Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi” mavzusidan



Download 0,78 Mb.
bet14/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#250949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
2 5283067210124757915

Ko‘rgazmali iste’mol samarasi bu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatan yuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan.
2.2. Bozor muvozanatini uyg'unlashtirish.

2.2.1. Bozor muvozanati va manfaatlarni uyg‘unlashtirish


Agar talab ehtiyoj bo'lsa, taklif ishlab chiqarish imkoniyatini bildiradi. Bozor uchun eng maqbul holat talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning ta’minlanishidir, chunki shundagina iqtisodiyot bir maromda rivojlanadi. Muvozanat holati talab bilan taklifni tenglashib, bir-biriga mos kelishini bildiradi, bunga narx vositasida erishiladi. Talab va taklif muvozanatlashuvini quyidagi chizmadan ko‘rsak bo‘ladi


5-rasm. Bozor muvozanati
Chizmaga ко'га, 5 birlikka teng narx boiganda (P=5) 50 dona tovar sotilgan (Q=50). Shunda CD talab egri chizig‘i bilan AB taklif chizig‘i M nuqtada kesishgan. Shu nuqta muvozanat nuqtasi hisoblanadi. Bozor 50 dona tovarni 5 birlik narxda qabul qilgan. Shuni nazarda tutib bozorga 50 dona tovar chiqarilgan. Agar taklif bundan qisqa bo'lganda KMN shaklida ifodalangan tovar defitsiti, ya’ni taqchilligi hosil boiar edi.

Bunda talab qondirilmay qolar edi. Bordi-yu taklif 50 donadan ortib ketsa EMF shaklidagi tovar ortiqchaligi hosil bo‘lar edi. Birinchi holda tovar keragidan kam ishlab chiqarilib, bozor to'yinmay qolgan bo‘lsa, ikkinchi holda tovar keragidan ortiqcha ishlab chiqarilib, tovar sotilmay qoladi, natijada uni ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish sarflari zoye ketadi. Bozorda hosil bo‘lgan talab va taklif muvozanati shuni ko'rsatadiki, bozor ma’lum paytda ma’lum miqdordagi va muayyan narxdagi tovarni qabul qila oladi. Ishlab chiqaruvchilar shu bilan hisoblashishlari zarur bo'ladi.

Bozor muvozanati qotib qolgan holat emas. Unga statika (o‘zagarmaslik) emas, balki dinamika (o‘zgaruvchanlik) xosdir, chunki birinchidan, talabning o'zi o‘zgarsa, uni qondirish imkoni va shunga ko‘ra taklif ham o'zgarib turadi. Talab oshib ketganda tovar defitsiti hosil boiadi. Taklif oshib ketganda, ortiqcha taklif yuzaga keladi, ya’ni bozori kasod tovarlar zaxirasi hosil boiadi. Aytilganlarni anglash uchun ikkita grafikni tahlil etamiz. Birinchisi taklif oshgan paytda muvozanatning o'zgarishini,ko‘rsatadi.


6-rasm.Talab va bozor muvozanati

Grafikda narxga binoan bozor muvozanatining o‘zgarishi tasvirlangan. Agar tovarni yogurt, deb olsak, uning narxi P 1=200 bo'lganda, u 100 dona (paket) taklif etiladi. Shunda CD talab chizig'i AB taklif chizig'i bilan К nuqtada kesishgan. Bunda 200 muvozanat narxi 100 paketdan iborat yogurtning muvozanatli hajmini taqozo etgan. Talab ortib, narx P2=300 bo'lganda 120 paketdan iborat yogurt taklif etilgan.

Natijada, talab va taklif egri chizig'i M nuqtada kesishib, yangi muvozanat hosil bo'lgan. Muvozanat nuqtasining К dan M ga siljishi narxni 200 dan 300 ga chiqishi bilan izohlanadi. Biroq ilgari aytganimizdek, muvozanatning o'zgarish sababi taklif tomonida ham bo'ladi. Buni tushunish uchun yana birgrafikni ko'rib chiqamiz

7-rasm. Taklifning muvozanatga ta’siri
Bu chizma ham yogurt taklifiga oid. Yogurt narxi P1=200 bo'lganda 120 paket yogurt taklif etilgan. CD talab chizig'i AB taklif chizig'i bilan M nuqtada kesishgan. Bu dastlabki muvozanat nuqtasi bo'lsa, N nuqta keyingi muvozanat nuqtasini hosil qilgan. Bu yerda narx P2=300 bo'lgan, chunki qurg'oqchilik natijasida sut kamayib, yogurt ishlab chiqarish qisqargan.

Demak, taklif elastik bo'lmagan, natijada CD talab chizig'i yangi qisqargan EF taklif egri chizig'i bilan N nuqtada kesishgan. Bunda muvozanat nuqtasining o'ngdan so'l tomon siljishi yuz bergan. Yogurt taklifining qisqarishi unga talabni, binobarin narxni oshirgan, ya’ni

P2>Pi bo'lgan. Narxni qaytadan P1=200 holatiga keltirib oldingi muvozanatga qaytish uchun yogurt importiga kuch berish kerak bo'ladi, chunki qurg'oqchilik uni ko'paytirish imkonini bermaydi.

Muvozanatning dinamik holatda qaytadan yuzaga kelishi uchun birinchidan, narxning o'zgarishi tufayli talab yuqoriga yoki pastga qarab siljishi kerak. Ikkinchidan, taklif kamayishi yoki ortishi kerak bo'ladi. Normal iqtisodiy sharoitda dinamik muvozanat taklifning miqdoran ko'payishi va tarkiban yangilanishi hisobidan bo'ladi. Bas shunday ekan, talab-taklif mexanizmi iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydi, deb xulosa qilsa bo'ladi.

Bozorda muvozanat yuzaga kelganda, xalq iborasi bilan aytsak, «six ham kuymaydi, kabob ham». Buning iqtisodiy m a’nosi shuki, muvozanat holatida xaridorlar kerakli tovarni bozordan topa biladilar va kelishilgan narxda oladilar. Sotuvchilar, ya’ni ishlab chiqaruvchilar o'z tovarlarini vaqtida sotib, xarajatlarini qoplab, foyda ham ko'radilar.

Layoqatli bozor — bu iqtisodiy mexanizmi ravon ishlab, Tovarlarni keragicha ishlab chiqarishni ta’minlovchi, ham iste’molchilar, ham ishlab chiqaruvchilar manfaatini yuzaga chiqara oluvchi bozordir.

Agar xaridorlar tovarlarni o'z vaqtida xarid etib ehtiyojlarini qondirsalar, ya’ni bu bilan o'z manfaatlariga yetsalar, ishlab chiqaruvchilar bu bilan foyda topishdek manfaatlarini yuzaga chiqaradilar. Har ikkala tomon manfaatlarini yuzaga chiqara olganda bozor layoqatli hisoblanadi, ya’ni ehtiyojni qondirishga qodir bo'ladi. Buning uddasidan chiqilmaganda bozor layoqatsiz, deb topiladi, chunki xaridorning yoki sotuvchining manfaati amalga oshmay qoladi.




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish