topshiriqnomalarning “G’aznachilik” dasturiy majmuida 

to’g’ri  shakllantirilishi  va  ular  to’lovini  “Bank-mijoz”  dasturiy  majmui  orqali 

amalga  oshirilishiga,  naqd  pul  mablag’lari  olish  uchun  cheklarning  mazkur 

Qoidalar  va  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  me’yoriy  hujjatlari 

talablariga muvofiq to’g’ri rasmiylashtirilishiga . 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish