Ma`ruza o`qituvchisi:
NAVRUZZODA LAYLI BAXTIYOROVNA
BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Servis sohasi iqtisodiyoti” kafedrasi katta o’qituvchisi
1-mavzu. Marketing asoslari faninig predmeti, mazmuni va vazifalari 1-mavzu. Marketing asoslari faninig predmeti, mazmuni va vazifalari Reja: 1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati. 2. “Marketing asoslari” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari 3. Marketing asoslari kursining dolzarbligi. Marketing nima?
Marketingning eng qisqa ta’riflaridan biri quyidagicha:
«Marketing - bu korxonaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir».
.
Marketing (inglizcha market - bozor va unga «ing» qo`shilganda «bozor bilan bog`liq faoliyat” ma`nosini anglatadi.
Marketing - bu ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish va foyda olish maqsadida, tovarlarni bozorlarda sotish, talabni shakllantirish va tovarlar savdosini rag`batlantirish, ayriboshlashni rivojlantirish va tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan tovarlar, xizmatlar keng miqyosli faoliyat turidir.
.
Marketing majmuasi
BOZOR
TOVAR
NARX
TIJORAT
REKLAMA
Marketing – bu biznesning falsafasi hamdir
Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k. - Zaruriyat - inson tomonidan biror-bir narsa yetishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; dam olishga bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
- Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, turoperatorlar, turmahsulotga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
- Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj.
- Bozor — bu:
1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi;
2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar, ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi.
Marketing fani evolyusiyasi - Marketing elementlari hozirgi respublikamiz hududida qadim-qadimlardan ma'lum bo`lib, u ayniq'sa, eramizdan oldingi II asrdan eramizning XVI asrigacha Buyuk Ipak yo`li nomi bilan mashhur karvon yo`li o`tgan mamlakatlarda keng qo`llanilgan.
- Bunda karvonsaroylar katta xizmat ko`rsatgan. Ularda har xil mamlakatlardan kelgan siyosatchi, tadbirkor, savdogar, vositachilar uchrashar va har xil iqtisodiy masalalarni, ishlab chiqariladigan tovarlarning assortimenti, sifat ko`rsatkichlari, o`lchov birligi, ularga bo`lgan talab va taklif, baholar, soliqlar, xizmatlar va h. k. lar haqida axborotlar yig`ilar, tahlil qilinar, kelishilar, shartnomalar tuzilar va amalga oshirilar edi.
Marketing fani evolyusiyasi - Marketing fanining elementlarining paydo bo‘lishi XIX - asrning o‘rtalariga borib taqaladi.
- 1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida mustaqil ravishda marketing kursini o‘qitish boshlandi.
- 1980 yillarning ikkinchi yarmida Mamlakatimizning iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida marketing kursi o‘qitila boshlandi.
1. Filip Kotler “Marketing, Menejment” 1. Filip Kotler “Marketing, Menejment” 2. Filip Kotler “Osnovi marketinga” 3. Filip Kotler “Marketing” 4. Filip Kotler “Marketing ot A do Ya” 5. Filip Kotler “Marketing mest” Filip Kotler innovatsiyalari 1. Marketingni strategiya darajasiga keltirish 2. Marketingni matematika bilan bog’lash 3. Ijtimoiy marketing 4. Iste’molchiga har qanday muhitning ta’siri 5. Marketing va innovatsiyalar Marketing vazifasi- bu mavjud mijozlarni ushlab qolish, yangi mijozlarni jalb qilish va ketib qolgan mijozlarni qaytarib olishdir. Marketingni tanlashda quyidagi savollarga javob berish kerak bo’ladi: Nega? (menga marketing nima uchun kerar?) Kimga? (biz murojaat qiladigan insonlar kim?) Nima? (natijaga erishish uchun nima aytamiz?) Qanday? (aytadigan narsamizni ganday etkazamiz?) Marketing juda ko’p kasblarni birlashtiradi: Matematik Rassom Rejisyor Jurnalist, tilshunos menejer dasturchi E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |