taʼsir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik oʻrtacha
temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng
yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200–
300 mm. Togʻlarda 790 mm. Jan.gʻarbdan esuvchi, quruq, changboʻronli afgʻon shamoli salbiy
taʼsir koʻrsatadi. Tumanning hududidan oʻtuvchi eng uzun va sersuv Toʻpolondaryo
Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang , Sangardakdaryolar ham bor. Yezda daryo va
soylarda suv keskin kamayadi. Toʻpolon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv
bilan taʼminlaydi.
Hisor togʻi etaklarida oddiy yoki tipik boʻz, qoʻngʻir boʻz tuproqlar, Bobotogʻ etaklarida och boʻz,
shagʻalli boʻz, daryo vodiylarida esa allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, tekisliklarda och boʻz
tuproklar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan: togʻlarda zarang , yongʻoq, archa, bodom, qatrangʻi;
butalardan pista, doʻlana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq,
toʻngʻizsirt, suvrang , choyoʻt, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa oʻsadi. Yovvoyi
hayvonlardan: boʻri, sugʻur, tulki, qora va qoʻngʻir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra,
kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; oʻqilon, Oʻrta Osiyo kobrasi (koʻzoynakli ilon), boʻgʻma va qora
ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan togʻ lochini, kopcha, kalxat, burgut, soʻfitoʻrgʻay, chil,
xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va boshqa bor. Oʻzbekistonda
yagona kokslanuvchi koʻmir olinadigan Shargʻun koʻmir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish
materiallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa
millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 47 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming
kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003).
Xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi da paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Sanoati ham
salmoqli oʻrin tutadi. Shargʻun toshkoʻmir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazilmalari
mavjud. 3 ta qoʻshma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shagʻalsaralash z-
dlari, Sariosiyo parrandachilik korxonasi bor. Qoʻshma korxonalardan "Miftox" Oʻzbekiston—
Rossiya, "Lajer" Oʻzbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti.
Tuman hududidan Kalif — Termiz — Sariosiyo — Tojikiston "Doʻstlik" tabiiy gaz quvuri, temir yoʻl
oʻtgan.
Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Uzun oʻrmon xoʻjaligi,
Hisor dorivor oʻsimliklar xoʻjaligi, asalchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. 5765 ga maydonga
paxta, 3300 ga maydonga gʻalla, shuningdek, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi
(2003). Meva va uzum yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham bor. Oʻrmon xoʻjaligida bobotogʻ pistasi va
koʻpgina dorivor oʻsimliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51 ming qoʻy va
echki, 7 ming ot boqiladi, shuningdek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik hisor
qoʻylari yetishtiriladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va Kichik Damariq kanallaridan
sugʻoriladi.
Tumanda 71 umumiy taʼlim maktabi (31 mingoʻquvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat
maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. Sariosiyo tumanida
41 ta kutubxona, 3 madaniyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi.
Stadion va boshqa muassasalar mavjud. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik
punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent —
Dushanba, Uzun — Shargʻun poyezdlari oʻtadi. "Sariosiyo" tuman, gaz. 1932 yildan chiqadi (adadi
2000).
[2]
Sariosiyoning Qorovultepasidan topilgan buyumlar bu yerda milodning I-III-asrlarida ham
madaniy hayot mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Ilk oʻrta asrda (5-8-asrlar) tuman xududida
bir qancha qalʼa — shaharlar mavjud boʻlgan. Bulardan yiriklari: Kultepa, Nonvoytepa,
Xumdontepa, Xoʻroztepa, Kofirqalʼa (Navandaqtepa), Qoʻrgʻontepa, Boburtepa, Beshkapa,
Hisortepa va boshqalar. Tumanning togʻli qismida yuqori paliolit, mustʼe devoriga oid manzillar
(Xushdara, Podaxona, Namozgoh, Qoʻrgʻonjuvoz, Darianhor va boshqalar) uchraydi. 10 — 12-
asrlarda Xumdontepa juda rivojlangani haqida maʼlumotlar bor. Arab — fors manbalarida tilga
olingan Xumdon qishlogʻi shu joy oʻrniga toʻgʻri keladi. Meʼmoriy yodgorliklardan
Telpakchinordagi X asr oxiri — XI asr boshlarida bunyod etilgan Oq Ostona bobo maqbarasi
mashhur. Shagʻun shahri 1973-yil tshkil etilgan. Aholisi 12 mingdan ortiq (1996). Hisor
togʻlarining yonbagʻridagi xushmanzara yerda joylashgan. Shargʻun koʻmir koni 1941-yilda oʻrta
va yuqori yura davriga mansub koʻmir yotqiziqlari ichida topilgan. Shahardagi asosiy jamoat
binolari shu konning faoliyati bilan bogʻliq. Shahardan Shargʻun koʻmir konigacga osma sim yoʻli
oʻtkazilgan. Uylar asosan bir qavatli. Shaharning shimoliy qismida Shahtiyor koʻchasi boʻylab ikki
qavatli uylar qurilgan. Shaharda bir necha bilim yurtlari, musiqa maktabi, kinoteatr, savdo
rastalari, istirohat bogʻi bor. Tumanda koʻplab yirik inshootlar korhonalar, kichik korhonalar
qurilishi jadal davom etmoqda. Keyingi vaqtda neft mahsulotlari bazasi, un zavodi majmuotini
oʻz ichiga olgan yirik tayorlov korhonasi, yangi paxta zavod, maktablar, agrobank, xalq banki
binolari qurildi.
1.
„Сариосиё туманига янги ҳоким тайинланди“ (https://bugun.uz/2021/05/25/sariosiyo_tumaniga
_yangi_hokim_tayinlandi)
. Bugun.uz. 12-Iyul 2021-yilda asl nusxadan
arxivlandi (https://web.archi
ve.org/web/20210712113956/https://bugun.uz/2021/05/25/sariosiyo_tumaniga_yangi_hokim_tayi
nlandi)
. Qaraldi: 2021 йил 25 май.
2.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar