BRAXMANLIKDAGI KASTA TA’LIMOTI
Reja.
Hinduizmning paydo bo’lishi
Kasta ta’limotini dunyoga kelishi.
Vedalar.
“Din inson ruhini poklashi, odamlar
o’rtasida mеhr-oqibat tuyg’ularini
mustahkamlashi, milliy an'analarni
rivojlantirishga xizmat qilishi bilan
har qanday jamiyat hayotida
muhim o’rin tutadi” I.A.Karimov
Hinduizm, Hindiston yarimorolida yashaydigan halqning aksariyatiga oid bo’lgan diniy ishonch-e’tiqod va urf-odatlarni ifodalovchi bir so’zdir. Bu so’z, “Indus Daryosining atrofida yashovchi” ma’nosini bildiruvchi forscha bir so’zdan kelib chiqqan bo’lib, G’arbliklar bu mintaqa xalqining dinini ifodalash uchun ishlatganlar. Hindlar esa o’z dinlarini “Sanatana Dxarma” (azaliy-abadiy din) deya nomlaydilar.
Tax. mil. avv. 1500-yillarda (bu tarixning mil. avv. 2500-mil. avv. 1500 orasida, taxminan mil. avv. 2000 yillar ekanligi ham taxmin qilinadi) SHarqiy Yevropadan ko’chib kelgan Oriylar, Hindistonni istilo qiladilar. Natijada ularning diniy ishonch va urf-odatlari bilan mahalliy qora tanli halqning e’tiqodi bir-biriga aralashib ketadi. 100 yillar davom etgan bu aralashish natijasida nihoyat Hinduzm paydo bo’ladi.
H ind madaniyati va tarixi haqida aniq va ishonarli ma’lumotga ega bo’lishimiz uchun oriylar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak bo’ladi.
Oriylar oq tanli qavmlar bo’lib, Hazar (Kasbiy) dengizining shimoliy mintaqalarida, Yevropaning shimolida yoki Turkmaniston mintaqasida mil. avv. XVII- XVI-asrlarda XII-asrgacha yashaganlar. Ya’ni 3300 bilan 4000 yil oldin turli qabila va guruhlar shaklda hukm surganlar. Asta-sekinlik bilan Hindiston tomonga kirib kelaboshlaganlar. Eronning baland tekisliklari va cho’llarini maskan tutganlar. Davrlar o’tishi bilan ular; Eron va Hindiston oriylarini tashkil qilganlar. Dastlab alohida davlat ko’rinishida bo’lmasdan, balki bir-birlariga yaqin tushunchali qavmlar bo’lishgan. SHu sababli ibtidoiy Hindiston va Eron dinlariga qaraganimizda bir-biriga o’xshash e’tiqodlardagi tangrilarni ko’ramiz, ismlari ham o’xshash. O’xshash e’tiqodlari bo’lgan, xatto mushtarak bir tillari bo’lgan ikki xalq.; Qadim forscha va sanskritcha bir tilning ikki lahjasidir. Keyinchalik oriylar ikki qismga bo’linganlar va ikki o’lkada -Eron va Hindistonda- joylashganlar. Natijada geografik jihatdan ham bir-birlaridan alohida yashagan bir xil hayot tarziga ega oriylarning bosqichma-bosqich tillarida ham o’zgarishlar vujudga kelaboshlagan. Davrlar o’tib oriylar eron va hind xalqining anchagina qismini tashkil qilganlar. Ko’chishlari natijasida keyinchalik g’arb tomonga, yunon va Rimgacha kirib borganlar va g’arb madaniyatini vujudga keltirganlar. Bu ko’chmanchi oriy qavmining asl markazi bo’lgan Hindistonda yangi bir harakat, jonlanish va o’zgarishlar vujudga keltirganligini ko’rish mumkin...1
Hinduizm, milliy din bo’lib, uning hech qanday quruvchisi va e’tiqod asoslari (“Omantu”si) yo’q. Ammo unga oid katta hajmdagi muqaddas kitoblar kollektsiyasi mavjud. Hozirda taxminan dunyo aholisining 12% i, Hindistonning 83%i (650 mingga yaqin kishi) mazkur dinga e’tiqod qiladi. Bular Bangladeshda (12 mln.), Indoneziyada (3,6 mln.), SHri Lankada (3 mln.), Pokistonda (1,5 mln.), Malayziyada (1 mln.), AQSHda (0,5 mln.), Butanda (0,3) ni tashkil qiladi.
Hind jamoatlari turli tabaqalarga bo’linadi. Bunga Kasta tizimi deyiladi. Kasta, “ayni ish bilan shug’ullanuvchi; otalardan meros qolgan haqlar, vazifa va odatlar bilan qattiq bog’langan shaxslar toifasi”dir. Kasta saylanmaydi, faqatgina uning ichida dunyoga kelish mumkin. Bu tizim 4 ta sinfdan tashkil topadi:
1. Braxmanlar (rohiblar va dindorlar),
2. Kshatriy (hokimlar va jangchilar),
3. Vayshlar (savdogar, hunarmand va dehqonlar),
4. SHudralar (ishchilar, quyi tabaqa).
Bundan tashqari kasta tizimiga kirmaydigan va undan tashqarida hisoblanadigan toifa va guruhlar ham mavjud. Ularga “yaqinlashilmaydigan, tegilmaydiganlar” – xor tabaqa vakillari, deyiladi. Kasta tizimi hind e’tiqodlariga tayanadi. Bu e’tiqodlarga ko’ra kastalar, yaratuvchi tangri Braxmaning inson shaklida tasavvur qilingan vujudining turli joylaridan yaratilgan. SHundan kelib chiqib jamiyat hayotida insonlararo tabaqalashish mana shu narsaga asoslanadi. SHunga ko’ra braxmanlar Braxmaning og’zidan, kshatriylar qo’llaridan, vayshlar me’dasidan va shudralar uning oyoqlaridan yaratilgan.
Braxmanlar, kasta tizimida o’ziga yarasha muhim va ustun mavqe’ga ega. Braxman so’zi, sanskritcha bo’lib “Braxmaga atalgan, o’zini bag’ishlagan”, degan ma’noni bildiradi. Braxmanlarning asosiy vazifalari muqaddas qurbonlik marosimini boshqarishdir. Braxman muqaddas ma’lumot (veda) larning homiysi hisoblanadi. Diniy marosimlarni ijro qilish, uning irsiy haqqidir.
Ayni kastaga mansub bo’lganlar faqatgina o’zaro oila qurish, bir dasturxondan ovqat yeyish haqqiga egadirlar. Kasbu-korlar ham kastalarga qarab tartibga solinadi. Ilk uchta kastaga kiruvchilar yanada muhimroq ishlar bilan mashg’ul bo’ladilar. SHudralar esa faqatgina yuqori kastaga mansub bo’lgan kishilarga xizmat qilishi kerak. Har bir kastaning o’ziga xos nikoh va to’y marosimlari; yeyish-ichish, kiyinish va kasb-kor tarzlari mavjud. Kasta tizimiga qarshi chiqib bo’lmaydi. Kastaga qarshi chiqish, qarshi chiquvchining kastadan chiqarib yuborilishiga sabab bo’ladi. Bu esa uning yashash haqqini yo’qotishi, demakdir.
Xatto juda ham qiziq tomoni, kasta tizimidagi tabaqalashuvga ko’ra unga mansub bo’lganlarning tug’ilajak farzandlariga ham shunga ko’ra ism berilishidir. Misol uchun; agar tug’ilajak farzand braxmanlar tabaqasiga mansub bo’lsa, ularga nisbatan quvonch va xursandchilikka, kshatriylarga mansub bo’lsa kuch-quvvat va qudratga, vayshiylarga mansub bo’lsa boylik va molu-mulkka, shudralar mansub bo’lsa xorlik va haqirlikka oid ismlar qo’yilgan.
Manu qonunlari sanab o’tilgan tabaqadagi barchaga xos vazifalarni tayin qilib bergan; braxmanlar ta’lim-tarbiya, insonlarni dinga irshod qilish bilan mashg’ul bo’lishlari kerak. Zero ular ustoz, kohin va hukm chiqaruvchilardir. Ammo kshatriylar, ta’lim olishlari, qurbonlik keltirishlari, saqada berishlari, vatan va xalq uchun qo’liga qurol olishlari kerak. Vayshiylar esa dehqonchilik qilishlari, tijorat bilan shug’ullanishlari, molu-mulk yig’ishlari va ularni diniy va ilmiy maskanlarga sarflashlari tayin qilingan vazifalar orasidan joy olgan. Lekin shudralarning vazifasi tepadagi uch tabaqa vakillariga xizmat qilishlari bilan chizib berilgan.2
Hinduizmga oid muqaddas kitoblarning tili sanskritchadir. Bu muqaddas kitoblar kollektsiyasining boshida “Veda”lar turadi. Veda, “ilohiy bilim”, “ma’lumot” ma’nolarini bildiradi.
Aslida hinduzimning vujudga kelishi va din sifatida shaklida shakllanishiga Vedalar muhim o’rin tutgan. SHunga ko’ra Hinduzmning diniy-falsafiy ta’limoti Vedalar va vedalar asri bilan uzviy bog’liq. Vedalar asri o’z ichiga uch davrni oladi:
Ibtidoiy fikrlarning yoyilishi va tabiat kuchlariga sig’inish davri. Bu davr mil. avv. XV-asrdan boshlanadi. Vedalarda bu davr haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Vedalarning kitob shakliga keltirilishi va braxmanlar tomonidan sharhlanishi davri. Bu davr taxminan mil. avv. VIII-asrlardan boshlanadi. Bu davrda din ishlari bilan mashg’ul bo’lgan, e’tiqod asoslari haqida qayg’urgan ilm va fikr egalaridan iborat ko’pgina jamoatlar yuzaga kelgan. Ular va ba’zilarining fikr va mulohazalari qadimdan meros qolgan falsafiy ta’limotlarga o’zgachaliklar olib kelib kelgan bo’lib, bu mazhab braxmanlardan tashkil topgan. Braxmanlar bu sharhlarida o’zlariga oid cheksiz imkoniyat va imtiyozlarni muqaddaslashtirish maqsadida foydalarini ko’zlab ish tutganlar. Keyinchalik ular o’zlari va asl mahalliy xalq orasidagi aloqa bog’lari kundan kunga zaiflashib borayotganidan tashvishga tushganlar va kishilar orasini ajratib turuvchi tabaqalar nizomi (kasta tizimi) ni ishlab chiqqanlar. Mana shu davrga kelib hali mavjud bo’lmagan Hinduizmga asta-sekinlik bilan poydevor qo’yilaboshlagan.
Muqaddas kitoblardagi vedalarni umumlashtiruvchi Upanishadlar davri bo’lib, bu davr mil. avv. VI-asrga borib taqaladi va miloddan keyingi bir necha asrgacha cho’ziladi... U tasavvufiy oqimlarning sir-asrorlari va shaxsiy mushohadalarini o’z ichiga oladi. U botiniy hayotga berilgan va zohirini uloqtirgan ruhoniylar va tarkidunyochilarni irshod qilish uchun tartibga keltirilgan. Upanishadlar ruhiy-ma’naviy yo’l bo’lib, bu diniy takomillik zanjirining eng yuqori martabasi hisoblangan.3
Hindistonning eng eski muqaddas matnlari bo’lmish Vedalar 4ta bo’limdan tashkil topadi:Vedalarda ilohiylar qo’shiqlar, niyozlar, duolar, yashash qoidalari, tilsim va sehr kabi mavzular joy oladi. Vedalarning “Rishi” deb nomlanuvchi g’ayritabiiy kuchlar bilan aloqada bo’la oluvchi kishilarga “vahiy” qilinganligiga e’tiqod qilinadi.Hind muqaddas kitoblari “Vahiyga tayanuvchi” (SHruti)4 va “Dostoniy” (Smitri) bo’lishiga qarab ikki qismga ajraladi. Vedalar bulardan birinchisiga kiradi.1. Rig Veda – Tangrilarga nisbatan ta’zim-ulug’lash uchun yozilgan 1017 ta ilohiydan tashkil topadi. Har bir ilohiy 10 ga yaqin “oyat”dan iborat. Bu ilohiylar o’nta kitob (Mandala) ga bo’linadi. Ularning ichida eng uzuni birinchisi va o’ninchisidir. Eng uzuni 191; eng qisqasi 43 ta ilohiyni o’z ichiga oladi. Rig Vedada o’ziga xos bir adabiy vazn mavjud bo’lganligi uchun baland ovozda o’qiladi. U vedalar ichida eng muhimi va qadimiysi hisoblanadi. Bu veda shukr va istak, ulug’lash va badduo shaklidagi duolarni o’z ichiga oladi.
2. Sama Veda – (Melodiy) Nazmlar vedasi bo’lib, uning matni uch form shaklidadir. Ulardan birinchisi Rig Vedadan olingan “oyat”lardan, ikkinchisi turli xil mavzulardagi “oyat”lardan va uchinchisi rohiblar o’qiydigan nazmiy ilohiylardan iboratdir. U qurbonlik marosimida rohiblar tomonidan o’qiladi.
3. Yajur Veda – Qurbonlik marosimi ko’rinishlari bilan aloqali vedadir. Qora veda va Oq veda shaklida ikki qismga bo’linadi. Ba’zi qismlari nazm, ba’zi qismlari esa nasr shaklida yozilgan bo’lib, qurbonlik bilan bog’liq so’zlar va duolarni o’z ichiga oladi. Bu ilohiylar qurbonlik asnosida, past ovozda, ming’irlab aytiladi.
4. Atxarva Veda–Kosmik (koinot bilan bog’liq), mistik parchalar va sehr bilan aloqador duolardan iborat. Braxmanlar, bu matnlarni hayotning turli davrlarida o’qish majburiyatidadirlar. U boshqa vedalardan keyingi davrlarda yozilgan. Bundan tashqari u; 730 ta ilohiyni o’z ichiga oluvchi bir kollektsiyadir. Xalq ishonchlari, donishmandlik va sehrgarlik kabi mavzularda ma’lumotlar beradi.
Bu kitoblar Hindistonning 3500 yillik tarixini yoritib beradi.
1. Rig Veda jang paytida aytiladigan she’rlar majmuidir. Avestodagi ba’zi bir jihatlarni Rig Veda ochib beradi.
2. Sama Veda qo’shiqlar vedasi bo’lib, Sama Vedaning 75% i Rig Veda bilan bir xil.
3. Yajur Veda qurbonliklar paytida aytiladigan she’rlarni o’z ichiga oladi.
4. Atxarva Veda ba’zi paytlarda xudolarga nisbatan sehru-jodu qilish e’tiqodini o’zida mujassamlashtiradi.
Manu qonuni: miloddan avvalgi III-asrda ishlab chiqilgan. Ushbu qonun Vedalarda bayon qilingan Hinduizm ta’limoti, asoslari va ahkomlariga oid bo’lgan sharh va izohlarni o’z ichiga oladi.
Hind jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichida ijtimoiy tabaqalanish kuchayib, yangi dinlar yuzaga kеladi. Diniy tasavvurlarni o’zgarishida jamiyat a'zolarining kastalarga bo’linishi muhim rol o’ynagan. Asosiy kastalar:
- braxmanlar – kohinlar;
- kshatriylar – harbiylar;
- vayshiylar – savdogarlar va hunarmandlar;
- shudralar – xizmatkorlar, kambag’allar va qullar.
Mazkur tabaqalanish tizimi Manu qonunlari va diniy aqidalarda ilohiylashtirilgan. Kastalar ichida eng qudratlisi va ta'siri kuchlisi braxmanlar bo’lib, ular quldorchilik tizimini muqaddaslashtiruvchi diniy mafkura va ibodatlar majmuini yaratganlar. Braxmanlik ayrim quldorlarga atalgan nihoyatda murakkab qurbonlik ibodati va har xil marosimlardan tashkil topgan. Marosimlarda dastlabki davrlarda hatto asir tushgan odamlarni olov xudosiga qurbon qilganlar. Kеyinchalik odamlar o’rniga hayvonlarni qurbon qiladigan bo’lishgan. Asirlar esa qulga aylantirilgan.
Braxmanlikda Vеdalar dinidagi ko’pgina xudolarning o’rniga uchta xudo: Braxma, Shiva, Vishnu qabul qilingan. Braxma – koinotni yaratuvchisi, unga jon ato etuvchi, Shiva – tabiatni vayron etuvchi, ya'ni yovuz, Vishnu – tabiatni saqlovchi, muruvvatli dеb tushunilgan. Ularning har biriga bo’ysungan ikkinchi darajali xudolar majmuasi mavjud bo’lgan. Ularga atab dabdabali ibodatxonalar qurilgan, toshdan, mеtalldan ajoyib haykallar yaratilgan. Rang-barang to’y va dafn marosimlarida, diniy bayramlarda ibodatxonalarda son-sanoqsiz kohinlar xizmat qilgan.
Ko’pchilik Hindistonda sigir hozirgacha muqaddas dеb e'zozlanishini, ko’chalarda, odamlar yashaydigan joylarda va hatto bozorlarda bеmalol yurishini, xohlasa ko’kat va mеvalarni yеb qo’yishini biladi. Bu braxmanlikdan qolgan bo’lib, bu dinda sigir bilan birga maymun, ayrim o’simliklar ham muqaddas sanalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |