Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amalqilishi. Mundarija kirish I bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor va uning tuzilishi


Mamlakatni jadal isloh etish va modernisatsiyalashning mohiyati, tomoyillari va asosiy yo‘nalishlari



Download 62,56 Kb.
bet4/8
Sana28.06.2022
Hajmi62,56 Kb.
#712526
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amalqilishi.

2.2.Mamlakatni jadal isloh etish va modernisatsiyalashning mohiyati, tomoyillari va asosiy yo‘nalishlari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. SHunga ko‘ra, hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi: «Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi»5. Fikrimizcha, bu modernizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo‘lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon.

Modernizatsiya jarayoni doirasida odatda quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi:


1) ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining o‘zgarishi – ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolarni hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlarning paydo bo‘lishi;
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3) iqtisodiyot sohasida – tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada yoyilishi, yangi ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi, boshqaruvchilar va yollanma xodimlarning kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga etishi;
4) ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi – immobil tabaqalashgan jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga o‘tilishi.
Modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida, shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi;
2) uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o‘zgarishi boshqalarining o‘zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga olib keladi va aksincha;
3) uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg‘or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
4) uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro‘y bermaydi, balki u bosqichlarga bo‘linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi etakchi guruhning paydo bo‘lishi, o‘zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);
5) tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro‘y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an’analariga tayanadi (masalan, «yapon iqtisodiy mo‘‘jizasi»), G‘arb va Evropa qadriyatlari foydasiga ulardan to‘liq voz kechishni taqozo etmaydi.6 Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi.
Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.

Download 62,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish