Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
55. Mehnat unumdorligi va uni belgilovchi omillar.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proq qiymat yaratilishiga imkon beradi.
56. Mulk subektlari va mulk obektlari
Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.
. Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari - mulk obyektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
57. Mikro va makro iqtisodiet tushunchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |