Qulchilikning bekor etilishi[править | править код]
Bakston yodgorligi (ingl. -{Buxton Memorial Fountain}-), London. 1865-yilda Britan Imperiyasida qulchilik bekor etilishi sharafiga oʻrnatilgan.
XIX asr boshiga kelib abolitsionistlar tomonidan bosimning kuchayishi 1807-yilda „Qul savdosiga qarshi akt“ning imzolanishiga olib keldi. Vest-Indiyada qullarning bozor narxi 80 funt boʻlgan bir paytda kemasida qullar topilgan kema kapitanlari har bir topilgan qul uchun 100 funtdan jarima toʻlashlari kerak boʻlgan. 1808-yilda Serra Leone ozod etilgan qullarning britan koloniyasi deb eʼlon qilingan.
1823-yilda qullikka qarshi jamiyat paydo boʻldi va 1833-yilda qabul qilingan „Qullikni bekor qilish toʻgʻrisidagi akt“ni imzolashga majbur etdi. Yangi aktga koʻra faqat qul savdosi emas, balki qullikning oʻzi ham noqonuniy deb eʼlon qilindi. 1834-yil avgustda imperiyadagi barcha qullar ozod deb eʼlon qilindi.
1815-1914-yillardagi imperiya yuz yilligi[править | править код]
1897-yilda Britaniya Imperiyasi. Pushti rang oʻsha payt xaritalaridagi britan koloniyalarining odatiy rangi boʻlgan.
1815-1914-yillar davomida Britaniya Imperiyasi hududi 25 899 891 km²ga, aholi soni 400 mln. kishiga yetdi. Napoleon magʻlub etilgach inglizlarga global masshtabda qarshilik qiladigan raqib qolmadi. Faqatgina mahalliy darajada Britaniya Rossiya bilan Osiyoda, fransuzlar va keyinroq nemislar bilan Afrikada, amerikaliklar bilan Lotin Amerikasida qarshi kelishi mumkin edi. Shuningdek, Britaniya Imperiyasi dunyoning yetakchi dengiz davlatiga aylandi.
Bu davrda Buyuk Britaniya rasmiy ravishda mustaqil boʻlgan Xitoy, Argentina, Siam kabi koʻplab mustaqil davlatlarning iqtisodiyotini boʻysundirdi[17]. XIX asr ikkinchi yarmida yangi texnologiyalar bugʻ mashinasi va telegrafning paydo boʻlishi imperiyani boshqaruv va himoyani yengillashtirgan holda kuchaytirdi. 1902-yilda butun imperiya telegraf simlari bilan qoplandi.
Osiyo[править | править код]
Shuningdek qarang: Sipohiylar qoʻzgʻoloni, Birinchi opium urushi, Ikkinchi opium urushi. Imperiya siyosatining Osiyodagi asosiy maqsadi eng qimmatli va Osiyoning boshqa hududlariga kalit hisoblanuvchi Hindistonni qoʻl ostida ushlash va Hindistondagi hududlarni kengaytirish edi. XIX asrning birinchi yarmida ekspansiyaning asosiy quroli Ost Indiya kompaniyasi edi. U oʻz askarlarini qirollik floti bilan birinchi marta Yetti yillik urushda birlashtirdi, shundan soʻng uning qurolli kuchlari Hindistondan tashqaridagi koʻplab urushlarda qatnashdi: Napoleonga qarshi Misrda (1799-yil), Gollandiyadan Yava tortib olinganda (1811-yil), Singapurning (1819-yil) va Malakkaning (1824-yil) egallanishida, Birmaning egallanishida (1826-yil).
„Qarilarga yangi toj“. 1876-yilning siyosiy karikaturasi, Dizraeli qirolicha Viktoriyaga Hindiston tojini taqdim etmoqda.
1839-yilda Kantondagi Xitoy rasmiylari 20 ming quti opiumni musodara qilishdi. Bunga javoban Buyuk Britaniya birinchi opium urushini boshladi. Urush natijasida inglizlar oʻsha paytda rivojlanmagan Gonkongni egallashdi, Xitoyda narkomanizm esa juda yuqori choʻqqilarga yetdi.
1857-yilda britan qoʻmondonlariga qarshi yollanma hind askarlari — sipohiylar — qoʻzgʻolonidan soʻng britan hukumati Hindistonda general-gubernator boshchiligidagi toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruvni („British raj“) joriy etdi. Qirolicha Viktoriyaga Hindiston imperator ayoli toji kiydirildi. Ost Indiya kompaniyasiga shundan soʻng chek qoʻyildi (1858-yil).