Siz Internetdasiz va sizni noqulay yoki xavotirga soladigan narsani uchratdingiz. Ehtimol, maktabdagi do'stingiz bulling nishoniga aylangan va siz nima qilishni bilmayapsiz. Yoki, ehtimol, kimdirning xabarlari do'stona munosabatdan qo'rqitishga o'tmoqda.
Aloqada bo’lishni yaxshi tomonlari bisyor, ammo Internet ham kundan-kunga suiiste'mol qilinmoqda va bu yoshlar uchun qimmatga tushmoqda.
Qanday qilib biz internetni barchamiz uchun xavfsizroq joyga aylantirishimiz mumkin? Mana bugun qilishingiz mumkin bo'lgan narsalar:
Internetda mehribon va hushmuomala bo'ling. O'zingizning tengdoshlaringizni ijobiy xabarlar, tabassum yoki “besh tashla” belgisini yuborish orqali qo'llab-quvvatlang.
Internetdagi xavfsizlik haqida gapirish va do'stlaringizni suhbatlashishi uchun ushbu videolarni ulashing.
Sozlamalar va parollaringizni tekshiring: 12345 parolingizmi? Do'stingiz bilan baham ko'rdingizmi? Internetda joylashtirgan narsalaringizni kim ko'rishi mumkin? Maxfiylik sozlamalarini oxirgi marta qachon ko'rib chiqdingiz?
Va esda tutingki, bu sizdan boshlanadi! Mish-mishlarni tarqatmang yoki zararli, yoki xijolatli hikoyalar, yoki rasmlarni baham ko'rmang. Bir kishiga zararsiz hazil kabi tuyulishi mumkin bo'lgan narsa, boshqalarga qattiq zarar yetkazishi mumkin.
Internetda zo'ravonlikni tugatish (#ENDviolence online) uchun birlashaylik.
Bu haqda gapiring
Agar siz hozirda bullingdan aziyat chekayatgan bo’lsangiz, ishonchli odam bilan bog'laning.
Qo'llab-quvvatlashni ko'rsating
Agar siz boshqa birovning bullingdan aziyat chekyatganini ko'rgan bo’lsangiz, bu haqda gapiring. O'sha odamga murojaat qiling va uni qo'llab-quvvatlashingizni ko’rsating. Sizning so'zlaringiz katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Bullingni to'xtating
Agar sizning kimgadir nisbatan xatti-harakatlaringiz tahqirlash toifasiga kirsa, o'z xatti-harakatingizni o'zgartirishingiz mumkin. To'xtating va yordam so’rab biron bir kishiga murojaat qiling. Mehribon bo'ling, bugungi kun qahramoni bo'ling.
Qabul qilishdan oldin o'ylang
Do'stlikka qabul qilish bo’yicha so'rovini qabul qilishdan oldin, siz ularning profilini ko'rib chiqishingiz kerak, va ular kimligini ko'rishga harakat qiling. Esingizda bo'lsin: ba'zan odamlar o'zlarini boshqa kimsa deb ko'rsatadilar va ularning haqiqatni gapirayotganlarini bilish qiyin.
Sizning ular bilan umumiy do'stlaringiz bormi? Siz xuddi shu shahardanmisiz? Do'stlik bo’yicha tasodifiy so'rovlarini qabul qilish uchun bosimni his qilmang. Siz tanimagan odamlar siz ular ko'rishini istamagan ma'lumotni ko'rmasliklari uchun maxfiylik sozlamalarini yana bir bor tekshiring.
Yuborishdan oldin o'ylab ko'ring
Mish-mishlarni tarqatmang yoki zararli, yoki xijolatli hikoyalar, yoki rasmlarni baham ko'rmang. Bir kishiga zararsiz hazil kabi tuyulishi mumkin bo'lgan narsa, boshqalarga qattiq zarar yetkazishi mumkin.
"Yuborish" tugmachasini bosishdan oldin ikki marta o'ylang, ayniqsa xafa bo'lsangiz yoki jahlingiz chiqqan vaqt bo’lsa. Xabar, fotosurat yoki videoni baham ko'rganingizdan so’ng, unga nima bo'lishini boshqarish qiyin. Uni olib tashlash deyarli mumkin emas.
Va shaxsiy hayotga ega bo’lish huquqiga ega ekanligingizni eslang, hamda boshqalar ham huddi shunday huquqga egadirlar. Boshqa odamlarning hisob qaydnomalariga kirish yoki ularning ruxsatisiz ularning telefonlaridan foydalanish yaxshi emas.
Bo'lishishdan oldin o'ylang
Siz o'zingizning ma'lumotlaringizni va borgan joylaringiz qayd qilinganligi haqidagi ma’lumotni kim ko'rishi mumkinligini nazorat qilishga yordam berish uchun ijtimoiy media platformalaringizdagi maxfiylik sozlamalarini o'zgartirishingiz mumkin.
Kim bilan nimani baham ko'rayotganingizni yaxshilab o'ylab ko'ring. Shaxsiy manzilingiz, telefon raqamingiz yoki bank rekvizitlari kabi shaxsiy ma'lumotlarni boshqalarga bermang. Va, albatta, parollaringizni baham ko'rmang!
Agar sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz sir saqlanishi sozlanmagan bo'lsa, ma'lumotlaringizni har kim ko'rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |