Бозор иқтисодиёти: моҳияти, белгилари ва асосий вазифалари Bozor iqtisodiyoti



Download 55,48 Kb.
bet13/21
Sana18.01.2022
Hajmi55,48 Kb.
#390503
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
bozor

«Frantsuz modeli». Bu model alohida ajralib turadigan xususiyatga ega emas. U «amerikacha» va «nemischa» model o’rtasida bo’lib, davlatning tartibga soluvchilik roli yuqori.Frantsiyada 1947 yildan besh yillik indikativ reja tuziladi.

Xatto iqtisodiyotning xususiy sektori ham umummilliy rejalarga kiritilgan. Lekin ko’p ukladli iqtisodiyot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu rejada qatnashishi ixtiyoriy. Davlatning qo’llab-quvvatlashidan umidvor firmalar, albatta ana shu rejalarni ko’zda tutib, faoliyat yuritishga harakat qiladi.

«Frantsuz modeli»da davlat tadbirkorligi katta o’rin tutadi. Kapital jamg’arilishiga, investitsiyaga davlat keng miqyosda aralashadi. Frantsiya aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaMM mahsulot bo’yicha jahonda 12-o’rinda turadi. Bu 26,3 ming dollarga teng.

Nemischa model” . Bu model ijtimoiy yo`naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g`oyasi Lyudvig Erxardga (1897-1977) tegishli. U 1949-1963 yillar davomida Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy vaziri , 1963-1966 yillarda esa Federal kantsler bo`lib ishlagan.

Dastlab Erxard industrlashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50—55% ga ko’paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, pul islohoti, narx-navo islohoti o’tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay darajada aralashuvi ko’rsatilgan.Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti kontseptsiyasi zaminida faqat iqtisodiyotga tegishligina emas, balki insonning erkinligi masalalari ham ilgari surilgan.

Shaxs erkinligi haqidagi fikrlar Germaniya Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan.

«Nemis modeli» quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

— Iqtisodiyotga davlatning katta ta’siri. Bu ayniqsa, sotsial muammolarni hal etishda namoyon bo’ladi. Germaniya o’zining an’anaviy, davlatning ijtimoiy himoya qilishga asoslanganligi bilan ajralib turgan.

— Germaniya birinchilardan bo’lib 70- yillardan boshlab asosiy mikroiqtisodiy ko’rsatkichlarni targetlashtirish (rejalashtirish)ga kirishgan.

— Ijtimoiy sherikchilik tamoyili amalga oshirildi. Korxonada ishlovchilarga mulkka ega bo’lishda qatnashish imkoni yaratildi.

— «Nemis modeli»da ham «yapon modeli»ga o’xshab hal qiluvchi rol banklarga berilgan. Markaziy bankka to’la mustaqillik berilgan.

— Ish haqi darajasi o’rtasidagi farq ham uncha katta emas. Firma boshlig’i bilan xodimlar ish haqi o’rtasidagi farq 23 ga teng. Mehnat ta’tili dunyoda eng uzun — 31 kunni tashkil etadi. Shu bilan birga ish haftasi eng qisqa — yillik ish vaqti 1500 soat (AQSh da 1850, Yaponiyada 2140 soat).

— Bandlikning o’sishiga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish, ish vaqtining qisqaruvchan grafigini qo’llash, boylikni adolatli taqsimlash va boshqalar muhim o’rin tutadi. Aholi jonboshiga yaratilgan YaMM 28,9 ming dollar bo’lib, jahonda 7- o’rinda tu-radi.

Janubiy Koreya modeli” Bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962-yili iqtisodiy islohotlar boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromad 82 dollarga teng bo`lsa . 1988 yilga kelib 4.04ming dollarga , 1996 yilga kelib 10.6 ming dollarga yetdi yoki 129 martadan ortiq ko`paydi.

Janubiy Koreya modelining farqlanuvchi xususiyati shundaki, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi ta’siri nihoyatda kuchli. U quyidagi dastaklarni o’z ichiga oladi:

— Iqtisodiy o’sishni rejalashtirish. U bilan davlat organi —iqtisodiy rejalashtirish Kengashi shug’ullanadi. 1962 yildan buyon 5 yillik rejalarni ishlab chiqadi, yirik investitsion loyihalarni ma’qullash huquqiga ega, byudjet mablag’larini moliyalashtirish masalalarini hal qiladi. 70- yillarga qadar rejalashtirish direktiv xarakterga ega bo’lgan. Xususiy biznesrivojlanishiga qarab indikativ rejalashtirishga o’tildi. Ayrim yirik investitsion loyi-halar ba’zan XVF va Jahon banki tavsiyalariga rioya qilmay amalga oshirilgan. Xususan, shunday tarzda yirik po’lat quyish kompaniyasi yaratildiki, hozirgi paytda yiliga 200 mln tonnadan ortiq po’lat tayyorlaydi.

— Janubiy Koreyada uzoq vaqt kredit-moliya sohasida davlat monopoliyasi hukm surgan. Xususiy bank-kredit institutlari 80- yillarning birinchi yarmidan boshlab vujudga kela boshladi. Bunday siyosat davlatga o’z qo’lida moliya va valyuta resurslarini to’plash va undan ustun tarmoqlarni rivojlantirish uchun samarali foydalanish imkonini beradi.

— Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish eksportni rag’batlantirish, importni cheklashga qaratilgan bo’lib, bu bilan milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish qo’llab-quvvatlanadi.

Eksport muammosi alohida nazorat ostida bo’lib, Prezident har oy eng yirik eksportchilar ishtirokida kengash o’tkazgan. Alohida tarmoqlar bo’yicha eksport vazifalari rejalashtirilgan. Bu reja yillik bo’lib, kvartal va oylarga bo’lingan, zarur bo’lganda tuzatishlar kiritilgan.

Besh yillikda (1987—1991 yillar) iqtisodiyotni «jonlantirilgach» hukumat ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga kirishdi. Narxlarni barqarorlashtirish fondi tashkil qilindi. Yangi ish o’rinlari yaratildi. Ishsizlik qisqardi, ish haqi yiliga 29% ga o’sdi. Ish haqining o’sishi kasaba uyushmalari talabi bilan yuz berdi. Natijada inflyatsiya o’sdi. Navbatdagi besh yillikda (1992— 1996 yillar) hukumat inflyatsiyani jilovlashga harakat qildi. Daromad soliqlari oshirildi, davlat xarajatlari kamaytirildi.

Markazlashtirilgan tarzda o’rta va uzoq muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularda ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining belgilanishi, xo’jalik yuritishda bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon tsivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rin egallash imkonini berdi.


Download 55,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish