Siddxartxa barcha shahzodalarga xos ta’lim tarbiya olgan. Podsho Shuddxodan o’g’lining jamiyat hayotining salbiy tomonlarini ko’rmasdan yashashini istagan. Shuning uchun ham unga shohona hayot yaratib bergan. U 16 yoshida uylantirib qo’yilgan. Ko’p o’tmay Siddxartxa o’g’illik bo’ladi. Siddxartxa 22 yoshigacha ana shunday shohona hayot kechirgan. Bir kuni Siddxartxa sayr etgani ko’chaga chiqqanida hayot u o’ylagan- dek emasligini guvohi bo’lgan. U yo’lda butun tanasiga yara toshib ketgan bir qari cholni, kasal yotgan bir odamni, bir oz yurgach esa, o’lib yotgan odam jasadini ko’radi. Bu hodisalar uning dunyoqarashini butunlay o’zgar -tirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |