Suvaysh inqirozi va uning natijalari[править | править код]
Asosiy maqola: Suvaysh inqirozi 1951-yilda Buyuk Britaniyada hukumat tepasiga Cherchill boshchiligidagi Konservativlar partiyasi keldi. Konservatorlar Hindiston yoʻqotilishiga qaramay Suvaysh kanaliga tayanib, Yaqin Sharqdagi hukmronlikni saqlash orqali Britaniyani dunyoviy davlat sifatida saqlab qolish mumkinligiga ishonishardi. Lekin ular 1951-yilda Misrda hukumat tepasiga kelganKomil Abdul Nosirni eʼtiborga olmasdan qoʻyolmasdilar. 1952-yilda britan askarlarini Suvaysh kanali hududidan olib chiqib ketib, 1955-yilda Sudan mustaqilligini tan olish toʻgrisidagi bitim imzolandi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Entoni Iden 1956-yilda prezident Nosir Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Bunga javoban britan bosh vaziri Entoni IdenIsroilning Misrga hujumiga vaqtida urushga qoʻshilib, Suvaysh kanalini egallash toʻgʻrisida maxfiy bitim imzoladi. Ammo u AQSh munosabatini hisobga olmagandi. Amerika prezidenti Eyzenhauer opertasiyani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi. AQSh Nikita Xrushyov urushda Misr tarafini olishga vada bergandan soʻng SSSR keng miqyosdagi urush boshlanishidan qoʻrqdi. Inglizlar toʻxtatish uchun amerikaliklar oʻzlarining britan funtidagi rezervlarini sotish orqali ingliz valyutasini sindirishlarini aytishdi. Natijada, urush xarakatlari omadli boʻlib, kanal egallanganligiga qaramasdan, xalqaro bosim Britaniyani oʻz askarlarini olib chiqib ketishga majbur etdi.
Suvaysh inqirozi ommaviy ravishda Britaniyaning dunyoviy davlat maqomi yoʻqotilganligini namoyish etdi. Milliy gʻurur oyoq osti qilinib, parlament deputatlaridan birini roʻy bergan voqeani „Britaniya Vaterloosi“ deb atashga, boshqasini esa Britaniyani „Amerika satelliti“ deb nomlashga majbur qildi. Oʻsha paytlardagi insonlar ongining feʼlini Margaret Tetcher „Suvaysh sindromi“ deb atadi. Bu sindromdan Brtaniya 1982-yilgi Argentina bilan Folklend urushidagi gʻalabadan soʻnggina qutuldi.
Suvaysh inqirozi Yaqin Sharqdagi britan taʼsirini pasaytirganiga qaramasdan, uni butunligicha yoʻqotolmadi. Amerikaliklarning maqullashidan soʻng britan armiyasi 1957-yilda Ummonga, 1958-yilda Iordaniyaga, shuningdek, 1961-yilda Quvaytni roʻy berishi mumkin boʻlgan Eron xavfidan qutqarish uchun bu davlatga bostirib kirdi.
1967-yilda britan askarlari Adendan, 1971-yilda Bahrayndan chiqib ketishdi.