Bronxit — bolalarda va kattalarda, alomatlari, shakllari, tashxislash, davolash



Download 0,81 Mb.
bet1/8
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#457006
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BRONXIT

BRONXIT — BOLALARDA VA KATTALARDA, ALOMATLARI, SHAKLLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH


Bronxit bronxial shilliq qavatdagi yallig’lanish jarayoni bilan tavsiflangan pastki nafas yo’llarining keng tarqalgan kasalligi hisoblanadi. Bronxit belgilari va davolash usullari kasallikning shakliga bog’liq: o’tkir yoki surunkali, shuningdek kasallikning bosqichi.
Bronxitni davolash barcha shakllari va bosqichlarida zudlik bilan boshlanishi kerak va to’liq tugatilishi kerak: bronxlardagi yallig’lanish jarayoni nafaqat hayot sifatiga, balki xavfli og’ir asoratlar, pnevmoniya, surunkali obstruktiv o’pka kasalligi va yurak-qon tomir tizimi funktsiyasi buzilishi va kasalliklariga sabab bo’ladi.
1 -rasm. Bronxlarning anatomik tuzilishi

KASALLIKNING RIVOJLANISHI SABABLARI


Bolalarda ham, kattalarda ham bronxit ko’pincha birlamchi infektsiyali kasallikidir. Kasallik ko’pincha infektsion agent ta’sirida rivojlanadi. Birlamchi bronxitning eng ko’p uchraydigan qo’zg’atuvchilari orasida quyidagi patogenlar mavjud:

  • Viruslar: paragripp, gripp, adenovirus, rinovirus, enterovirus, qizamiq;

  • Bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, gemofil tayoqcha, mikoplazmaning respirator shakllari, ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisi agenti, xlamidofillar);

  • Zamburug’lar (kandida, aspergilla).

85% hollarda viruslar infektsiya jarayonining sababchisi bo’lib qoladi. Biroq, ko’p hollarda immunitetning pasayishi, virusli infektsiyalarning mavjudligi sabab patogen floraning (organizmda mavjud stafilokokklar, streptokokklar) faollashishiga olib keladi va natijada aralash florali yallig’lanish jarayoni rivojlanishi kuzatiladi. Patogen floraning asosiy va faol qismlarini aniqlash kasallikni samarali davolash uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Zamburug’ etiologiyali bronxit nisbatan kamroq tarqalgan: normal immunitet bo’lganda bronxlarda zamburug’li floraning rivojlanishi deyarli imkonsiz. Bronxial shilliq qavatning zamburug’lar bilan shikastlanishi immun tizimining sezilarili buzilishlarida kuzatiladi: tug’ma yoki orttirilgan immunotanqislik, radiatsiya yoki kimyoterapiya, saratonga uchragan bemorlarning sitostatik preparatlar qabul qilishi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish