III) Thumb-nail uslubida rasm yuklash
Thumb-nail (thumb - bosh barmoq, nail-tirnoq, to'g'risi nima maqsadda bunday nomlanganini bilmayman) uslubi rasmlar uchun web sahifalarda juda ko'plab ishlatiladigan uslubdir. Bu asosan juda ko'p rasmlarga ega web sahifalarda qo'l kelishi mumkin. Chunki rasmlar web sahifalarda paydo bo'lib yuklanishi uchun azgincha vaqt ketadi ayniqsa Dial-up hizmatidan foydalanuvchilar uchun bu narsa ancha muammodir, buni hisobga olgan holda rasmlarni kichikroq qilib (tez yuklanishi uchun) web sahifada ko'rsatib asl holati uchun alohida link (bog'lovchi) ulab qo'yamiz shunda agar tashrif buyuruvchiga rasmning asl holi kerak bo'lsa kichik rasm ustiga sichqoncha bilan bossa u ikkinchi oynada asl holatda paydo bo'ladi. Shuningdek, bitta rasmning o'rniga thumb-nail uslubi bilan ikkita rasm bog'lasa ham bo'ladi. Yani bir rasmni web browserda kichikroq holati ko'rsatiladi agar rasm ustiga sichqoncha bilan bosilsa u ikkinchi rasmni boshqa oynada ochadi. Shu yerda bir narsani takidlamoqchi edim, iloji boricha rasmlarni web sahifangizga kamroq joylashtiring ayniqsa katta hajmdagilarini chunki ba'zi tashrif buyuruvchilar rasmlarni yuklanishini kutmasdan yopib yuborishlari mumkin.
1. bitta rasmni thumb-nail uslubi bilan ochish:
yodizda bo'lsin "width" va "height" attributelari shuning uchun ular tagi ichida bo'lishi kerak, qiymatlari rasm o'lchamlaridir. Qaysi o'lchmga qo'yish sizni hohishingizdir. Men quyidagi rasmning enini 300 pixel, bo'yini esa 250 pixel qilib belgilab oldim, ushbu o'lchamlik rasm web sahifada ko'rinadi, asl holati ustiga boshganda chiqadi.
2. ikkita rasmni thumb-nail uslubi bilan ochish:
Quyidagi rasm HTML kodi:
9-Dars: Ranglar
|
Reja:
Ranglarni so'z bilan tasvirlash
Ranglarning tag va attribute lari
"Hexadecimal Son Tizimi" haqida
rgb(255,0,0) rang tizimi
Ranglar haqida:
Ranglar web sahifamizga o'zgacha ko'rk berib turadi, matnimiz rangi, web sahifamizning rangi hamma hammasi juda ahamiyatga ega. Web sahifa yaratishda biz rang tanlashning uch hil yo'lini qo'llaymiz, quyida har biriga alohida to'htalamiz. Hamma ranglar uchta rangning aralashmasidan kelib chiqadi. Bu uchta rang RED, GREEN, BLUE (qizil, yashil, ko'k). Bu uchala ranglar, har biri o'zining "Hexadecimal" (batafsilroq quyida) qiymatlariga ega, uni "rang kodi" deb atasak ham bo'ladi. Ranglar hamisha qo'shtirnoq ichida tasvirlanadi kod holatidami, so'z holatidami farqi yo'q. Agar hexadecimal kodi orqali tasvirlansa ulardan oldin "#" (hash-resho'tka) belgisi qo'yiladi, yani ="#F7EEDF" biroq so'z bilan tasvirlansa # kerak emas ="red". Yana muhim jihatlardan shuki, ranglarni o'ziga qiymat sifatida qabul qiladiga attributelar juda ko'p va har hil.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |