Kapitalning jamg’arilishi. Ko’p texnologik takomillasuv qo’shimcha kapital tovarlarini talab qiladi. Bozor tizimi kapital tovarlarga talabni oshishi hisobiga mahsulotlarni o’shanday tovarlarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslar bilan ta’minlaydi. Ya’ni, bozor tizimi ham iste’mol ham kapital tovarlarga talab bor ekanini biladi. Ammo kapital tovarlarga bo’lgan talabni kim belgilaydi?
Javob: korxona egalari va tadbirkorlar. Foydali daromatga ega bo’lganligidan, ular o’sha daromatni bir qismini kapital tovarlari ishlab chiqarishga sarflaydi. Agar texnologik innovatsiyalar muvaffaqiyatli bo’lsa, bunday yo’l tutish kelajakda foydali daromatni yanada ko’paytiradi. Shuningdek, stavkalarni to’lash yoki aksiyalarni sotib olish orqali firma yoki korxona daromatni ba’zi qismini ko’proq kapital tovarlarga talabni oshirishga asrab qo’yadi.
“Ko’rinmas Qo’l” nazariyasi. Adam Smit. 1776 yilda yozgan Millatlar Boyligi kitobida ilk marotaba bozor tizimini boshqaruvi shahsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi ajoyib bog’liqlik yaratisgini aytib o’tgan edi. Firmalar va resurs ta’minotchilari o’zlarining shahsiy ehtiyojlarini oshirib va yuqori sur’atdagi raqobatdosh bozor tizimi doirasida harakatlanib, ayni paytda, go’yo “ko’rinmas qo’l” tomonidan boshqarilayotgandek, umumiy va ijtimoiy manfaatlarini yuzaga chiqaradilar. Masalan, ko’rib chiqdikki, raqobat sharoitida, korxonalar foydani oshirish maqsadida yangi va talabgor mahsulotlarni ishlab chiqaradilar. O’sha ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamiyat farovonligini oshiradi. Yana ular muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda eng kamharj resurslardan foydalanadilar chunki bunda qilish, ularning shahsiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Aks holda, korxona bankkrotga yuz tutishi mumkin. Ammo, ayni paytda, tanqis resurslardan eng kamharj foydalanish ijtimoiy manfaatlar yuzasidan ham yuzaga keladi. U resurslardan jamiyat uchun kerakli bo’lgan mahsulotni ishlab chiqish orqali ularni sarflaydilar. Raqobatbardosh bozor tizimi orqali boshqariladigan va yuzaga kelgan shahsiy ehtiyoj jamiyat ehtiyjidagi o’zgarishlarga to’liq mos kelishni ta’minlab beradi. Yo’qotishlarga chap berib, foydani ko’zlagan korxonalar va katta pul daromatini ko’zlayotgan resurs ta’minotchilar resurslarni taqsimlanishidagi o’zgarishlarni kelishib oladilar va jamiyatni ehtoyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Raqobat huddi shunday shahsiy ehtiyojni avtomatik holda boshqaradi va o’zlari xohlamagan tarzda jamiyatning eng maqbul manfaatlarini jadallashtiradilar. Ko’rinmas qo’l firmalar foydalarini oshirganda va resurs ta’minotchilari daromatlarini ko’paytirganda, bu guruhlar, shunigdek, jamiyatni foyda va daromatlarini ham oshiradilar. Quyida bozor tizimining ushta asosiy afzalliklarini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |