Xulosa va takliflar Bozor mexanizmi o'z-o'zini sozlash uchun muhim potentsialga ega, ya'ni maqbul holat, bozor muvozanatiga intilish. Ba'zi tovarlarga talabning sezilarli darajada oshishi bilan narxlarning ko'tarilishi bozor iqtisodiyotida juda keng tarqalgan hodisa. Keyinchalik ushbu mahsulotlar ta'minotini oshirish odatiy holdir. Oddiy ishlaydigan iqtisodiyotda tovar narxining o'sishi talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni faqat qisqa muddatda o'rnatadi va uzoqroq muddat ichida narx ko'tarilgan tovarni ishlab chiqarish (taklif) hajmini oshirish orqali erishiladi. Taklifni oshirish bozor muvozanatiga erishishning asosiy usuli hisoblanadi. Shuning uchun rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar narxining ko'tarilishi doimiy bo'lishi mumkin emas, bu inflyatsiyaning minimal darajasini va iqtisodiyotning ijtimoiy yo'nalishini ta'minlaydi.
Bozor diqqatga sazovordir, chunki muvozanatdan har qanday og'ish bo'lsa, u unga qaytishga intiladi. Qondirilmagan talab sharoitida ham, ortiqcha taklif sharoitida ham bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lib, ular bozorni muvozanatga keltiradi.O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.Bu maqsadlar yo’lida biz bozor muvozanatini ta’minlashimiz talab va taklifni bir biriga chambarchas bog’liqligidan foydalanib, davlatning bozorga qisman aralashishi va uni tartibga solishi natijasida iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga harakat qilishimiz darkor. Bozor muvozanati biz yuqorida takrorlaganimiz talab taklif narx va raqobat kabi mikroiqtisodiy inflatsiya, ishsizlik va valyuta kursi kabi makroiqtisodiy omillarga bog’liq. Ana shu omillarimizni boshqara olsak uni tartibini ta’minlasak biz juda kata yutuqqa erishamiz. Xo’sh buni qanday amalga oshiramiz buning uchun biz ishlab chiqarish quvvatimizni oshirishimiz YaIM ni oshirish orqali erishamiz tadbirkorlik va biznesga keng yo’l ochish orqali erishamiz. Bu yo’lda juda ko’p loyihalar amalga oshirilmoqda bugungi kecha kunduzimizda. Va fikrimcha biz bundanda ko’p ishlarni amalga oshirishimiz taqbirkor va biznesmenlarga keng yo’llar ochishimiz kerak. Endi faoliyatini boshlaydigan korxonalarga soliq va boshqa imtiyozlar berishimiz kerak.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish dеganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun chеklangan ishlab chiqarish rеsurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kеlib chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; rеsurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy tеbranishlar vujudga kеltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bеvosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bеvosita ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlarini bеvosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mеhnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.