Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida jamoaga
birlashgan kishilar tomonidan nioddiy va ma’naviy boyliklarni
hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat
mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to ‘lab korxona
qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo
bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab
chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas,
balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o ‘rin tutadi.
Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki
oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli
asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida
ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan
mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi
yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk obyektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli, uylar,
transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or, shaxsiy iste’mol
buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli
ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot hamda
boshqalar bo‘lishi mumkin
Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma
mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltimvchi mulkdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida
(7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish,
undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb
ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning
miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi,
o‘zining -ijobiy va salbiy tomonlariga ega
33. O‘zbekistonda milliy pul so‘mining muomilaga kiritilishi va uning ahamiyati. Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.[1] 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir.
2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3].
2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan oʻn ming soʻmlik banknotning namunasi va dizaynini maʼqullagan, bankka oʻn ming soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, banknot tavsifini OAVda eʼlon qilish yuklangan[4].
34. Monopoliya nazariyasi. Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi.Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi*1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati»2, deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki *har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.3
«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.
35. Bozor iqtisodiyotining belgilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |