“Budjet hisobi” kafedrasi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

4.

 

Budjet tizimi budjetlari xarajatlari g’azna ijrosini tashkil etish 

 

    G’aznachilik  organlari  tomonidan    «O’RMV»  ATda  daromadlar  va  xarajatlar 

yoyilmasini  shakllantirish,  belgilangan  tartibda  ro’yxatga  olingan  xarajatlar 

smetalari  va  kelgusida  ularga  o’zgartirishlar  bo’yicha  ma’lumotlarni  kiritiladi.  

Moliya  vazirligi  va  hududiy  moliya  organlari  «O’RMV»  ATga  quyidagi 

ma’lumotlarni kiritadi: 

a) budjet mablag’lari bo’yicha: 

xarajatlar  smetalari  Moliya  vazirligi  va  hududiy  moliya  organlarida 

ro’yxatga  olinguniga  qadar  —  birinchi  chorak  uchun  oylar  kesimida  tegishli 

moliya  organlarida  ro’yxatga  olingan  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag’lari 

oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini; 

xarajatlar  smetalari  Moliya  vazirligi  va  hududiy  moliya  organlarida 

ro’yxatga  olinganidan  so’ng  —  oylar  kesimida  tegishli  moliya  organlarida 

ro’yxatga olingan xarajatlar smetalari va ularga o’zgartirishlar, shuningdek budjet 

mablag’larini  taqsimlovchilar  tomonidan  tasarrufidagi  budjet  tashkilotlarining 

ro’yxatga  olingan  xarajatlar  smetalari  va  ularga  o’zgartirishlar  bo’yicha 

ma’lumotlarni; 

b)  budjet  tashkilotlarining  tegishli  budjetdan  tashqari  jamg’armalari 

bo’yicha  —  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  jamg’armalari  bo’yicha 

daromadlar  va  xarajatlar  smetalari  hamda  ularga  o’zgartirishlar  bo’yicha 

ma’lumotlarni. 



84 

 

Davlat  maqsadli  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalar  taqsimlovchi 



organlari  «O’RMV» ATga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: 

xarajatlar smetalari ro’yxatga olinguniga qadar  — birinchi chorak uchun 

oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga 

olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;  

xarajatlar smetalari ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli 

DMJ  va  BMJ  taqsimlovchi  organlari  tomonidan  ro’yxatga  olingan  xarajatlar 

smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni. 

G’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik 

majburiyatlar, shuningdek ularga o’zgartirish va qo’shimchalar  ular g’aznachilik 

bo’linmalarida  ro’yxatdan  o’tkazilganidan  so’ng  kuchga  kiradi.  Bunda  yuridik 

majburiyatlar  yuzaga  kelganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar  g’aznachilik 

bo’linmalarida  ro’yxatdan  o’tkazish  uchun  joriy  moliya  yilining  25  dekabridan 

kechiktirmay taqdim qilinadi. 

Buyurtmachilarning  I  va  II  guruh  bo’yicha  xarajatlar  to’lovi  birinchi 

navbatda  amalga  oshiriladi.  Bunda  I  guruh  xarajatlarini  II  guruh  xarajatlari 

to’lovisiz  amalga  oshirish  taqiqlanadi  (ish  haqi  uchun  olingan  avanslardan 

tashqari).  Tegishli  budjetda  I  va  II  guruh  xarajatlari  to’lovi  uchun  zarur 

mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, I va II guruh xarajatlarini 

to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha III va IV guruh xarajatlarini amalga 

oshirishga ruxsat etiladi. 

IV  guruh  bo’yicha  mablag’larning  sarflanishi  belgilangan  limitlar 

doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: 

- oziq-ovqat va dori-darmon; 

- kommunal xizmatlar; 

- yonilg’i va yoqilg’i-moylash materiallari;  

- boshqa xarajatlar. 

Bunda  IV  guruh  hisobidan  amalga  oshiriladigan  quyidagi  xarajatlar  I 

guruh  to’lovlarga  tenglashtiriladi  va  I  guruh  xarajatlariga  belgilangan 

muddatlarda to’lanishi mumkin: 

- pul shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; 

-  etim  bolalarga  va  ota-ona  qaramog’idan  mahrum  bo’lgan  bolalarga 

nafaqalar; 

- natura shaklidagi ijtimoiy yordam nafaqalari; 

- yolg’iz qariyalar uchun oziq-ovqat sotib olish xarajatlari. 

G’aznachilik  bo’linmalari  “Budjet  tizimi  budjetlari  g’azna  ijrosi 

Qoidalari”da  belgilangan  muvofiq  shakldagi  to’lov  topshiriqnomalari  va  g’azna 

memorial orderlari asosida to’lovlarni amalga oshiradi. 

Bunda 


«UzASBO» 

DMga 


ulangan 

buyurtmachilar 

to’lov 

topshiriqnomalari 

va 

g’azna 


memorial 

orderlarini 

qog’oz 

shaklda 


rasmiylashtirgandan so’ng ularni «UzASBO» DMga kiritadi va elektron raqamli 

imzo  bilan  tasdiqlagan  holda  g’aznachilik  bo’linmalariga  elektron  shaklini 

yuboradi. «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda 

g’aznachilik  bo’linmalariga  yuborilgan  elektron  to’lov  topshiriqnomalari  va 




85 

 

g’azna  memorial  orderlarining  qog’oz  ko’rinishdagi  asli  g’aznachilik 



bo’linmalariga  taqdim  etilmaydi  va  buyurtmachilarda  saqlanadi.  To’lov 

topshiriqnomalari  va  g’azna  memorial  orderlarining  qog’oz  va  elektron  shaklda 

rasmiylashtirilishi,  ulardagi  ma’lumotlarning  to’g’riligi,  o’zaro  muvofiqligi  va 

aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 

 Xarajatlarni  to’lashga  to’lov  topshiriqnomalari  va  g’azna  memorial 

orderlari  g’aznachilik  bo’linmalariga  to’lov  amalga  oshiriladigan  sanadan  kechi 

bilan  bir  ish  kuni  oldin  taqdim  etiladi.  Buyurtmachilar  elektron  to’lov 

topshiriqnomalari  va  g’azna  memorial  orderlarini  g’aznachilik  bo’linmalariga 

«UzASBO» DM orqali to’lovni amalga oshirish kunida yuborishi mumkin. 

Bunda 


g’aznachilik 

bo’linmalariga 

taqdim 

qilingan 

to’lov 

topshiriqnomalari va g’azna memorial orderlari o’n kun muddatgacha amal qiladi. 

Buyurtmachilar  g’aznachilik  bo’linmalaridan  tegishli  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridan ko’chirmalar va ularga ilovalarni oladi. 

Bunda  «UzASBO»  DMga  ulangan  buyurtmachilar  ko’chirmalarni 

elektron hujjat ko’rinishida «UzASBO» DMdan oladi va elektron tarzda taqdim 

qilingan ko’chirmalar buyurtmachilarga qog’oz ko’rinishida taqdim etilmaydi. 

YaG’H bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari 

oluvchilarni  O’zbekiston  Respublikasi  respublika  budjetidan  moliyalashtirish 

g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan  ularning  bank  hisobvaraqlariga  Qoidalarda 

nazarda  tutilgan    shaklda  Moliya  vazirligining  sohalarni  moliyalashtiruvchi 

tegishli  boshqarmasi  tomonidan  taqdim  qilinadigan  Budjet  mablag’larini 

o’tkazish  (so’zsiz  undirish)  uchun  so’rovnomaga  asosan  YaG’Hdan  amalga 

oshiriladi. 

 YaG’H  orqali  xizmat  ko’rsatiladigan  buyurtmachilar  moliyaviy 

hisobotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga, budjet mablag’lari taqsimlovchilariga 

va  hududiy  moliya  organlariga  taqdim  qilishdan  oldin  moliyaviy  hisobotlar 

ko’rsatkichlarini  tegishli  hisobot  davrida  g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan 

amalga  oshirilgan  kassa  xarajatlariga  muvofiqligini  ularga  xizmat  ko’rsatuvchi 

g’aznachilik  bo’linmalari  bilan  solishtiradi.  Buyurtmachilarning  hisobotlari 

to’g’ri bo’lganda ular belgilangan shakldagi shtamp qo’yilgan holda g’aznachilik 

bo’linmalarining  budjet  hisobi  bo’yicha  vakolatli  xodimlari  tomonidan 

imzolanadi. 

Bunda  «UzASBO»  DM  orqali  elektron  raqamli  imzo  bilan  tasdiqlangan 

holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron moliyaviy hisobotlarining 

qog’oz  ko’rinishdagi  asli  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  etilmaydi  va 

g’aznachilik  bo’linmalarining  shtampi  va  imzosi  bilan  tasdiqlanmaydi.  Elektron 

moliyaviy  hisobotlarining  rasmiylashtirilishi  va  ulardagi  ma’lumotlarning 

to’g’riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 

Buyurtmachi  rahbarining  buyrug’i  bilan  g’aznachilik  bo’linmasi  bilan 

ishlash  uchun  buyurtmachining  mazkur  Qoidalar  talablari  bilan  tanishtirilgan 

mas’ul  xodimlari  belgilanadi.  Buyurtmachining  ushbu  buyrug’ining  nusxasi 

tegishli  g’aznachilik  bo’linmasiga  buyurtmachining  kuzatuv  xati  bilan  taqdim 

qilinadi. 




86 

 

Budjet  tashkilotlari  tomonidan  tashqi  qarzlarning  jalb  qilinishi,  ssuda  va 



kreditlar olinishi, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar 

tomonidan  budjetdan  ajratiladigan  mablag’lar  hisobiga  lizing  shartnomalarini 

tuzish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish