Buddizm asoschisining shaxsi



Download 30,34 Kb.
bet3/10
Sana01.01.2022
Hajmi30,34 Kb.
#289717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BUDDIZM

Ta’limoti. Buddizm qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, o’ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo’lgan diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan, balki har bir inson tug’ilish va o’lim mashaqqatlaridan qutulishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan bir necha ko’rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limoti insonning xayolida, ishlarida va o’zini tutishida samimiy oliyjanoblik g’oyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi.

Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir.

Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob-uqubat» va «najot yo’li mavjud» degan g’oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga ko’ra, inson o’ziga xos mavjudot bo’lib, tug’iladi, o’zini-o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu g’oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’birlangan to’rt haqiqatda o’z ifodasini topgan.

Birinchi haqiqat – «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot – qiynoq, azob-uqubatdir.

Tug’ilish – qiynoq, kasallik – azob, o’lim – kulfat, qiyinchilikka duch kelish – mashaqqat, ayriliq – ezilish, orzu-havasga yetolmaslik – uqubat. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. SHuning uchun buddizm dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.

Buddizm ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa u xoh moddiy, xoh ma’naviy bo’lsin, dharma (element)lardan tashkil topgan. Ular, o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, dharmalarni qo’zg’atuvchi kuch insonning xayol va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi dharmalar oqimidir. Harakatdagi dharmalar o’z mavjudligining besh shakli – tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Besh elementning o’zaro mavjudligi insonning o’limi bilan barham topadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va me’yor. Bu jarayon «hayot g’ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g’ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.

Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, qaytadan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Aksariyat buddistlar fikricha, Buddadan keyin hech kim nirvana holatiga erisha olmagan.

Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Buddistlar fikricha, nirvana holati «hayot g’ildiragidan» tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatishdir.

To’rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutulish yo’li mavjuddir». Bu yo’l sakkizta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlashdir. Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi.

Buddizm ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.





  1. Download 30,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish