1.3. O‘zbekiston Respublikasi qo‘shinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari (zirhli mashinalar, tanklar, jangovar vertolyotlar, samolyotlar va artilleriya vositalari) Zirhli mashinalar Bronetransportyorlar.
BТR-70. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKТ pulemyotiga ega
Taktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg. Eng yuqori tezligi 80— 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yonilg‘i zaxirasi — 300 litr (benzin), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, BТR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, BТR o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekiðaji (desant) — 3 (8).
BТR-80. Bronetransportyor jangovar g‘ildirakli, zirhlangan, suza oladigan, yengil zirhlangan nishonlarni zararlaydigan, 14,5 mm.li katta kalibrli pulemyot va u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKТ pulemyotiga ega.
тaktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 13600 kg, shossedagi eng yuqori tezligi — 90 km/s, suzishdagi eng yuqori tezligi — 9,5 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 600 km, yoqilg‘i zaxirasi — 300 litr (dizel yoqilg‘isi), nishablik burchagi — 30°, kren — 25°, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan chuqurlik kengligi — 2 m, o‘ta olishi mumkin bo‘lgan to‘siq (devor) — 0,5 m, ekiðaji — 3 kishi, desant — 8 kishi. Piyodaning jangovar mashinalari.
BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKÒ pulemyoti bilan qurollangan. Тaktik-texnik tavfisi. Jangovar og‘irligi — 13200 kg, ekiðaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 8 kishi, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, suvdagi tezligi — 7 km/s, shosseda yurish zaxirasi 550—600 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilish — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m. BMP-2. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishiga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-2 30 mm.li avtomatik to‘p, 7,62 mm.li PKÒ pulemyoti, tankka qarshi boshqariluvchi raketa uchun uchirish qurilmasi bilan qurollangan. Jangovar jamlanma 30 mm.li to‘p uchun 500 ta o‘q-dori, 7,62 mm.li PKÒ pulemyoti uchun 2000 ta patron, 4 ta PÒURdan iborat (23-rasm). Тaktik-texnik tavsifi. Jangovar og‘irligi — 14000 kg, ekiðaji — 3 kishi (komandir, mo‘ljalga oluvchi-operator, mexanik-haydovchi), desant — 7 kishi, uzunligi — 6710 mm, quruqlikdagi eng yuqori tezligi — 65 km/s, suvdagi 23-rasm. BMP-2 ning umumiy ko‘rinishi. 87 tezligi 6—7 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 550 km, bosib o‘tuvchi ko‘tarilishi — 35°, chuqur kengligi — 2,5 m, devor balandligi — 0,7 m.
Tanklar Т-62. O‘rta tank — Т-62 qudratli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. Тank 115 mm.li silliq devorli to‘p, u bilan juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKÒ pulemyoti va 12,7 mm.li DSHK-M zenit pulemyoti bilan qurollangan. 24-rasm. Т-62 tankining umumiy ko‘rinishi. Тank ekiðaji 4 kishidan iborat (komandir, mo‘ljalga oluvchi, o‘qlovchi va mexanik-haydovchi). Mexanik-haydovchi boshqaruv bo‘lmasida, ekiðajning qolgan a’zolari esa, jangovar bo‘lma (bashnya)da joylashadi (24-rasm). Тaktik-texnik tavsifi. Тank og‘irligi — 37000 kg. Dvigatelning eng yuqori quvvati — 580 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 22—27 km/s, shosseda 32—35 km/s, shossedagi eng yuqori tezligi — 50 km/s, shossedagi yurish zaxirasi — 450 km, tuproq yo‘lda — 320 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng yuqori ko‘tarilish burchagi — 32°, eng katta kren — 30°, chuqurlik kengligi — 2,85 m, devor balandligi — 0,8 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi — 1,4 m. Т-72. Quvvatli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. Tank ekiðaji 3 kishidan iborat. Òank ikki tekislikda bir xil to‘g‘rilanuvchi 125 mm silliq devorli to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKÒ pulemyoti va 12,7 mm kalibrli zenit pulemyoti bilan qurollangan. 88 26-rasm. MI-24 B jangovar vertolyoti. 25-rasm. T-72 tankining umumiy ko‘rinishi. Taktik-texnik tavsifi. Tank og‘irligi — 44000 kg, dvigatelning yuqori quvvati — 840 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 35—45 km/s, shosseda — 50 km/s, shossedagi eng yuqori tezligi — 60 km/s, shosseda yurish zaxirasi — 700 km, tuproq yo‘lda 460—650 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng yuqori ko‘tarilish burchagi — 30°, eng katta kren — 25°, chuqurlik kengligi 2,6—2,8 m, devor balandligi — 0,88 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi 1,2—1,8 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |