5. Siyosiy iqtisodiyot
Aytib o‘tilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb baho berganimizdagina, hukumatning aralashishi va vaziyatni yaxshilashi o‘rinli bo‘lishi mumkin. Faol hukumat tarafdori bo‘lishdan oldin, biz uning nomukammal tashkilot ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatning qanday ishlashini iqtisodiy metodlar orqali o‘rganadi. Kondorset ovoz berish paradoksi Ko‘pgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib borishadi. Masalan, shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan bo‘lsa, park eng ko‘p ovoz olgan joyda shu quriladi. Shunga qaramay, ko‘pgina siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan ko‘p bo‘ladi va park qurish muammosiga to‘grilaydigan bo‘lsak, qurish mumkin bo‘lgan joylar juda ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, 18-asrning mashxur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib o‘tganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman, deb muammolarga yuz tutishi mumkin. Masalan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3 xil natija bor: A, B va C, yana jadvalda ko‘rsatilganiday, o‘z afzalliklariga ega bo‘lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning shahar hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida ko‘rib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak? Birinchi bo‘lib u juft natijalarni ovozga qo‘yishi mumkin. Agar u B va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikka ega. Agar u A va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikka ega. Natijalarga nazar tashlansa, A Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak, A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikga ega bo‘lgan hohishi. Lekin, tasavur qilingki keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni tanlashni so‘rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishsa, C bu holatda ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa A dan ustun. Odatda biz afzalliklarning ketma-ket (transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ning C dan ustunligini ko‘rsatadi. Kondorset paradoksi esa aynan shu hususiyatlarni demokratik yo‘l bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda jamiyat uchun ketma-ketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning holatimizda bu noto‘g‘ri yo‘ldir. Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikning tuzilishi, berilgan ovozlar natijasiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo‘lib ovozga A va B ni qo‘ysa va keyin yutganini C bilan ovozga qo‘ysa, C g‘olib chiqadi. Ammo birinchi bo‘lib B va C ovozga qo‘yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qo‘ysa, A yutadi. Va shunga o‘xshash hollar, birinchi A va C, keyin esa B bo‘lsa, shahar B ni tanlaydi. Kondorset paradoksi ikki xulosaga ega. Birinchisi, muammo ikkidan ortiq natijaga ega bo‘lsa, ketma-ketlikning qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning yakuniy natijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, o‘zi ovoz beruvchilarning asosiy qismi(ko‘pchilik) bizga jamiyatni rostdan nimani istashini aytib bermaydi.
JADVAL
3 tur
2 tur
1 tur
Kondorset paradoksi
Saylovlar foizi
Birinchi tanlov
Ikkinchi tanlov
Uchinchi tanlov
kondorset paradoksi Agar ovoz beruvchilarda A, B va C chiquvchilar ustidan shunday ufzalliklarga ega bo’lsa, unda A Bdan ustun keladi, B, Cdan ustun keladi va C , A dan ustun keladi.
Arrovning imkonsizlik teoremasi Siyosatchilar Kondorset paradoksini bilishganidan so‘ng, mavjud ovoz berish sistemasi va ularning yangilarini o‘ylab topish ustida ko‘pgina tadqiqot ishlarini olib borishdi. Masalan, hokim juft natijalarni tanlash usuli o‘rniga natijaga baho usulini qo‘llasa bo‘ladi. Bu usulda, har bir ovoz beruvchi eng yoqmagan natijasiga 1 ball beradi, eng yoqmaganidan bitta oldin turadiganga 2 ball, undan yana bitta oldin turadiganga 3 ball va davom etaveradi. Ovoz berish yakunida jami eng ko‘p ball yig‘gan natija yutib chiqadi. Jadvalda ko‘rsatilganiday, B ballar hisobi bilan eng ma’qul natija deb topiladi. Bunday ovoz berish usuli 18 asrda yashagan fransuz matematigi va siyosiy teoretigi Bordaga tegishli bo‘lib, “Borda sanog‘i” deb ataladi. Bu usul odatda sport komandalariga ovoz berishda qo‘llanadi.
1951-yil ingliz iqtisodchisi Kenet Arrov, “mukammal ovoz berish usuli mavjudmi?” degan savolni o‘zining “Ijtimoiy tanlov va individuallarning qadriyatlari” kitobida yozib o‘tgan. Kitob Arrovning mukammal ovoz berish usuli qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi fikri bilan boshlangan. U individuallarning jamiyatda ustunlikka ega bo‘lgan afzalliklari bor deb faraz qiladi. Va u jamiyatni ovoz berish usuli bilan bir necha shartlarni qondirishi kerakligini faraz qiladi: Yakdillik: barcha A ni B dan ustun ko‘rsa, A B ni yutishi. Ketma-Ketlik: A Bdan ustun, B Cdan ustun, va A C dan ustun bo‘lishi. Bog‘liq bo‘lmagan alternativlarning erkinligi: Baho berishda, A va B ning tanlovi, uchinchi (C) natija borligiga bog‘liq bo‘lmasligi zarur. Diktatorlarning bo‘lmasligi: boshqalar xohish istagiga ta’sir ko‘rsata oladigan odam bo‘lmasligi zarur. Yuqoridagilarning barchasi istalgan shartlardek tuyuladi. Lekin Arrov, matematik va rad qilib bo‘lmaydigan yo‘llar bilan bunday shartlarning barchasini qondiradigan ovoz berish usuli mavjud emasligini isbotlab beradi. Bu xulosa Arrovning imkonsizlik teoremasi” deb ataladi.
Matematiklar Arrovning teoremasini isbotlashlari bu kitob mavzusidan chetroq, lekin biz teorema nima uchun to‘g‘riligini bir nechta misollar orqali ko‘rishimiz mumkin. Biz ko‘pchilik qoidasi muammosini ko‘rdik va Kondorsetning paradoksi bu qoidaning noto‘g‘ri ekanligini natijalar orasida ketma-ketlik yo‘qligi bilan ko‘rsatdi. Yana bir misol, Borda muvafaqqiyatsizliklarni, erkin bog‘liq bo‘lmagan alternativlarni qondirish uchun deb biladi. Bordaning usuli qo‘llanganida, B ni 1 jadvalda yutib chiqishini ko‘ramiz. Lekin, faraz qiling, C alternativ sifatida birdan yo‘q bo‘lib qoladi. Shunda Borda usulida sanalsa yana bir alternativi mavjud bo‘lmagan A va B ni solishtiradi, va bu holda A yutib chiqadi. Shuning uchun ham C ning olib tashlanishi baholashga tasir ko‘rsatadi. Buning sababi, baholash usulida qanchalik ko‘p alternativlar bo‘lsa, ular yig‘gan ballar ham shuncha katta bo‘ladi. Arrovning imkonsizlik teoremasi juda chuqur va chigal natijadir. Unda demokratiyaning, hukumat tuzulishi sifatida yomonligi yozilmagan. Ammo teoremada individuallarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda qilinadigan barcha ovoz berish sistemalari, noto‘g‘ri jamiyat mehanizmi deb ta’kidlanadi.
Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish ko‘pchilik jamiyatlarda o‘z yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatning o‘rganib chiqishdagi keyingi qadam, bu hukumatni ko‘pchilik boshqaruvining ko‘rib chiqishdir. Demokratik jamiyatda qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi. Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga o‘xshash ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchining o‘ziga yarasha mablag‘i mavjud va u natijalar orasidan o‘ziga eng ma’qul bo‘lgan natijani tanlaydi. Va shu tariqa biz ovoz beruvchilarni katta va kam mablag‘ ajratuvchilarga bo‘lsak bo‘ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablag‘ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar bo‘yicha demokratiya qanday natijani ko‘rsatadi? Mashxur tadqiqot natijasi o‘rta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablag‘ ajratuvchilarning o‘rta mablag‘ ajratadigan ovoz beruchilariga tegishli bo‘ladi. Ular o‘rta ovoz beruchi taqsimotning qoq o‘rtasida joylashgan bo‘lishadi. Olgan misolimizda taqsimot oxiri yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab ko‘ring. Siz ularning 10 milliard dollar ajratishayotganini ko‘rasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak o‘rta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng ko‘p uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir. O‘rta ovoz beruvchi ustunlikka ega, chunki ular ustunlikka egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablag‘lilar va 10 mlrd. dan kamini xohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd. o‘rniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10 mlrd. dan ortiq bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd. ga tushishadi va o‘rta ovoz beruvchi bo‘ladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan 10 mlrd.dan kam bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd.ga ko‘tarilishadi. Bularning ikkisida ham ko‘rib chiqqanimizday o‘rta ovoz beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qilishadi.
Budjetnning tasdiqlangan miqdori (milliardda)
O’rtacha ovoz beruvchi teoremasi: misol uchun
Bu rasm qay darajada 100 saylovchining afzal budjetlarini 5 varianti orasida taqsimlanishini ko’rsatadi, 0 dan 20 mlrd. $ oralig‘ida o’zgartiradi. Agar jamiyat ko’pchilik saylovchi o’rtasida tanlov qilsa (kimki bu yerda 10 mlrd. $ni afzal ko’rgan) ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini belgilab beradi.
Odamlar soni
Rasm
Kondorset ovoz berish paradoksi haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, yuqoridagi holatda har bir odam bir paytda qatorda o‘zining ajrata oladigan mablag‘iga ega va bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. O‘rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi qolganlarnikidan ustun. Bu teoremaning bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya o‘rta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini ko‘paytirishga intilganida sodir bo‘ladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan bo‘lsak, Demokratlar 15 mlrd.liklar tarafdori bo‘lib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd.liklarni tarafdori bo‘lib chiqdi. Yuqorida ko‘rganimizday, o‘rta ovoz beruvchilar (10mlrd) ko‘pchilikni tashkil qilishdi va Demokratlar o‘zining 15 mlrd.ni 10 mlrd.ga tushiradi. Hayotda ham huddi shunday, siyosiy partiyalar o‘rtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi. Yana bir holat mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarning ikki xili mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni hohlovchilar 40%, va pulni umuman sarflanishini hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o‘rta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompaniyasiga kelish o‘rniga, ko‘pchilik qoidasi qollaniladi va o‘rta ovoz beruvchilar har doimgiday o‘zi istaganiga erishishadi.
Iqtisodisodchilar iste’molchilar xulqini o‘rganganida, ular haridor o‘ziga eng katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki hizmat turini tanlaydi, deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o‘rganadigan bo‘lsa, u firmalarni eng katta daromad olib keladigan xizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi, deb faraz qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, iqtisodisodchilar siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib o‘rganishadi? Siyosatchilar ham o‘z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va tinchligini o‘ylab yashashadi va tenglikka harakat qilishadi, deb faraz qisak yaxshi bo‘lardi. Yaxshi bo‘lardi-yu, ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar kabi siyosatchilar uchun o‘zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar yana bir bor saylanish umidida xalqqa jon kuydirib harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab nafsdir. Agarda bunga qarshi bo‘lsangiz, dunyoning qashshoq davlatlariga nazar tashlang va u yerda korrupsiyaning oddiy holga aylanib qolganini ko‘rasiz.
qIqtosdiyot odamning xatti-harakatini o‘rganadi, lekin bu o‘sha tasdiqni qiluvchi yagona soha emas. Ijtimoiy fan psixologiyasi odamlar hayotlarida qiladigan tanlovlarga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot va psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda davom etadi, chunki ular turli savollar doirasiga o‘z e’tiborlarini qaratishgan. Lekin oxirgi paytda iqtisodchilar asosiy psixologik qarashlarni, tushuntirayotgan hulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo bo‘ldi. Keling ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida u “Homo ekonomicus” deb ataladi. Bu tur a’zolari har doim ratsionaldir. Firma menejeri sifatida foydani, iste’molchi sifatida naflilikni maksimallashtiradi. Ular duch keladigan to‘siqlarni inobatga olib, ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng munosib yo‘lni tanlaydilar. Haqiqiy insonlar Homo sapienslardir. Garchi ular ko‘p jihatdan ratsional insonga o‘xshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar ancha murakkab hisoblanadi. Ular ta’sirchan, sarosimaga tushuvchi, emotsional va kaltabin bo‘lishadi. Odam fikr yuritishidagi bu kamchiliklar psixologlar uchun asos bo‘lib hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan. Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan bo‘lib o‘rgangan Gerbert Simon odamlarga ratsional maksimalistlar sifatida emas, balki qoniquvchilar sifatida qarashni taklif qilgan. Har doim eng yaxshi yo‘nalishni tanlagandan ko‘ra, ular shunchaki yaxshi bo‘lgan qarorni qabul qilishadi. Shuningdek, boshqa iqtisodchilar odamlar faqat “ratsionalga yaqin” yoki ular cheklangan ratsionallikka ega, deb taxmin qilishadi. Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari ular qiladigan doimiy xatolarni ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar: O‘ziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta savollar berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, Shimoliy Amerikadagi eng baland tog‘ning balandligi va hokazo… Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor berishadi. Tasavvur qiling, siz X markadagi mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan ko‘rib chiqilgan Xaridor Hisobotini o‘qiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi bor do‘stingiz yoniga borasiz va u sizga bu mashinasi bo‘lmag‘ur ekanini aytadi. Do‘stingizning fikriga qanday munosabat bildirardingiz? Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat sizning sinov ko‘rsatkichlaringizni 1000 tadan 1001 taga ko‘paytirganiga tushinib yetasiz. Lekin do‘stingizga ishonganingiz bo‘lgani uchun siz qaror qabul qilishda bunga ko‘proq e’tibor berasiz.
Fikrlarini oz’gartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar o‘zlari allaqachon ega bo‘lgan fikrlarini isbotlab berishga o‘rganib qolishgan. Bir kuzatuvda subyektlardan jinoyatchiga o‘lim jazosi berilishi kerakmi yo‘qmi degan kuzatuv hisobotlarini o‘qish va unga baho berish so‘raldi. O‘qib bo‘lishgach, boshidanoq o‘lim jazosini tanlagan insonlar ham boshidanoq o‘lim jazosiga qarshi bo‘lganlar ham o‘zlarining fikrlarida qolishgan…. Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida o‘ylang. Bulardan ba’zilarini ko‘rsatib bera olasizmi? Ahloqiy namuna 401(k) rejasini ya’ni ba’zi firmalar o‘z ishchilariga taklif etadigan pensiya fondi solig‘ini o‘rganishda yuzaga keladi. Ba’zi firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani to‘ldirish orqali tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda esa ishchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishadi va anketa to‘ldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu ko‘pchilik ishchilar 1-holatdan ko‘ra 2-holatda qatnashishni ko‘rsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar bo‘lishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan bo‘lardilar.
Insonlar fe’l-atvorini tushunishda ultimatum-o‘yin deb ataluvchi tajribani misol qilib ko‘rsatamiz. O‘yin bunday bo‘lsin: 2 nafar ko‘ngillilarga (bir-biriga mutlaqo begona bo‘lgan) bir o‘yin o‘ynash va umumiy holda 100$ yutib olishlari mumkinligi aytiladi. O‘yin ko‘ngillilarni A o‘yinchiga va B o‘yinchi rollariga belgilash uchun tanga tashlash bilan boshlanadi. A o‘yinchining vazifasi 100$ ni o‘zi va boshqa ishtirokchi o‘rtasida taqsimlashni taklif etishdir. A o‘yinchi o‘zining taklifini bildirganidan so‘ng, B o‘yinchi bunga rozi bo‘ladimi yo‘qmi qaror qiladi. Agar B o‘yinchi taklifni rad etsa, ikkala o‘yinchi ham hech narsasiz qolishadi. Ikkala holatda ham o‘yin tugaydi. Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima qilishingizni o‘ylab ko‘ring. Agar A o‘yinchi bo‘lganingizda 100$ni qanday bo‘lishni taklif etardingiz? Agar B o‘yinchi bo‘lganingizda qanday taqsimotga rozi bo‘lardingiz? Odatdagi iqtisodiy nazariyalar bu vaziyatdagi ratsional odamlarni yirik maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga olib keladi: A o‘yinchi o‘zi 99 $ va B o‘yinchi 1 $ olishini taklif etishi va taqsimotga rozi bo‘lishi lozim. Bitta taqsimot bajarilgandan so‘ng, B o‘yinchi toki undan nimadir olishni bilsa, uni qabul qilishga imkoni mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari A o‘yinchi taqsimotga rozi bo‘lish B o‘yinchining foydasiga ekanini biladi va A o‘yinchida 1 $ dan ko‘p taklif qilishga sabab yo‘q. O‘yin nazariyasining tilida (17-bobda yoritilgan) 99-1 taqsimot bu Nash muvozanati hisoblanadi.
Xulosa
Biz bu bobda mikroiqtisodiyotning chegaralarini o‘rgandik. Sezgan bo‘lsangiz kerak, biz bu fikrlarni to‘liq mazmuunini yoritishdan ko‘ra xomaki qilib o‘rgandik. Buning sababi siz bu mavzularni katta kurslarda atroflicha o‘rganishingiz mumkin. Boshqa sababi esa bu mavzular haligacha faol izlanishlar doirasida va shu sababli to‘liq o‘rganilmagan.
Bu mavzularni umumiy suratda ko‘rish uchun 1-bobdagi iqtisodiyotning 10 ta tamoyiliga murojaat qilamiz. Birinchi tamoyil bu bozorlar-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning yaxshi usuli. Boshqa tamoyil bu davlat ba’zida bozorlar ahvolini yaxshilashi mumkinligini bildiradi. Iqtisodiyotni o‘rganganingiz sababli siz bu tamoyillarni naqadar to‘g‘riligini va u bilan birga bo‘lgan ehtiyotkorlikka ham to‘liqroq baho berasiz. Assimmetrik xabarlar sizni bozor natijalariga ehtiyotkorroq bo‘lishingiz lozimligini ko‘rsatadi. Siyosiy iqtisodiyot ta’limi sizni hukumat qarorlariga ehtiyotkor qilishi lozim. Iqtisodiy moyillik esa sizni bozorni ham hukumatni ham o‘z ichiga oluvchi insonlar qarorlariga tayangan muassasalardan ehtiyot qilishi lozim.
Agar bu yerda barcha mavzular to‘plami bo‘lsa, hayot chigal bo‘lib qoladi. Axborotlar ham, hukumat ham, insonlar ham kamchilikka ega. Albatta, siz buni iqtisodiyotni o‘rganishingizdan avval bilgansiz, lekin iqtisodchilar ularni o‘rab turgan dunyoni o‘zgartirishmoqchi va tushuntirib bermoqchi bo‘lsalar bu kamchiliklarni aniqlashlari lozim.
Ko‘pchilik iqtisodiy jarayonlarda xabarlar assimetrik hisoblanadi. Agar yashirin harakatlar yuz berganda prinsipiallar qo‘l ostidagilari boshlaridan kechirayotgan axloqiy xavfdan xavotirlanishi mumkin. Agar yashirin harakatlar bo‘lsa sotib oluvchida sotuvchilar tanlovi muammosi vujudga keladi. Xususiy bozorlar ba’zida assimetrik xabarlarni signal va tekshirish bilan ulashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |