Birinchi jahon urushi[править | править код]
1914-yilda ikki Yevropa davlatlari bloklari oʻrtasida urush boshlandi. Urushda britan koloniyalari va dominionlari Britaniya Imperiyasiga katta yordam berdi. 2,5 mln.dan ortiq askarlar dominionlar armiyalarida xizmat qildi va koloniyalardagi minglab koʻngillilar britan armiyasiga safarbar etildi. Afrika koʻplab nemis koloniyalari britan askarlari tomonidan bosib olingan bir paytda Tinch okeanida Avstraliya va Yangi Zelandiya mos ravishda nemis Yangi Gvineyasi va Samoani bosib oldi.
Ulkan flotYutland jangi tomon yoʻl olyapti, 1916-yil
Avstraliya va Yangi Zelandiya askarlarining 1915-yilda Gallipoli kampaniyasidagi hissalari bu davlatlarda milliy oʻzlikning paydo boʻlishiga ulkan taʼsir koʻrsatdi. Xuddi shu xolat Kanadada Vimi jangidan soʻng roʻy berdi. Dominionlarning gʻalabadagi hissalari britan bosh vaziri Lloyd Jorj tomonidan tan olindi. U 1917-yilda barcha dominionlarning bosh vazirlarini imperiya harbiy qoʻmitasiga qoʻshilishga chaqirdi[19].
1919-yilda imzolangan Versal bitimiga shartlariga koʻra imperiya 4 662 000 km² kengaydi va aholi soni 13 mln.ga koʻpayib oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqisiga chiqdi. Germaniya koloniyalari va Usmonli turklar imperiyasining koʻplab hududlari gʻoliblar oʻrtasida Millatlat Ligasi mandatlariga koʻra boʻlib olindi.
Urushlar orasidagi davr[править | править код]
Britaniya Imperiyasi iqtisodiyoti bu davrda mustahkamlanishda davom etdi: koloniyalar va dominionlarga eksport 32 %dan 39 %ga oʻsdi, import esa 24 %dan 37 %ga oʻsdi.
Irlandiyaga mustaqil boshqaruv taqdim etilishining kechiktirilishi sababli Shinn Feyn boshchiligidagi mustaqillik tarafdorlari partiyasi sezilarli tarzda kuchaydi. 1918-yildagi parlament saylovlarida u Irlandiyadan koʻp oʻrin oldi, 1919-yilda Dublinda Irland assambleyasini tuzib, mustaqilligini eʼlon qildi. Irland Respublikasi armiyasibritan boshqaruviga qarshi partizan urushini boshladi. Ingliz-irland urushi 1921-yilda ingliz-irland bitimining imzolanishi bilan yakunlandi. Bitimga koʻra imperiya tarkibidagi dominion sifatida Irland Ozod davlati tuzildi.
Qirol Georg V Britaniya va dominionlar bosh vazirlari bilan 1926-yilgi Imperiya konferensiyasida.
32 irland grafliklaridan 6tasidan iborat Shimoliy Irlandiya hozirga qadar „1922-yilgi Irland hukumati toʻgʻrisidagi akt“ga koʻra Birlashgan Qirollik tarkibiga kiradi.
Shunga oʻxshash kurash Hindistonda boshlandi; 1919-yilgi Hindiston hukumati toʻgʻrisidagi akt mustaqillik tarafdorlarini qoniqtirmadi. Britan hukumati mustaqillik uchun urushlar boshlanib ketmasligi uchun qattiqqoʻl choralarni qoʻllay boshladi, masalan, Panjobda. Bunga javoban Mahatma Gandi inglizlarning Hindiston aholisi tomonidan boykot qilinishi sanalgan nohamkorlik harakatini boshladi. 1922-yil 10-martda Gandi qamoqqa olinib, 18-martda ekstremistik ruhdagi materiallar nashr etganligi sababli ikki yil ozodlikdan mahrum etildi.
1923-yilgi Imperiya konferensiyasi dominionlarning metropoliyadan mustaqil ravishda oʻz tashqi siyosatini yurgizish imkonini berdi. Bundan bir yil oldingi Turkiyadagi Chanoq inqirozida Britaniya yana dominionlar yordamini soʻradi, lekin Kanada va Janubiy Afrika bu safar yordam berishdan bosh tortdi. 1926-yilgi Imperiya konferensiyasi Irlandiya va Janubiy Afrika bosimi ostida dominionlarni "Britan Imperiyasi tarkibidagi teng huquqga ega va bir-biriga boʻysunmaydigan davlatlar deb tan oldi[20]. Bu „Ikkinchi imperiya“ning qulashi edi, shundan soʻng „imperiya“ oʻrniga „Britan davlatlari hamdoʻstligi“ atamasi qoʻllanila boshladi.