Kavkaz
Kavkaz - bu geografik mintaqa hisoblanib,
Yevroosiyodagi
togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa
pasttekisligining janubida yaʼni
Yevropa
va
Osiyo
qitʼalarining chegarasida joylashgan.
Gʻarbdan
Qora dengiz
, sharqdan
Kaspiy dengizi
mintaqani oʻrab olgan.
Armaniston
Gruziya
Ozarbayjon
Abkhazia
Abxaziya
(qisman tan olingan)
Janubiy Osetiya
(qisman tan olingan)
Togʻli Qorabogʻ Respublikasi
(tan olinmagan)
Rossiya
Adigeya
Dogʻiston
Ingushiya
Kabarda-Balkariya
Qorachoy-Cherkasiya
Shimoliy Osetiya
Checheniston
Kavkazdagi davlat va regionlar
Krasnodar oʻlkasi
Stavropol oʻlkasi
«Kavkaz» (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan, ehtimol u Qora dengizning janubiy
sohilida qadimda yashagan "Kavkaz" xalqining nomidan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi.
Kavkaz atamasi dastlab mil.av. 479-yilda
yunon
dramaturgi
Esxilning
"Zanjirband Prometey"
tragediyasida qayd etilgan). Shimolda Kuma-Manich botigʻidan, janubda tabiiy geografik va
geologik jihatdan shartli ravishda
Kavkazorti
respublikalarining
Turkiya
va
Eron
bilan boʻlgan
davlat chegaralarigacha choʻzilgan. Maydoni 500 ming km
2
. Shimoliy Kavkaz va
Kavkazorti
boʻlinadi. Ular oʻrtasidagi chegara
Katta Kavkazning
Bosh (yoki Suvayirgʻich) tizmasidan
oʻtadi.
Relyefi asosan, togʻlardan iborat. Taman yarimorolidan Apsheron yarimoroligacha
Katta
Kavkaz
togʻlari
choʻzilgan. Bu togʻlarning shimoliy etaklaridan Kuma-Manich botigʻigacha
boʻlgan hudud
Kavkazoldi
deb ataladi. Katta Kavkazdan janub da
Kolxida
va Kura-Arake
pasttekisliklari bor. Kavkazning janubi-sharqida burmali
Tolish togʻlari
(balandligi 2477 m
gacha) va
Lenkoran
pasttekisligi joylashgan. Kavkaz janubining oʻrta va gʻarbiy qismlarini
Kavkazorti togʻligi egallagan.
Kavkaz
Oʻrta dengiz
geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida
Kavkazoldi
yosh
platformasi (plitasi), Katta Kavkaz megantiklinoriysi, Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi
va
Kichik Kavkaz
megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shimoli-gʻarbiy qismining
zamini tokembriy
Ukraina
kristalli massivining yer tagidagi janubi-sharqiy davomidir.
Kavkazoldining qolgan qismi oʻrta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi choʻkindi
jinslar qoplami miotsengacha toʻplana borgan. Miotsen oxirida
Stavropol
qirlari koʻtarilib,
Azov-Kuban botigʻini Terek-Kuma botigʻidan ajratib qoʻygan. Pliotsen oxirida
Terek
va Sunja
tizmalarining antiklinal zonalari paydo boʻlgan. Katta Kavkaz markaziy qismining shimoliy yon
bagʻri Kavkazoldi plitasining chekkasi boʻlib, bu yerda yangi tektonik harakatlar boʻlib turadi.
Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmalanish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari
zonasidan ajralgan. Yanada janubroqda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi
koʻtarilgan. Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysining
zaminini yuqori tokembriy — quyi kembriy metamorfik majmuasi tashkil qilgan.
Etimologiyasi
Relyefi
Foydali qazilmalari
Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida,
Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya,
Gurjistonda
qoʻrgʻoshin va
rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur (
Armaniston
)da mis va molibden,
Ozarbayjonda
temir
rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor. Ozarbayjon,
Checheniston
-Ichkeriya,
Ingushiya
,
Dogʻiston
respublikalari,
Krasnodar
va
Stavropol
oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa
minerallarga boy.
Kavkaz moʻtadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida joylashgan.
Yanvarning
oʻrtacha
darajasi Kavkazoldida —2, —5°, Gʻarbiy Kavkazorti (Kolxida pasttekisligi)da 4,5—6°, Sharqiy
Kavkazorti (Kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1—3,3°.
Iyulning
oʻrtacha darajasi
gʻarbida 23—24°, sharqida 25—29°. Yillik yogʻin sharqida 200–400 mm, gʻarbida 1200–
1800 mm. Gʻarbiy va Markaziy Kavkaz yon bagʻirlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yogʻin
yogʻadi.
Katta Kavkazda muzliklar koʻp. Umumiy soni 2200 dan ziyod, maydoni 1428 km
2
. Kavkaz
daryolari Kaspiy (Kura va irmogʻi Araks, Sulak, Terek, Kuma), Qora dengiz (Rioni, Inguri va b.)
va Azov dengizlari (Kuban) havzalariga mansub. Kavkaz daryolarida koʻplab GESlar qurilgan
(Kurada Mingechaur va Zemo-Avchala GESlar, Katta Kavkaz daryolarida Xrami, Rioni va
boshqa GESlar bor). Eng yirik koʻli —
Sevan
.
Kavkazoldining tekislik landshaftlari moʻtadil mintaqaga, Kavkazorti esa
subtropik
mintaqaga
kiradi. Gʻarbiy va Oʻrta Kavkazoldining landshaftlari dashtlardan iborat. Stavropol qirlarining
balandroq qismlari,
Mineralniye Vodi
atroflari, Sunja tizmasining gʻarbiy qismlari va Katta
Kavkazning qiya tekisliklarini oʻrmonli dasht egallagan. Sharqiy Kavkazoldida och tusli
kashtan tuproqlardagi shuvoqli chala choʻl landshafti zonal landshaftdir. Kura-Araks
pasttekisligining chala choʻllarida ondasonda shoʻrxok choʻllar ham uchraydi. Kolxida va
Lenkoran pasttekisliklarida nam subtropik landshaftlar tarqalgan. Katta Kavkazning janubiy
yon bagʻrining quyi qismi, Kichik Kavkazning shimoliy yon bagʻri va Tolish togʻlarida subtropik
oʻrmon landshaftlari bor. Kavkaz togʻlarida togʻ-oʻrmon landshaftlari hukmron. Sharqiy Kavkaz
(Dogʻiston) va, qisman, Markaziy Kavkaz,
Armaniston togʻligining
lava platolari va
tekisliklarida togʻ-dasht landshaftlari uchraydi. Katta Kavkazning eng baland choʻqqilarida
glyasialnival landshaftlari tarqalgan.
Kavkazda Kavkaz, Teberda, Ritsa, Dilijon va bshqa qoʻriqxonalar bor. Kavkazda
Rossiya
Federatsiyasi
hududining bir qismi, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Turkiyaning sharqiy va
Eronning shimoli-gʻarbiy qismi joylashgan. Kavkazda yirik kurort rayonlari, Kavkaz Mineral
Suvlari, Qora dengiz boʻyi kurortlari, turizm va alpinizm markazlari bor.
[1]
Iqlimi
Do'stlaringiz bilan baham: |