boshlang’ich
qiymat bo’yicha
- asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan
xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini
foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni
keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu,
korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu
haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Fan-texnik taraqqiyoti natijasida asosiy fondlarni ishlab chiqarish shartlari
va omillari ham o’zgarib bormoqda, binobarin, joriy bozor baholari va tariflari
bilan bog’liq ravishda ularni ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgarib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |