Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari



Download 108,67 Kb.
bet8/10
Sana16.01.2022
Hajmi108,67 Kb.
#374392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boburbek

Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo'lib, ularga quyidagilar kiradv.

—boshqarish xarajatlari;

—umumxo'jalik xarajatlari;

—to'lov va ajratmalar.



Boshqarish xarajatlari quyidagilardan iboratdir.

—zavod boshqarmasi, bo‘limlar xodimlarining tasdiqlangan shtat ro'yxatiga muvofiq mansab maoshlarining yig‘indisi;

—xodimlarning xizmat safari xarajatlari;

—soqchi xodimlarning ish haqi, ularga beriladigan maxsus ki- yimlar, o‘t o‘chiruvchi mashinalarga sarf qilinadigan yoqilg'i qiymati, mashinalarni sozlash uchun zarur materiallar va boshqa xarajatlar;

—zavod boshqarmasi binosi, umumkorxona yo'llari, omborlari, tibbiyot punktiga ajratilgan xona, oshxona, bufet va klublarning amortizatsiya ajratmalari va ularni joriy sozlash, yoritish, isitish va suv bilan ta'minlash xarajatlari;

—kadrlar tayyorlash, oliy va o‘rta maxsus maktablaridan kelgan talabalar bilan o‘tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotlariga sarflanadigan xarajatlar.

Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xara- jatlar mahsulot miqdoriga qarab to‘g‘ri mutanosiblikda o'zgarib (ko‘payib yoki ozayib) turadi. Shuning uchun ularni o'zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi.

Bilvosita xarajatlar firma (korxona)da ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga qarab o‘zgarmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni doimiy yoki o‘zgarmas xarajatlar deb aytiladi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni Jshlab chiqarishdan tashqaridagi“ xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:

—mahsulotni o‘rash bilan bog'liq xarajatlar;

Bilvosita xarajatlar deb ishlab chiqarishni tayyorlash va o'zlashti- rish, dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, sex, umumkorxona va ishlab chiqarishdan tashqaridagi xarajatlarga aytiladi.

Ishlab chiqarishni tayyorlash va o ‘zlashtirish xarajatlariga quyida- gilar kiradi:

—yangi ishga tushirilgan korxonalarni o'zlashtirish va foydasini ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar;

—mahsulotni jo'natiladigan joylarga tashib borish, vagonlarga yuklash xarajatlari.

Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytira borish firma (korxona) rahbarlari, menejeri va muhandis-texnik xodimlaridan birinchi navbatda tejamkorlik bilan ish yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish mavjud ishlab chiqarish quwatlaridan, xomashyo materiallaridan, yoqilg'i resurslaridan yanada to'laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi texnologik jarayonlarning yaratilishi va ularning joriy etilishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va firma (korxona) moliya- xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.

Korxona (firma) mablag'lari aylanishining har bir sikli mahsu- lotlar yoki xizmatlarning sotilishi bilan yakunlanadi. Buning natijasida tushgan pul mablag'lariga u yana iqtisodiy resurslar (xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, yoqilg‘i, ishchi kuchi va hokazolar) sotib oladi va ularning yordamida mahsulot ishlab chiqaradi yoki xizmat ko‘rsatadi. Mana shunday tarzda sodir bo‘ladigan jarayonlar takror ishlab chiqarish deb yuritiladi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish natijasida korxona (firma) xazinasiga tushgan pul mablagMarini daromadlar deb ataladi. Korxonaning jami daromadi asosiy faoliyatdan va asosiy bo'lmagan faoliyatdan olingan daromadlar yig'indisidan iboratdir.

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarga mahsulotlarni, ishlarni, xizmatlarni, tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan tushumlar kiradi.

Daromadlarning ikkinchi turi, ya ’ni asosiy bo ‘nnagan faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:

—qimmatli qog'ozlarni qayta baholash natijasida hosil bo'lgan daromadlar;

—foizlar, dividendlar va ijara haqi ko‘rinishidagi daromadlar.

Korxona daromadining bir qismi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo'lgan xarajatlarni qoplaydi, qolgan qismi korxonaning sof daromadi yoki foydasini tashkil etadi.

Mahsulotni sotishdan kelgan tushumdan ishlab chiqarish xara- jatlarini chegirib tashlaganda paydo bo'ladigan farq mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda deb yuritiladi. Mazkur ko'rsatkich, ya'ni yalpi foydadan sotish xarajatlari, ma'muriy xarajatlar va boshqa operatsion xarajatlarni ayirib tashlash yo'li bilan asosiy faoliyatdan olingan foyda aniqlanadi.

Korxona tomonidan boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardan olingan dividendlar, berilgan qarzlar uchun foizlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar va moliyaviy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan boshqa daromadlar yig’indisi moliyaviy faoliyatdan olingan foydani tashkil etadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan ikki xil foyda, ya'ni asosiy faoliyatdan olingan foyda bilan moliyaviy faoliyat foydasining yig'indisi umumxo'jalik faoliyatidan olingan foydani tashkil etadi.

Bundan tashqari korxonada favqulodda foyda yoki zarar sodir boMishi ham mumkin. Favquloddagi foyda yoki zarar korxona moliva-xo‘jalik faoliyatining natijasida emas, balki korxonadagi biznes tavakkalchiligi bilan to‘g‘ridan to'g'ri bogManmagan holda vujudga keladi. Favqulodda foyda yoki zararni keltirib chiqaruvchi hodisalarni, odatda, oldindan bashorat qilish va rejalashtirish mumkin emas. Shu nuqtayi nazardan dehqonchilikda har 3—5 yilda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan qurg'oqchilikni favqulodda hodisa deb bo'lmaydi. Korxona bu hodisaga oldindan tegishli rezervlartashkil etib, tayyorgarlik ko'rib borishi lozim. Yoki tovar bahosining mavsumiy ko'tarilishi yoki pasayishini maMum darajada oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgani uchun favqulodda hodisa deb qarash ham to‘g‘ri emas.

Favqulodda foyda yoki zararni keltirib chiqarishi mumkin boMgan aksariyat hollar xalqaro bozordagi o'zgarishlar, masalan, narx- navoning keskin ko‘tarilib yoki pasayib ketishi hamda turli tabiiy ofatlar bilan bogMiq boMadi.

Umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda bilan favqulodda foyda (zarar) yigMndisi soliq toMangunga qadar foydani tashkil etadi. Soliqlar va foydadan boshqa majburiy to'lovlar bajarib boMingandan so‘ng qolgan foyda korxonaning soffoydasXm tashkil etadi.

Soliqqa tortiladigan foyda bilan korxonaning balans foydasi bir- biridan farqlanishini ta'kidlab o'tish zarur. Moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqish qoidalariga muvofiq holda aniqlangan umumxo'jalik faoliyatidan olinadigan foyda bilan favqulodda foyda yig'indisi soliq qonunchiligi nuqtayi nazaridan eMiborga olinishi lozim bo'lgan foyda miqdoridan farq qiladi. Ayrim xarajatlar soliq qonunchiligi nuqtayi nazaridan xarajat sifatida tan olinmaydi, ya'ni soliq summasini aniqlashda ularni korxona daromadidan chegirib tashlash mumkin entas. Masalan, norma doirasidagi safar xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilishiga ruxsat beriladi, normadan yuqori sarf qilingan qismi esa kiritilmaydi. Davlat manfaatlari bo'yicha yondashilsa, bu asosli, chunki korxona o‘z xodimiga qo'shimcha imtiyozlar berganda, bundan davlatning soliq tushumlari kamaymasligi lozim. Agar shunday qilinmasa, korxona qancha mablag'ni ko‘p „sovursa“, davlatga soliqlarni shuncha kam to'lashi mumkin bo'lib qoladi.

Soliqqa tortiladigan foyda miqdorini aniqlash ancha murakkab ish. Chunki davlat soliq siyosatining maqsad: faqat soliqlarni hisoblab chiqish va undirishdangina iborat emas. Soliq siyosati korxonada oqilona xo‘jalik yuritilishini rag'batlantirish, resurslaming samarasiz ishlatilishini jazolash va muayyan ijtimoiy maqsadlarga erishishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Korxona ixtiyorida qolayotgan sof foyda jamg'arish va iste’mol maqsadlariga yo'naltirilishi mumkin. Foydaning iste'mol maqsadlariga yo'naltirilayotgan qisnii korxona egalariga daromad sifatida berilishi, korxona xodimlarini rag‘batlantirish uchun sarflanishi yoki boshqa iste'niol maqsadlariga ishlatilishi mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi raqobat muhiti korxona foydasining asosiy qismini muntazam ravishda investitsion maqsadlarga ajratishga majbur etadi. Bundan korxonada ishlovchi xodimlar manfaatdordirlar deyish mumkin, chunki ularning ish o‘rinlari saqlab qolinadi, kengaytiriladi va takomillashadi. Korxona egalarining manfaatlari esa birinchi navbatda korxona kapitali ortishida, uning bozordagi mavqeyi mustahkamlanishida ifodalanadi. Davlat nuqtayi nazaridan esa foydaning qayta investitsiyalanishi korxona faoliyati hajmlarini, ya'ni soliqqa tortish bazasini kengaytiradi hamda mintaqadagi ijtimoiy masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.

Korxona foydasini taqsimlash jarayonida uning muayyan maqsadlarga mo'ljallangan zaxiralari va fondlar (jarng'armalar) tashkil etilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotida bu foydani assignatsiyalash deb ata'adi. Mamlakatimizdagi ko‘plab korxonalarda zaxira fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish fondi va ijtimoiy rivojlantirish fondi kabi jamg‘armalar tashkil etilgan. Korxona balansida bu fondlar „ Taqsimlanmagan foyda “ moddasida aks ettiriladi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda bilan favqulodda foyda yig'indisi xo‘jalik amaliyotida korxonaning balans foydasi yoki brutto-foyda deb ataladi. Soliqlar to‘lab bo'lingandan so‘ng qolayotgan foyda esa sof foyda yoki netto-foyda deb yuritiladi.

Shunday qilib, korxona daromadlari quyidagicha taqsimlanadi:




Download 108,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish