“Al-Jomi’ as-Sahih”
(Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda
shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan
keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan
oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda
berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini,
hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi.
Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan
so‘rashga majbur bo‘lardi.
Mana shunday og‘ir davrda Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobini 16
yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratib tartibli
ravishda jamladi.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan
yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Jumladan, “Fathul-Boriy”, “Al-
Kavkab ad-Daroriy”, “Irshodus-Sariy”, “Umdat al-Qoriy”, “Fayzul Boriy” va
boshqa ko‘plab sharhlarni misol qilib keltirish mumkin.
Bundan tashqari, Imom al Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” (Odob durdonalari),
“Birr ul-Volidayn” (Ota-onani hurmat qilish), “At-Tarix al-Kabir” (Katta tarix),
“At-Tarix al-Avsat” (O‘rtacha tarix), “At-Tarix as-Sag‘iyr” (Kichik tarix), “Al-
Jome’ al-Kabir” (Katta hadislar to‘plami), “Kitab al-Ilal” (Nuqsonli hadislar
kitobi), “Kitab al-Kunya” (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi yigirmadan ortiq
asarlarlari mavjud.
Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy
fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15
aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy
yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini
bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar
peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos
ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga
ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin.
Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi,
ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”.
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini
mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi.
Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib
hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb
vazifalaridan sanaladi.
Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda faqat Islom dini ta‘limotiga oid qoidalar aks
ettirilibgi-na qolmay, ular mehr-muhabbat, halollik-poklik, saxiylik, ota-ona,
kattalarga hurmat, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvat, mehnatsevarlik,
vatanga muhabbat kabi oliyjanob insoniy fazilatlar majmuasidir.
Hadislarda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik
lozimligi haqidagi zamonamiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katga tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, pandu-nasihatlar va o‘gitlar o‘z aksini
topgan.
2. «Al-Adab al-mufrad» (Adab haqida yagona kitob). Yuqorida zikr qilganimiz
payg‘ambarimiz (s.a.v.)-ning olti nafar tan olingan hadis olimlari to‘plagan
hadislarida axloq-odob masalasi asosiy o‘rinda turadi. Chunki musulmon bo‘lish
uchun eng avvalo yaxshi xulqli, odobli, insofli, pok va halol bo‘lish shart. Bu
borada payg‘ambar alayhissalom o‘zlari: «Men yaxshi va oliy axloqlilarni
kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborildim» deganlar.
Shuning uchun ham Imom Buxoriy o‘zining shoh asari «Jome as-sahih»da-gi
axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi.
Bu olimni qoniqtirmagandan keyin, butun Islom olamini yaxshi xulq va odobda
tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida bir
kitobga to‘plab, «al-Adab al-mufrad» nomli asarini yozdi. Kitob 644 bobdan
iborat bo‘lib, ularda 1322 hadis jamlangan. Bu asarda boshqa muhaddislar
kitoblarida uchramaydigan bir qancha hadislar ham berilgan. Asarning yana bir
qimmatli tomoni shuki, undagi hadislarni yozib olgan hadis rivoyatchilari
(isnodlar) boshqa muhaddislar isnodlariga nisbatan ancha ishonchli kishshgar
bo‘lgan.
«Al-Adab al-mufrad» qo‘lyozmalari Sharq va G‘arbning juda ko‘p kitobxonalarida
mavjud. U 1898 yili Hindistonda.1930 yili Qohirada. 1970 va 1980 yillari O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan ikki
marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267 bobi taniqli
islomshunos olim Shamsuddin Boboxonov tomonidan o‘zbek tiliga ag‘darilib,
1990 yili «O‘zbekiston» nashriyotida chop etildi. Tarjimada ba‘zi hadis-larga
izohlar ham berilgan.
«Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning
hurmatini joyiga qo‘yish, ayniqsa, qarigan chog‘ida ularni e‘zozlab parvarish
qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga
bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz.
Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey rasululloh,
men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?» deb so‘radim. «Onangga»— dedilar.
«Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar.
To‘rtinchi marta so‘ra-ganimda: «Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga»
dedilar. Abu Hurayra (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh; «Bolaning otasi
birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini
ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar.
Abu Bakr (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh: «Men sizlarga gunohlarning
eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh,
aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish»,
dedilar.
Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy
toʻqqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritilgan.
Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan
oltita ishonchli hadislar toʻplamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod
qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli
hammasi Markaziy osiyolik boʻlib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819
– 261/874), Abu Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy (209/ 824
– 279/892), Imom Abu Dovud
Sulaymon Sijistoniy (202/817
– 275/880), Imom Ahmad An-Nasoiy (215/830
– 303/915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (209/824 –
273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan “Hadis ilmida amir al-moʻminiyn”
degan sharafli nomga sazovor bo
ʻlgan Imom al-Buxoriy alohida eʼtiborga
molik buyuk olimdir.
Uning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-
Mugʻiyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy boʻlib, u hijriy hisobda 194 yil
shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan.
Boshqa koʻpgina olimlardan farqli oʻlaroq al-Buxoriy tugʻilgan sana aniq
koʻrsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil oʻz davrining ilmli odamlaridan
boʻlib, oʻgʻlining tugʻilgan kunini oʻz qoʻli bilan yozib ketgan qogʻoz
zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga
hech shubha yoʻq. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida
oʻsgan. U yoshligidan aql-idrokli, oʻtkir zehnli va maʼrifatga havasi kuchli
boʻlib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zoʻr qiziqish bilan egallaydi.
Manbalarda koʻrsatilishicha, u oʻn yoshidan boshlab oʻz yurtidagi turli
rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va
Vakiy kabi olimlarning hadis toʻplamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi
Shayx Dohiliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizgʻin bahslarda
qatnashgan. 825 yili oʻn olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan
Hijozga qarab yoʻl tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat
qilib, olti yil Hijozd
a yashab, hadis ilmidan oʻz bilimini yanada oshirish
maqsadida oʻsha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan
Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bagʻdod kabi shaharlarda yashab, u
joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham
taʼlim
oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm
toliblariga dars ham beradi. Imom al-
Buxoriy hayotining koʻp qismi xorijiy
ellarda, musofirchiliqda oʻtadi. Bu haqda uning oʻzi: “Misr, Shom,
Mesopatamiyaga ikki martadan,
Basraga toʻrt marta borganman. Hijozda olti
yil yashaganman, Bagʻdod va Kufa shaharlariga necha marta borganim
hisobini bilmayman”, degan ekan. U safar chogʻida ham, bir shaharda muqim
turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, toʻplagan hadislarini
oqqa koʻchirar edi. Muallifning yozishicha, Bagʻdodda istiqomat qilgan paytda
koʻpincha oyning nurida ijod qilib, qorongʻi kechalarda sham yorugʻida kitob
yozar ekan.
Ilm oshirish maqsadida al-
Buxoriy juda koʻplab olimlardan taʼlim oladi.
Nishopurlik al-Hakimning (1015 yilda vafot etgan) yozishicha, ustozlarining
soni toʻqsontalar atrofida boʻlib, ular: Muhammad ibn Yusuf al-Gʻaryobiy,
Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy
ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur boʻlgan Imom Isʼhoq ibn Ibrohim, Imom
Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardir.
Oʻz navbatida al-Buxoriy ham koʻpgina shogirdlariga ustozlik qilgan. Isʼhoq
ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy,
Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy,
Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi yetuk olimlar
uning shogirdlaridir.
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird,
ham safdosh hisoblanib, ularning oʻzaro munosabatlari ibratli boʻlgan. Uzoq
yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining
oxirlarida al-Buxoriy besh (863
– 868) yil Nishopurda yashab, madrasada
hadis ilmidan dars bergan. Oʻsha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng
yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli koʻp mashhur olimlar shu
shaharda toʻplangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham
Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis oʻrtasida
unutilmas, qizgʻin ilmiy bahslar, koʻpdan-koʻp ijodiy, doʻstona uchrashuvlar
boʻlib oʻtadi. At-Termiziyning yozishicha, u oʻz asarlari uchun koʻp
maʼlumotlarni al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-
Buxoriy ham at-
Termiziyning bilimini yuqori baholab: “Men sendan koʻrgan
foyda sen mendan koʻrgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan chuqur
hurmatini bildirgan. At-
Termiziy oʻz ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri
davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda boʻlgan. Arab tarixchisi
Shamsuddin az-Zahabiyning (1274
– 1374) “Tazkirat ul-Hufoz” (“Hofizlar
haqida tazkira”) nomli asarida yozishicha, at-Termiziy oʻz ustozining vafoti
tufayli qattiq qaygʻuga botib “koʻp yigʻlaganidan hatto koʻzlari koʻr boʻlib qolib,
uzoq yillar koʻzi ojiz holda yashadi”.
Imom al-
Buxoriy nafaqat yirik olim, balki oʻzining goʻzal xulq-atvori,
odamoxunligi, muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan
boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni oʻtkirligi va yodlash
qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida gʻoyat shuhrat qozongan.
Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd
qilingan.
Imom al-
Buxoriy xorijdan qaytgach, oʻz vatani Buxoroda koʻplab shogirdlar
va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashgʻul boʻladi. Koʻpchilik
uni hurmat qilgan, ammo baʼzi hasadgoʻy, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni
koʻrolmas edilar. Natijada hasadgoʻylarning xatti-harakati tufayli Buxoro amiri
Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi.
Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jomeʼ as-sahih”, “At-taʼrix”
kitoblarini oʻqib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni
hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak boʻlsa, oʻzi izlasin.
Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani uchun meni
kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, boʻhtonkor
shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi.
Shundan keyin al-
Buxoriy Samarqandga qarab yoʻl oladi va birmuncha
muddat Xartang qishlogʻida oʻz shogirdlari va qarindosh-urugʻlarinikida
yashagandan keyin ogʻir kasalga chalinib, hijriy 256 yil (melodiy 870 yil 1
sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Imom al-
Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan boʻlib, u
yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jomeʼ as-sahih”, “Al-
adab al-mufrad
”, “At-taʼrix as-sagʻir”, “At-taʼrix al-avsot”, “At-taʼrixal-kabir”,
“Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va
boshqalarni koʻrsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari,
shubhasiz, “Al-jomeʼ as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan
ham mashhur. Uning gʻoyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-
Buxoriygacha oʻtgan muhaddislar oʻz toʻplamlariga eshitgan barcha
hadislarini tanlab oʻtirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa
turli roviylardan eshitga
n hadislarni tabaqalarga boʻlib, ularning ishonchlilarini
ajratib, alohida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning taʼkidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan
ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta boʻlib,
takrorlanmaidigan holda esa 4000 hadisdan iborat.
Bu sharafli ishni birinchi al-
Buxoriy boshlab bergan boʻlib, keyin qator olimlar
unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar toʻplamini yaratganlar. Imom al-
Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil boʻldi, oʻsha
davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom taʼlimotida Qurʼondan keyingi
ikkinchi oʻrinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib
kelinmoqda. Imom al-
Buxoriyning ushbu asarining koʻplab nusxalari turli
shaharlarda tarqalgan. Hatto oʻrta asrlarda yashagan baʼzi adib va xattotlar
uchun bu asar nusxalarini koʻchirish tirikchilik manbai ham boʻlgan.
Jumladan, taniqli adib va tarixchi an-Nuvayriy (1332 yilda vafot etgan) al-
Buxoriyning ushbu asaridan sakkiz nusxa koʻchirib, har birini ming
dirhamdan
sotgan. 1325 yilda koʻchirilgan sakkiz jilddan iborat goʻzal bir
nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda. “Al-Jomeʼ as-sahih”ga koʻpdan-koʻp
sharhlar bitilgan boʻlib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham
qilingan. Imom al-
Buxoriy toʻplamlariga kiritilgan hadislar mehr-muhabbat,
saxiylik, ochiq koʻngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-
yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat,
mehnatsevarlik va halollikka daʼvat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va
namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani
qilish kerak, nimadan oʻzni tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli,
ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yoʻl-yoʻriqlar,
pand-
nasihat va oʻgitlar aks ettirilgan.
1974
yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari Diniy boshqarmasi
tashabbusi bilan jumhuriyatimizda butun islom dunyosi vakillari ishtirokida
allomaning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Uning shoh asarlari
hisoblanmish “Al-Jomeʼ as-sahih” va “Al-adab al-mufrad” kitoblari
Toshkentda qaytadan nashr qilinishi al-
Buxoriy merosini oʻrganishda katta
ahamiyatga ega boʻldi. Toshkentdagi diniy oliy maʼhadning Imom al-Buxoriy
nomi bilan atalishi bundan oʻn ikki asr muqaddam ilm-fan yoʻlida beqiyos
katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat-etiborning ramzidir.
Allomaning Xartang qishlogʻida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va
koʻrkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, islom ahli va barcha
mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhurdir. 1998 yilda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti formoni bilan buyuk hadisshunos
allomaning 1225 yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat
va ehtirom ila nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.
Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi-keddi
qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo‘lish haqidagi
hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. U
kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?» -
deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa singillaringga, aka-
ukalaringga va yaqin kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak
bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nomi o‘zi bilan «Adab durdonasi» adab
axloqning durdonasidir. 1200 yildan buyon Islom olamida insonlarda yaxshi
oliyjanob xislatlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, xizmat qilib, odamlarni
pok iymonli, e‘tiqodli, insofli bo‘lishga yo‘llab, yomon illatlardan saqlab
kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z qimmatini
yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi.
3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix).
4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix).
5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix).
6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir).
Al-Jome as-sahih
Ammo bunday bebaho durdonalardan Sho‘ro davrida xalqimiz butunlay
bebahra bo‘lib kelgani achinarli holdir. Mustaqillik tufayli dinimiz, iymon
e‘tiqodimiz qayta tiklandi. Imom Buxoriyning to‘rt qismdan iborat «Jome‘ as-
sahih» asari o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinib nashr etildi. U zoti sharif haqida
o‘nlab risolalar, yuzlab maqolalar chop etildi. Olimning Xartangdagi Sho‘ro
davrida tashlandiq holga aylantirilib, jamoa xo‘jaligi ombori, atrofida qarovsiz
chakalakzor bo‘lgan tabarruk maqbara va masjidi misli ko‘rilmagan darajada
ta‘mirlanib, yoniga o‘sha davr uslubida yangi masjid, minora va arklar barpo
etildi. Bularning hammasiga Prezidentimiz I.A.Karimov bevosita rahbarlik qildilar.
Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab turildi.
1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi
tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom
al-Buxoriy tavalludining 1200 yilligi nishonlangan edi. 1998 yidda Respublika
Vazirlar\ Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225
yilligi juda keng miqyosda nishonlandi.Imom al-Buxoriy jamg‘armasi tashkil
etildi.«Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi.Toshkentdagi oliy diniy
maktabga uning nomi berildi. Faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek xalqining
buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom
al-Buxoriy butun dunyoga qaytadan nom taratib, o‘z shu‘lasi bilan Islom ahlini
nurafshon etmoqda.
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba'zan
Imom al-Muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba'zan Amirul-
mo'miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn
Ibrohim ibn al-Mug'iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So'nggi ikki ismi (ibn
Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko'rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi
ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo'lib,
xususida manbalarda zikr qilinishicha, shaharning o'rab turgan devorlari o'ttiz
olti millga cho'zilgan. Shaharning obod va ko'rkamligi, uning benazir go'zalligi
xususida ko'plab shoirlar va fozillar o'zlarining nasriy va nazmiy asarlarida alohida
extiros bilan tarannum etganlar.
Mana shu muhtasham shahar - Buxoroi sharifda 194 hijriy sana shavvol
oyining 13 kunida salotul jum'adan keyin (810 milodiy sana 21 iyul) jami'
muhaddislarning imomi, hadis ilmining sultoni (amirul mo'm'inin fil hadis),
sayyidul fuqaho kabi ulug' laqablarga muyassar bo'lib, Payg'ambar
alayhissalomning muborak hadislariga durdonasimon sayqal berib, ularni abadul-
abad barhayot qilgan ulug' zot Imom al-Buxoriy dunyoga kelgan. Buyuk shoir va
mutafakkir Abdurahmon Jomiy buyuk muhaddisning ilmiy salohiyatiga yuksak
baho berib: "Batxa (Makka) va Yasrib (Madina)da yasalgan tanganing Buxoroda
sayqali kamoliga yetdi", deb yozgan edi. O'rta asrlarda tug'ilgan olimlar tavallud
etgan oylar, kunlar tugul manbalarda, hatto ko'pincha yillarida ham aniq bir sana
bo'lmay, xilma-xil yillar ko'rsatilgan hollari ko'p uchraydi. Imom al-Buxoriyning
tug'ilgan vaqti (kuni, oyi, yili)ning aniq keltirilishining boisi shundaki, uning o'zini
yozishicha, u tug'ilgan vaqt haqida otasi qo'li bilan yozib qo'ygan varaq unga,
zamondosh olimlarga yetib kelgan.
.
Imom al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, uning tarbiyasi faqat volidasi
kafolatida bo'lgan. Bir muncha ulg'ayib aqli raso bo'lgach, uning qalbida islomiy
ilmlarga, ayniqsa, Payg'ambar alayhissalomning muborak hadislarini o'rganishga
va yodlashga moyillik tobora kuchaya borib, u dastavval Ibn al-Muborak va
Vakiy'ning hadislarga oid asarlarini yod oladi.
Imom al-Buxoriyning kotibi, uning asosiy tasnifi "Sahih" asari roviylaridan biri
Abu Ja'far Muhammad ibn Abu Hotam al-Varroq shunday deb yozadi: "Al-
Buxoriyning: "Hadislarni yod olish ilhomi menga boshlang'ich maktabda
o'qiyotganimda kelgan edi", deb aytganini eshitganimda: "O'shanda necha
yoshda edingiz?" deb so'radim. U: "O'n yoshda, balki undan ham kichik edim",
deb javob bergandi". Bu misoldan ko'rinib turibdiki, Imom al-Buxoriy juda
yoshligidan boshlab hadislarni yod olib, bu ilmga alohida zavq-shavq va qiziqish
bilan qaragan.
Imom al-Buxoriyning ustozlari haqida gapiradigan bo'lsak, u eng avvalo o'sha
paytda Buxoroning taniqli muhaddislaridan sanalgan olim Ad-Doxiliydan hadis
ilmidan saboq olgan. Hadislarni o'rganish bo'yicha ushbu olim tashkil etgan
to'garak (halqa)ning shuhrati keng tarqalgan bo'lib, uning faoliyati yoyilib ulkan
samaralarga erishgan.
Imom al-Buxoriyning illatli hadislarni bilishdagi benazir mahorati, mukammal ilmi
va qobiliyati haqida uning zamondoshlari ko'p qimmatli fikrlarni bildirganlar.
Illatli hadislarga atab maxsus asar yozgan Imom at-Termiziy o'z asari "Kitob al-
Ilal"da: "Hadislar, roviylar, ular tarixlaridagi illatlar xususidagi fikrlarim Imom al-
Buxoriyning "Kitob at-Tarix" asaridan foydalanganlarim, ulardan yana ko'prog'ini
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy bilan qilgan ilmiy munozaralarim paytida
olganman, shuningdek, Abdulloh ibn Abdurrahmon, Abu Zur'adan ham
foydalandim-u, lekin baribir ko'prog'i Muhammad al-Buxoriydan, kamrog'i esa
Abdulloh bilan Abu Zur'adandir", deb ta'kidlagan. Yana Imom at-Termiziy: Illatli
hadislarni va isnodlarni aniq bilishda Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan ko'ra
ustun bo'lgan birorta olimni ko'rmadim", deb qayd qilgan.
Imom al-Buxoriy ishtirok etgan ilmiy majlislarning birida o'z zamonasining yetuk
olimlaridan sanalgan Al-Faryobiy sanadi quyidagicha bo'lgan bir hadis haqida
gapirib: "Sufyon Abu Urvadan, u Abul Xattobdan, u Abu Hamzadan", dedi.
Majlisda hozir bo'lganlarning birortasi ham Sufyondan boshqalarining kim
bo'lganligini aniq bilmadi, chunki bu o'rinda ularning faqat kunyalari (Abul
Xattob, Abu Hamza) aytilgan edi. Shunda Muhammad al-Buxoriy vazminlik bilan:
"Abu Urva - bu Muammar ibn Roshid, Abul Xattob esa Qatoda ibn Daoma, Abu
Hamza Anas ibn Molikdir. Buyuklarning ishlari inqilobiy tusda ulug'vor bo'lganligi
uchun ham ular faqat kunyalari bilan aytilganlar", dedi. Hadis rivoyatidagi
noqislik va ularning to'g'riligiga ishonch hosil qilish masalalari sahobalar davridan
boshlanib, o'sha paytdanoq hadislarni yozib olishda unga alohida e'tibor
berilgan. Chunonchi, sahobalarning o'zlari rivoyat qilgan hadislarda ham illatli
hadislar uchragan hollari aniqlangan edi.Payg'ambar vafotlaridan keyin vaqt
jihatidan muddat kam o'tganligi, hadislarni naql qilishda vositalarning ozligi
tufayli boshda unga ehtiyoj unchalik katta bo'lmagandi.Rivoyatda ishtirokchilar
soni ko'payib, vaqt o'ta borgan sari roviylarning illatini aniqlash masalasiga
yanada zarurat kuchaydi.Hadis ilmida ham, muhaddislar orasida ham bu masala
muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Hadis roviylariga nisbatan alohida diqqat-e'tibor, chuqur munosabat bilan
qaralib, har xil uslub-u qoidalar yaratildi, masalan, qaysi holatlarda
zamondoshlarning illati qabul qilinmaydi, qaysi bir holatlarda qabul qilinadi kabi
aniq yo'l-yo'riqlar ishlab chiqildi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hadislarda illat
masalasi muhim ahamiyat kasb etib, u bilan shug'ullanadiganlardan o'ta diyonatli
va taqvodorlik, qobiliyat talab qilinadi. Imom al-Buxoriy bu sohada o'ziga asosiy
dasturul-amal qilib olgan ehtiyotkorlik maslagi u diyonat, iymon-ixlos va
xudojo'ylikda yuksak darajaga erishganligini ko'rsatadi.
Illatli hadislar haqidagi Imom al-Buxoriyning mulohazalari juda mutavoze' va
odob-axloq yuzasidan bo'lib, "uni shunday qoldirganlar" (tarakahu), "u tashlab
ketilgan" (matruk), "tushirib qoldirilgan"(soqit), "bu haqda o'zgacha bir fikr-
mulohaza ham bor", "bu xususda avval o'tganlar hech narsa demaganlar" va
shunga o'xshash beozor, oddiy va samimiy iboralardan tashkil topgan. Juda
kamdan-kam hollarda Imom al-Buxoriy biron odamga nisbatan "u ichidan o'ylab
chiqqan" yoki "kazzob", demasdi, illatli hadislar masalasida Al-Buxoriy ishlatgan
eng qattiq ayblov "hadisning inkor qiluvchi" ("munkir al-hadis"), degan ibora
bo'lardi. Hadis ilmida shu qoida odat tusiga kirdiki, agar Imom al-Buxoriy biron
roviy haqida "u munkir al-hadis", desa, undan hech vaqt hadis rivoyat
qilinmasdi. Bu xususda Ibn al-Qatton Imom al-Buxoriyning ushbu so'zlarini
keltiradi:"U (Al-Buxoriy) unga har qanday kishi haqida u munkir al-hadis", degan
bo'lsa, tamom, undan hech vaqt hadis rivoyat qilinmaydi", degan.
Imom al-Buxoriy ustozlarining soni ko'p bo'lib, ulardan birining ismi "Musaddid"
(lug'aviy ma'nosi "to'g'ri yo'lga boshlovchi") edi. Al-Buxoriy unga qattiq ishonib:
"Musaddid - o'z ismiga monand to'g'ri yo'lga boshlovchidir. Kitoblarim o'zimda
bo'ladimi yoki unda bo'ladimi, menga farqi yo'q", deb doimo takrorlar edi.Ushbu
ta'kiddan ayon bo'layotirki, Imom al-Buxoriy o'z kitoblarining muhofazasiga
alohida ahamiyat bergan.U bu masalaga bamisoli hadis rivoyatiga e'tibor
bergandek alohida e'tibor bilan qaragan.Shuningdek, ular qanday odamlarning
qo'lida saqlanishiga ham jiddiy qaragan.O'z kitoblarini har qanday kimsaning
qo'liga tushib qolishiga befarq qaramagan.
Imom al-Buxoriy o'zining butun faoliyati davomida ham ilmiy, imkoni bo'lsa,
moddiy jihatidan odamlarga, ya'ni Allohning bandalariga biror naf yetkazishni
o'zining asosiy maqsadi qilib qo'ygan edi.U doimo ilm ahllari-yu, ilm toliblariga,
hatto ustozlar (ash-shuyuh) va muhaddislarga ham moddiy yordam ko'rsatardi.
Tijorat qilganda har safar o'zi ko'rayotgan oylik daromadidan, ya'ni foydasidan
besh yuz dirhamni faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflardi. Tolibi ilmlarga
ma'lum mablag'lar (maoshlar) ajratib, ularni alohida qiziqish, zavq-shavq bilan
Payg'ambar alayhissalom ilmlarini (hadisi shariflarini) o'rganishga
rag'batlantirardi, ahli ilmga nisbatan g'oyatda ko'p ehson ko'rsatardi. Ayni vaqtda
Imom al-Buxoriy o'z shaxsiy hayotida, yeyish-ichishda va kiyinishda sira ham
ortiqcha dabdaba va behuda sarfu-xarajatlarga yo'l qo'ymasdi, sabr-toqat va
qanoat, chidamlilik uning uchun odat tusidagi tabiiy bir hol edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |