Oybekning nasriy ijodi
Oybek she’riyati bilan tanishish uning badiiy olami, shoirona ajoyib tili va uslubi bilan ham tanishish, demakdir. Shoir o‘z she’rlarini qanday tilda yozgan bo‘lsa, uning nasriy asarlari ham shunday tilda yozilgan.
Hamid Olimjon Oybekning o‘ziga xosligini nozik his etib, u haqda bans yuritganida, «Oybek prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir», -deb bejiz aytmagan. Agar biz Oybekning hatto lirik she’rlarida ham nasrga xos tafsil (detal)lardan unumli foydalanganini ko‘rgan bo‘lsak, uning nasriy asarlarida shoirona til va uslubning nafisligi bizni, ayniqsa, maftun etadi. Oybek uslubiga xos bu fazilat Cho‘lpon va Abdulla Qodiriyning mahorat maktabi tufayli, ayniqsa, yorqin tus olgan.
Oybek nasriy ijodining cho‘qqilaridan biri «Navoiy» tarixiy-biografik romani bo‘lib, biz tilga olgan fazilat unda, ayniqsa, yorqin mujassamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |