Shuni ham ta'kidlash kerakki, 1995 TIMSS tadqiqotida vazifa maktabdagi turli bosqichdagi o'quvchilarning o'quv yutuqlarini taqqoslash edi, shuning uchun uchta guruh o’quvchilari tanlangan. Tanlashda bittasi boshlang’ich sinflardan (3-4) iborat bo'lib, unda to'qqiz yoshli o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etgan. Ikkinchi guruhda o'n uch yoshdagi asosiy maktabning ikkita sinfini (7–8) o'quvchilari qatnashgan. Uchinchi guruhga o'rta maktablarning bitiruvchi o’quvchilari kiritilgan. TIMSSni o'rganishda ishtirok etadigan mamlakatlarning barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarini qamrab olgan birinchi va ikkinchi tanlanmalardan farqli o'laroq, 3-guruh shunchalik shakllantirilganki, unga umumta’lim dasturlari asosida o’qigan oquvchilar bilan birga matematika va fizika chuqurlashtirib o’rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilari ham kiritilgan. Bu o'rta maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to'g'risida ma'lumot olish va maktabda olingan matematika va tabiiy fan bo'yicha asosiy bilim va ko'nikmalarni turli vaziyatlarda qo'llash malakasi haqida ma’lumot olishga imkon berdi. Bundan tashqari, maktabni tamomlash davrida bitiruvchilarning matematika va fizika bilan bog'liq tayyorgarligini taqqoslash, bitirish arafasida kelajakdagi kasbini tanlash imkoninin berdi.

TIMSS-1995 tadqiqoti misolida, xalqaro tadqiqotlarni taqqoslashda qo’llaniladigan metodologik yondashuvlarni ko'rib chiqamiz. Ko'rib chiqilayotgan TIMSS tadqiqotining asosiy sikllari C. Travers va A. Uestberi tomonidan yaratilgan matematika ta’limi bo’yicha ikkinchi SIMS xalqaro tadqiqotining konseptual modeli hisoblanadi
Ta’limning rejalashtirilgan darajasi
Tizim
Institutsion tarkib
Тizimlar tavsifi
Maktab muhiti, maktablar, o’qituvchilar tavsifi
Maktab yoki sinf
Ta’limni amalga oshirish darajasi
Maktab va sinfda o’quv jarayoni va o’qitish sharoitlari
O’quvchi faoliyati
O’quvchi tavsifi
O’quvchilar
Ta’lim yutuqlari darajasi