a:1=a
4:1=4 chunki, 1•4=4
8:1=8 chunki, 1•8=8
Har qanday sonni 1 ga bo`lganda, shu sonning o`zi hosil bo`ladi.
a:a=1
9:9=1 24:24=1 68:68=1
Istalgan sonni o`zini-o`ziga bo`lganda, 1 hosil bo`ladi.
1-misolni doskada ishlab ko`rsatish bilan sonni 1 ga va o`ziga bo`lish haqida yangi ma`lumotlar beriladi. 3-masalani doskada sinf jamoasi bilan birgalikda tahlil qilinadi va sonni 1 ga bo`lish amali bilan yechiladi. 4-misolda jadval berilgan bo`lib, jadval bo`yicha sonni 1 ga ko`paytirish, 1 ni songa ko`paytirish, sonni 1 ga va o`ziga bo`lish amallarini bajarish orqali misollar ishlanadi va jadval to`ldiriladi. 5-masalani ham doskada birgalikda tahlil qilinadi va yechiladi. 6-misolni bajarish orqali o`quvchilarning ismli sonlar ustida amallar bajarish malakasi tekshiriladi.
0:a=0
0:6=0 chunki, 0•6=0
0:19=0 chunki, 0•19=0
Nolni har qanday song abo`lganda, nol chiqadi.
a:0
Sonni nolga bo`lish mumkin emas.
misolni o`qituvchi doskada tushuntirib beradi va xulosa chiqariladi, qoidaning
mazmunini tushuntiradi. 2-misolni o`quvchilar doskada bajaradilar. 4-misoldagi jadvaldan misollarni birma-bir ishlab chiqiladi va javobi 0 ga, 1 ga teng bo`lgan misollar ajratiladi.
1-misolni rasm orqali masdala tuzish yo`li bilan doskada tushuntirib beriladi. Bu masalani 10 sonini ko`paytirish yo`li bilan yechiladi. Nima sababdan bunday qilish kerakligi tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi.
10 ni 2 ga ko`paytirish uchun 1 o`nlikni 2 ga ko`paytirish kerak, natijada 2 o`nlik yoki 20 hosil bo`ladi. Demak, 10•2=20, yoki 2•10=20 bo`lsa, u holda 20:2=10, 20:10=2 bo`ladi.
misolda 10 soni ishtirokida ko`paytirish va bo`lishga doir misollar berilgan. Bu misollarni doskada tushuntirilgani kabi ishlanadi. 4-masalani 10 ni songa ko`paytirish bilan yechiladi. 4-misolda tenglamalar berilgan bo`lib, ularda noma`lumni topish uchun o`nlikdan o`tib qo`shish va ayirish usulidan foydalaniladi. 5-misoldagi diagrammadagi sonlarni 10 ga ko`paytirish va bo`lish amallari bilan ishlab chiqiladi. 6-masalada topshiriqqa binoan cho`plarning sonini aniqlanadi. Buning uchun o`nliklarni qo`shish, ayirish, sanab chiqish, ko`paytirish mumkin. 7-masalani sinfda birgalikda tahlil qilinadi va 10 ga ko`paytirish yo`lidan foydalanish lozimligi uqtiriladi, uyga vazifa qilib beriladi. 8-misolni ham uyga vazifa qilib berishdan oldin sinfda tahlil qilib olinadi: ifodalarni taqqoslashdan avval dastlab ko`rsatilgan amallarni bajarib olish va chiqqan natijalar orqali taqqoslash zarurligi uqtiriladi.
1-misolni doskada birgalikda tahlil qilish orqali 10 soni ishtirokida ko`paytirish va bo`lish mavzusi tushuntiriladi. Jadvaldan bir nechta misollarni olib ko`rib chiqiladi va bu jadvalni yodda saqlab qolish lozimligi uqtiriladi. 2-masalani
ham doskada o`quvchilar chiqib bajaradilar. Chiqqan natijani jadvaldan tekshirib boriladi. 4-misolni doskada o`quvchilar bajaradilar. Zarur bo`lsa, misollarga doir masalalar tuzish bilan mavzuni mustahkamlab boriladi. 5-, 6- misol-masalalarni sinfda tahlil qilib uyga vazifaqilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |