“Budjet hisobi” kafedrasi


.  Xarajatlar  smetasi  1-  va  2-  guruh  xarajatlari  bo’yicha  to’lovlarni



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

5



Xarajatlar  smetasi  1-  va  2-  guruh  xarajatlari  bo’yicha  to’lovlarni 

amalga oshirish 

 

     Naqd  pul  mablag’lari  berishda  cheklarning  ishlatilish  tartibi  va  shartlari 



qonunchilik orqali tartibga solinadi. 


124 

 

      Naqd  pul  olish  uchun  chek  daftarchalarini  g’aznachilik  bo’linmasi  xizmat 



ko’rsatuvchi  bank  filialidan  ularni  keyinchalik  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga 

tarqatish  uchun  oladi.  Bunda,  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  g’aznachilik 

bo’linmalariga  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  rahbari  va  bosh  hisobchisi 

imzosi  qo’yilgan  ishonchnoma  va  so’rovnomalarni  taqdim  qiladi.  Byudjetdan 

mablag’  oluvchiga  berilgan  chek  daftarining  raqamlari  uning  g’aznachilik 

bo’linmalaridagi imzo namunalari kartochkalariga yoziladi. 

    Moliya  yili  mobaynida  o’rnatilgan  tartibda  ishlatilgan  chek  daftarchalari 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  moliya  yili  yakunlangunga  qadar 

g’aznachilik bo’linmalariga qaytarilishi lozim.  

Bunda,  buzilgan  (bekor  qilingan)  cheklar  mavjud  bo’lgan  holatda, 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  majburiy  tartibda  ularni  ishlatilgan  chek 

daftarchalari  bilan  birga,  ular  mavjud  bo’lmaganda  (misol  uchun,  yo’qotilgan 

holatda),  ularning  yo’qligi  bo’yicha  ko’rilgan  tadbirlar  va  sabablari  to’g’risida 

g’aznachilik bo’linmalarini yozma xabardor qiladilar.  

G’aznachilik bo’linmasining mas’ul xodimi ishlatilgan chek daftarchalarini 

olgandan  so’ng, ulardagi  ma’lumotlarni G’aznachilik dasturiy  majmuidagi  oldin 

to’langan summalar va cheklar soni to’g’risidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi. 

Ishlatilgan  cheklar  bo’yicha  ma’lumotlarda  farqlar  mavjud  bo’lgan 

hollarda,  g’aznachilik  bo’linmasi  tomonidan  buning  sabablarini  aniqlashtirish 

uchun  ro’yxat  va  unga  etishmayotgan  cheklarning  chek  daftarchalari  raqami  va 

summalarini  ko’rsatgan  holda  ilova  tuziladi  va  byudjetdan  mablag’  oluvchiga 

taqdim qilinadi. 

    G’azna  hisobvaraqlaridan  naqd  pul  mablag’lari  olish  uchun  chek  –  bu 

g’aznachilik  bo’linmasining  ma’lum  naqd  pul  summasini  byudjetdan  mablag’ 

oluvchiga berishga yozma topshirig’idir. Cheklar byudjetdan mablag’ oluvchilar 

tomonidan  siyoh  yoki  sharikli  ruchka  bilan  qo’lda  yoziladi.  Cheklarga  o’chirib 

yozish,  tuzatish,  to’g’rilashlarga  yo’l  qo’yilmaydi.  Faksimil  ishlatilishiga  yo’l 

qo’yilmaydi. Cheklar o’n kun davomida (ularni yozib berilgan kundan tashqari) 

haqiqiy  hisoblanadi.  Chek  raqami  imzo  va  muhr  izi  namunasi  kartochkada 

ro’yxatga olingan chek daftarchasi raqami va seriyalariga muvofiq bo’lishi lozim. 

Pul cheklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga 

muvofiq rasmiylashtiriladi. 

      Banklar  tomonidan  cheklar  bo’yicha  naqd  pul  mablag’larini  berish  ularda 

imzo  namunasi  kartochkasida  ko’rsatilgan  imzo  qo’yish  huquqiga  ega 

g’aznachilik  bo’linmasining  mansabdor  shaxslari  imzosi  va  g’aznachilik 

bo’linmasining muhri bilan tasdiqlanganligi mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. 

G’azna  hisobvaraqlaridan  mablag’lar  berish  uchun  cheklarga  g’aznachilik 

bo’linmasi rahbari va  mas’ul xodimining imzosi va g’aznachilik bo’linmasining 

muhri  qo’yiladi.  Byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  beriladigan  cheklarda  faqat 

nomi  ko’rsatilgan  bo’lishi  mumkin.  Nomi  ko’rsatilgan  cheklar  bo’yicha  naqd 




125 

 

pullar  faqat  chekda  ko’rsatilgan  shaxsga  beriladi.  Nomi  ko’rsatilgan  cheklar 



bo’yicha byudjetdan mablag’ oluvchining bosh hisobchisiga naqd pul berilishiga 

yo’l  qo’yilmaydi.  G’aznachilik  bo’linmasi  pul  cheklarining  orqa  tomonidagi 

summalar  maqsadini  tekshirishi  lozim.  Pul  cheklarining  orqa  tomonidagi  to’lov 

maqsadlari  to’g’risidagi  ma’lumot  g’aznachilik  bo’linmasining  imzosi  bilan 

tasdiqlanadi. 

         Byudjetdan  mablag’  oluvchi  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to’lovlar, 

shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga 

g’aznachilik  bo’linmasiga  mazkur  Qoidalarning  7-ilovasidagi  shaklga  muvofiq, 

byudjetdan  mablag’  oluvchining  rahbari  va  bosh  hisobchisi  imzosi  bilan,  ikki 

nusxada  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to’lovlar,  shuningdek  xizmat  safari 

xarajatlarini  to’lash  uchun  naqd  pul  mablag’lari  olishga  so’rovnoma  va  unga 

to’ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi. 

      Byudjetdan  mablag’  oluvchilar naqd pul olish uchun  moddiy  javobgar shaxs 

(kassir)ga berilgan ishonchnomani g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar. 

         Naqd  pul  berilganidan  so’ng  reestrning  ikkinchi  nusxasi  (kassa  chiqim 

jurnali) chek ijro etilganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan holda bank ko’chirmasi 

bilan birga tegishli g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. G’aznachilik bo’linmasi 

bank  ko’chirmasi,  reestr  va  chek  milkiga  asosan  tegishli  shaxsiy  hisobvaraqda 

belgi  qo’yadi  va  byudjet  tashkilotiga  uning  shaxsiy  hisobvarag’idan  ko’chirma 

beradi,  shu  bilan  birga  byudjet  tashkiloti  buxgalteriyasida  keyingi  hisoblarni 

yuritish  uchun  ish  xaqi  va  unga  tenglashtirilgan  to’lovlar,  xizmat  safari 

xarajatlarini  to’lash  uchun  berilgan  so’rovnomaning  ikkinchi  nusxasiga 

“TO’LANDI” belgisini qo’yib byudjetdan mablag’ oluvchiga qaytaradi. 

       Byudjetdan  mablag’  oluvchi  pul  mablag’larini  xarajatlar  smetasida  nazarda 

tutilgan summadan oshmagan, umumiy summaga  yozilgan bir nechta chek bilan 

olish  huquqiga  ega.  Buning  uchun  ular  tomonidan  xizmat  ko’rsatuvchi 

g’aznachilik bo’linmasiga tegishli summaga so’rovnomalar taqdim etiladi. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  naqd  pul  mablag’larini  olish  uchun 

cheklarni  ularning  so’rovnomalarida  ko’rsatilgan  qat’iy  summalarga  va  umumiy 

summasi  xarajatlar  smetasining  tegishli  limitidan  oshmagan  summalarga  yozib 

beradilar. 

         Byudjetdan  mablag’  oluvchining  ishonchli  shaxsi  tomonidan  chek  markasi 

yo’qotilgan  hollarda,  chek  markasi  yo’qotilganligi  aniqlangan  kuni  tegishli 

g’aznachilik bo’linmasiga byudjetdan mablag’ oluvchi rahbari va bosh hisobchisi 

tomonidan imzolangan bildirishnoma-xat taqdim etiladi. G’aznachilik bo’linmasi 

ushbu  bildirishnoma-xat  asosida  tegishli  bankga  to’lanmagan  chekni  chaqirib 

olish  to’g’risida  xat  bilan  murojat  qiladi.  Cheklar  reestri  chaqirib  olingan  chek 

summasini ayirgan holda ijro qilinadi. 




126 

 

       Cheklarning  yo’qotilishi  va  o’g’irlanishi,  shuningdek  chekni  hamda  nazorat 



markalarini  olish  uchun  vakolatli  shaxslar  tomonidan  o’z  mansabini  suistemol 

qilish  natijasida  etkazilgan  zararlar  bo’yicha  javobgarlik  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga yuklanadi. 

      Olingan  chek  daftarchalari  byudjetdan  mablag’  oluvchilarda  saqlanadi  va 

cheklarni  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  saqlash  va  ishlatish  bo’yicha 

javobgarlik byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilariga 

yuklanadi. 

     G’aznachilik  bo’linmalarining  moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatga  olish  va 

to’lovlarni  amalga  oshirish  bo’limi  (guruhi)  mas’ul  xodimlari  to’lov  uchun 

so’rovnoma  va  boshqa  hujjatlarni  qabul  qilishda  ushbu  hujjatlarning  ikkinchi 

nusxasiga  hujjatlarni  qabul  qilganligi  to’g’risida  o’z  imzolarini  qo’yadi  va  ular 

qabul  qilingan  sanani  ko’rsatgan  holda  byudjetdan  mablag’  oluvchining  tegishli 

xodimiga qaytaradi. 

      Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  shaxsiy  hisobvarag’laridan  operatsiyalar 

amalga  oshirilishi 

bo’yicha  g’aznachilik 

bo’linmalarining 

moliyaviy 

majburiyatlarni  ro’yxatga  olish  va  to’lovlarni  amalga  oshirish  bo’limi  (guruhi) 

mas’ul  xodimlari  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  ularning  shaxsiy 

hisobvarag’laridan  ko’chirmalarni  beradilar  hamda  ularni  Byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning shaxsiy  hisobvaraqlardan berilgan ko’chirmalarni  ro’yxatga olish 

jurnalida  ro’yxatga  oladi.  Byudjetdan  mablag’  oluvchining  mas’ul  xodimi 

ko’chirmalarni olishda jurnalga ularni olganligi to’g’risida belgi qo’yadi. 

G’aznachilik  bo’linmalarining  moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatga  olish  va 

to’lovlarni  amalga  oshirish  bo’limi  (guruhi)  mas’ul  xodimlari  Berilgan  va 

ishlatilgan  cheklarni  hisobga  olish  jurnalida  berilgan  va  ishlatilgan  cheklarning 

ro’yxatini yuritadi 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish