4.10. Binar daraxt balandligi
Binar daraxtning balandligi deb daraxt bosqichlari soniga aytiladi. Binar daraxt balandligini aniqlash uchun uning har bir tuguni chap va o‟ng qismdaraxtlari balandliklari solishtiriladi va maksimal qiymat balandlik deb olinadi. Misol uchun quyidagi 4.9-rasmdagi daraxtning balandligi 2 ga teng.
4.9-rasm. Binar daraxt balandligi
Daraxt balandligini aniqlash dastur kodini keltiramiz. int height(node *tree){
int h1,h2;
if (tree==NULL) return (-1); else {
h1 = height(tree->left);
h2 = height(tree->right);
if (h1>h2) return (1 + h1);
else return (1 + h2);
4.11. Binar daraxtni muvozanatlanganmi yoki yo‟qligini tekshirish
Daraxtning balandligini aniqlashni o‟rganganimizdan keyin uning muvozanatlanganligini tekshirish mumkin. Binar daraxtning muvozanatlanganligini tekshirish uchun uning har bir tugunini har ikkala qismdaraxti balandliklarini hisoblab, farqlarini tekshirib ko‟rish kerak. Agar farq 0 yoki 1 ga teng bo‟lsa, bu muvozanatlangan daraxt hisoblanadi. Quyida binar daraxtni muvozanatlanganlikka tekshirishning rekursiv funksiyasini qo‟llovchi dastur keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |