2016
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020 yil yanvar-dekabr
|
O`zbekiston Respublikasi
|
51232,0
|
72155,2
|
124231,3
|
195927,3
|
202000,1
|
Qoraqalpog`iston Respublikasi
|
3778,3
|
2822,0
|
6757,8
|
8750,6
|
8167,4
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
2188,5
|
2986,0
|
4711,9
|
7452,1
|
8755,1
|
Buxoro
|
5922,9
|
11613,4
|
9610,9
|
10366,6
|
11248,7
|
Jizzax
|
1449,7
|
1788,2
|
3606,3
|
7900,9
|
12974,2
|
Qashqadaryo
|
7304,4
|
11175,3
|
16518,5
|
24462,5
|
19921,7
|
Navoiy
|
2963,2
|
3977,9
|
10579,5
|
17646,3
|
16042,6
|
Namangan
|
2824,5
|
3586,7
|
8158,1
|
12084,9
|
11982,5
|
Samarqand
|
3623,5
|
4384,2
|
7061,4
|
10266,7
|
13426,0
|
Surxondaryo
|
2142,4
|
3551,0
|
7240,6
|
11835,1
|
9923,0
|
Sirdaryo
|
1322,9
|
1628,0
|
2699,3
|
5869,1
|
7174,5
|
Toshkent
|
4238,7
|
5938,4
|
11226,9
|
20353,9
|
18994,4
|
Farg`ona
|
2643,6
|
2954,5
|
5539,1
|
8685,4
|
11320,0
|
Xorazm
|
1560,5
|
2175,9
|
3013,8
|
5032,0
|
6663,2
|
Toshkent sh.
|
9268,9
|
13573,7
|
26435,7
|
42458,1
|
44778,8
|
2-rasm7 Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar
Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko‘rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‘ladi. Ushbu ikkala yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya‘ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo‘lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.
Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuliorqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar,davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiborigamuhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duchkeladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni yaxshilanishidan manfaaatdormiz.Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi.Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar.Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat.
Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun:
— o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi;
— bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi;
— tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi;
— tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha iste’molchilar nomidan ish olib boriladi.
Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash, ajratish, qadoqlash, o’rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to’plash, sovitish va iste’molchilarga bir maromda etkazib berish.
2.Sanoat mahsuloti bo’yicha: qabul qilish, o’rash, paketlash, saqlash, talabga binoan iste’mol uchun etkazib berish.
3.Barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha ulgurji iste’molchilarga etkazib berish uchun tovarlarni to’plash va aksincha, katta turkumdagi tovarni chakana iste’molchilarga talabga binoan etkazib berish uchun kichik turkumlarga bo’lish.
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlovchilarning avans olishlarini ta’minlovchi f’yuchers va forvard bitishuvlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish.
5.Umumdavlat va regional miqyosda ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va ishchi kuchini qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini berish.
6.Tadbirkorlarni o’qitish, ishsizlarni, xususiy biznes shart-nomalarini ro’yxatga olish.
7.Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.
8.Tadbirkorlik — tavakkalchilikni (xatarni) sug’urtalash.
9.Tovar tashishni ta’minlash.
10.Tadbirkorlar manfaatini huquqiy himoyalash.
11.Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loyiha-smeta va boshqa
xizmatlarni ko’rsatish va boshqalar.
Infrastruktura tarkibiga: chakana va ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo shoxobchalari,auktsion, tijorat do’konlari, dehqon bozorlari, tijorat-vositachi markazlari, savdo-sanoat palatalari, savdo uylari, yarmarka pavilonlari ko’rgazmalari, tovar birjalari va boshqalar kiradi.Bundan tashqari, davlat tashkilotlari: davlat soliq inspektsiyalari, davlat kontrakt sistemasi antimonopol qo’mitasi, baholarni nazorat qiluvchi inspektsiya, davlat sug’urta xizmati va boshqalar kiradi. Moliya bozori infrastrukturasi tarkibiga bank tizimi, jumladan: tijorat banklari, valyuta, fond birjalari, brokerlik, sug’urta, xolding kompaniyalari boshqa turdagi moliya-kredit, xizmat ko’rsatish, auditor firmalari kiradi.Mehnat bozori infrastrukturasi mehnat birjalari, ishchi kuchi band bo’lishlik xizmati,
ishchi kuchi migratsiyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va boshqalarni o’z ichiga oladi. Davlat tomonidan kadrlarni tayyorlash markazlariga bandlik, nafaqa, xayriya-shafqat, tadbirkorlarni qo’llovchi fondlar va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, transport xizmati, omborlar tizimi, yuridik xizmat, axborot va reklama bilan ta’minlovchi muassasalar kiradi.
Bozor infrastrukturasida birjalar va yarmarkalar alohida o’rin tutadi. Bozor va xizmatlar bozorining rivojlanishida tovar birjalari va yarmarkalarining roli
katta.Moliya bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos. Tovar, xom ashyo birjalari ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat korxonalaridir. Birja savdosini oddiy savdodan farqi bor.Oddiy savdo-sotiqda tovarning naqd bo’lishi, xaridor uni ko’zi bilan ko’rishi, qo’li bilan ushlab ko’rishi, sifati haqida shaxsan qanoat hosil etishi yuz beradi. Bu erda xaridor va sotuvchi
yuzma-yuz turadi.
Birjada holat boshqacha: operatsiyalarda tovar egasi va xaridorning o’zi qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni maxsus shaxs-lar — brokerlar yuritishadi. Birjada savdo-sotiq naqd turgan tovarlar bilan qilinmaydi. Tovar birjadan juda uzoq masofada, boshqa mamlakatda turgan bo’lishi mumkin. Shu tovardan namuna va uning sifat sertifikati bo’lsa etarli.Dastlab, birjalar bozorlar asosida vujudga kelgan, lekin evolyutsion jarayon natijasida ular shunchalik o’zgardiki, hozirgi zamon birjasida tovarlar oldi-sotdisi birinchi darajali rol o’ynamay qoldi.
Birjalar uchun:
a) kelajakda tovarlar narxini aniqlash, hamda narx oshkoraligini ta’minlash;
b) rejadagi real talab va taklifni aniqlash, moslashtirish;
v) narxlar kotirovkasini aniqlash;
g) baholar o’zgarishini (tebranishini) sug’urta qilish asosiy o’ringa chiqdi.
Birja savdosining ob’ekti bo’lib, asosan yalpi ishlab chiqariladigan bir turdagi va o’zaro almashinadigan xom ashyo tovarlari yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Odatda, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: don, oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, rangli va qimmatbaho metallar.Birjada eng katta o’rin egallovchi tovarlardan biri kofe hisoblanadi.Tovarlar birjasi savdo-sotiq operatsiyalarini bevosita predmeti bo’lib, maxsus kontrakthisoblanadi. Bunday kontraktlar o’z navbatida zudlik bilan bitim tuzish imkonini beradi. Bukontraktda faqat tovarlarning bahosi va uni etkazib berish vaqti kelishiladi, xolos. Birjani prezident va kengash boshqaradi. Tovar birjasi daromadi birja muomilasi ishtirokchilari to’laydigan xizmat haqidan tashkil topadi. Tovarlar birjasida mollar naqd bo’lishi shart emas.Birja savdosida tashkil topgan narxlar birja kotirovkalari deb ataladi. Ular har kuni e’lon qilinib boriladi.
Tashkil qilish printsipi bo’yicha TB ikki xil bo’ladi. Ochiq hamda yopiq birjalar:Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir qatorda boshqa sohibkor, tijorat bilan shug’ullanuvchi, xohlovchilar qatnashishi mumkin.Yopiq birjada — faqat birjaning a’zolari bo’lganlargina qatnashadi, savdo bitimi tuziladi.Birja a’zolari uni tashkil etish uchun naqd pul qo’yishadi, ya’ni birja aktsioner jamiyati singari tashkil topadi. Uning ustavi asosida ish yuritiladi.Aktsionerlik jamiyatidan birja korporatsiyasining farqi, unda birja sertifikati dividend olish huquqini emas, shu birjada bitim tuzish imkonini beradi, xolos.Birja bitimlarining 2 turi mavjud: real tovar va f’yuchers bitimlari. Real tovarlar bitimida tovarlar birjaga keltirilgan bo’lsa yoki ular tayyor holda bo’lsa, mavjud tovarlar bo’yicha kontrakt tuzilgandan keyin 14 kun ichida tovarlar sotib oluvchilarga etkazilishi shart. F’yuchers bitimi tovarlarni kelgusida etkazib berishni ko’zda tutuvchi savdo. Tuzilgan shartnomada ko’rsatilgan narx bilan tovar xaridorga etkazib berilayotgan vaqtda narxi farq qilishi mumkin. Uni qaysi tomonga farq qilishiga qarab broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin. Tovarlar xaridorga 6 oydan 14 oygacha bo’lgan muddatda etkazilishi mumkin. Birjalar maxsus va universal bo’lishi mumkin. Amsterdam universal birjasi, Liverpul, London maxsus birjalari. Maxsus birjalarda ayrim yoki bir guruh tovarlarga talab va taklif butun bir mamlakat doirasi yoki dunyo miqyosida to’planadi. Oltin savdosi bo’yicha hech qanday birja
London birjasiga tenglasha olmaydi.Birjaning yana bir belgisi — uning yuksak darajada tashkil etilgan va uyushgan bo’lishidir. Bu erda tartibsiz, ko’r-ko’rona savdo-sotiq bo’lmaydi.Tovarlar bozorida birjadan tashqari, yarmarkalar ham muhim o’rin tutadi.Yarmarka so’zi nemischa so’z bo’lib, yillik bozor degan ma’noni anglatadi. Yarmarkalar o’rta asrlarda o’arbiy Evropa (Jeneva, Lion, Leyptsig, Antverpen yarmarkalari va boshqalar) iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynagan. Kapitalizm rivojlanishi bilan yarmarkalarning xarakteri o’zgaradi, u mavjud tovarlarning yirik miqdori olib kelinadigan markazdan namunalar va standartlar sotiladigan yarmarkaga, ko’rgazmaga aylanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta„minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishiga yo‟naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyat tushuniladi.
8
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi to’g’risida to’laroq tasavvurga ega bo’lish uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni bajarish lozim.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi:
1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
2) Raqobatni himoya qilish;
3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) Resurslarni qayta taqsimlash;
5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.
Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi.
Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Buning uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar. Davlat ijtimoiy muhitni ta’minlaydi, ya’ni ichki muhitni tartibga soladi, daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi, iqtisodiyotda to’liq bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya„ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bo’lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarga o’z xarajatlarini ko’paytiradi, xususiy sektorning sarflarini rag’batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Bevosita ta’sir qilish usullari;
2. Bilvosita ta’sir qilish usullari;
3. Tashqi iqtisodiy usullar.
Ma’lumki, markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda, iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:
1. Ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tomon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;
2. Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;
3. Davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va apralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Bu uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.
Bozor iqtisodiyotini boshqarish va bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma‘muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:
1. Iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;
2. Narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati. Inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;
3. Ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;
4. Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar). Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.
Davlatning byudjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismii o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Soliqlardan xo’jalik subyektlari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko’rsatishda ham keng ravishda foydalandi.
Xullas, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda va bozor iqtisodiyotini boshqarishda qo’llaniladigan vosita va dastaklari birgalikda milliy iqtisoiyotni takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatib boradi.
9
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiy moliyaviy barqarorlikni tarkibiy oʻzgartirishlar, iqtisodiyotni jonlantirish, soʻngra uni bir maromda, muvozanatni saqlagan holda rivojlantirishning asosiy sharti sifatida birinchi darajali ahamiyat kab etadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozorni shaklantirish yoʻlidagi qonuniyatli va muqarrar jarayon. U eng avvalo tanglik hodisalarga barham berishga qaratilgan. Barqarorlashtiruvchi chora - tadbirlarning samaradorligi biz iqtisodiy tanglik va barqarorlik tushunchasiga qanday maʼno berishimizga, ularni qanday idrok qilishimizga, qaysi mezonlarga koʻra baholashimizga koʻp jihatdan bogʻliqdir.10
Bizning bir necha oʻn yillar davomida bizda iqtisodiy tangliklarga oʻrin yoʻq, tanglik kapitalistik tuzumning illatidir deb tarbiyalab, ana shunday aqidalarni ongimizga singdirib keldilar. Bozor kuchlari amal qila boshlashi raqobatchilik muhiti tarkib topishi va erkin tadbirkorlik учун ҳамма йўллар очилиши билан oyni qonunlarga rioya kilgan holda ishlab chiqarish tarkiban oʻzgartirildi. Bu narsa faqat bardosh berishga intilish bor joydagina yuz beradi.
Bizning oldimizga qoʻyilgan islohotlarni chuqurlashtirishdagi vazifalarimiz kuyidagilardan iborat.
1. Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. Mulkchilik islohotlarini oxiriga yetkazish.
2. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
3. Oʻz milliy valyutamiz sumning kadr - qimmatini oshirish chora - tadbirlarini amalga oshirish.
4. Sud boshqaruv tizimlarida chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarga erishish.
5. Kuchli ijtimoiy kafolotni taʼminlovchi demokratik davlatni tashkil toptirish.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qancha islohotlarni, jumladan:
1. Mulkiy islohot.
2. Moliya tizimi islohoti.
3. Tashki iqtisodiy aloqalar islohoti.
4. Ijtimoiy islohotlar.
Bozor islohotlari bozor infrastrukturasini vujudga keltiradi. Bu infrastruktura besh boʻgʻindan iborat boʻlib:
A) ishlab chiqarishga xizmat kiluvchi infrastruktura
Yuqoridagi vazifalarni xal etishda mustaqil davlat sifatida biz avvalo oʻz kuchimizga tayanishimiz zarur. Agar biz yaqin vaqt ichida kishilarning ahvolini haqiqatdan yaxshilashni, ularga ishonch bagʻishlashni, Respublikaning qudratini mustahkamlashni istar ekanmiz, mavjud moddiy, moliyaviy va sarmoya imkoniyatlarini aql - farosat bilan tasarruf etishimiz shart.
Hozirgi kunda sifat jihatdan yangi holatga oʻtishning puxta oʻylangan dasturi ishlab chiqildi. Uning oʻzagini tashkil etuvchi tamoyillar haqidagi qarashlar prezident atroflicha talqin etiladi. Kelajagi buyuk davlat Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli “Oʻzbekiston bozor munosabatlariga oʻtishining oʻziga xos yoʻli” asarlari shular jumlasidandir. Bu risolalarda iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, davlat iqtisodiy oʻzgarishlarining tashabbuskori va bosh islohotchi ekanligi, bozor iqtisodiyotiga bosqisma-bosqich kirib borish, iqtisodiy islohotlarni huquqiy taʼminlash va kuchli ijtimoiy siyosat yuritish atroflicha bayon etiladi.
Xulosa
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishinatijasida kelib chikkan tarixiy tushuncha bo‘lib, xozirgi davrda keng tarkalgan obektiv iqtisodiy jarayondir.Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. U xar kanday ayirboshlashni emas, balki pul vositasidagi, oldi-sotdi shaklidagi ayirboshlashni bildiradi. Bozorning eng muxim sharti ayirboshlaganda pulning vositachi bo‘lishidir.
Bozorda ikki xil jarayonlar amalga oshiriladi.
Birinchi jarayon- tovarlarni sotish. Bunda tovar pulga almashadi, ya'ni T-P tovarni sotish yuz beradi.
Ikkinchi jarayon- tovarni xarid etish,ya'ni P-T pul tovarga almashadi.
Oldi-sotdi bozordagi yaxlit muomalaning ikki tomoni bo‘lganidan, unda sotuvchi va xaridorni ishtiroq etishi mukarrardir.
Bozor ishlib chiqaruvchilar va iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yigindisidir.
Bunda bozorning joy emas, balki tovar va pulning xarakti tashkil etadi.
Bozordagi oldi-sotdi munosabatlarining obekti xilma-xil tovarlardir, yani moddiy resurslar, ish kuchi, yer-suv, bino-inshoot, pul kapitali, kimmatbaxo kogozlar, akliy mexnat maxsuli bo‘lgan tovarlar, xar xil ishlab chiqarish uchun va iste'molchiga ko‘rsatadigan xizmatlar.
Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo‘lsa, bozor obektlari shunchalik ko‘p va xilma xil bo‘ladi.
Bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo‘linadi. Bo‘larning xar kanday turidan kat'iy nazar uning ishtiroqchilari (subektlari) fukarolar (uy xo‘jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashqilotlaridir.
Bozor subektlari ikki guruxga bo‘linadi, ya'ni sotuvchilar va xaridorlar. Ular bozor munosabatlarida turli vazifani bajaradilar: Sotuvchilar tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi.
Bozor o‘z subektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiklashtiradi.
Sotuvchilar- tovar va xizmatlarni taklif etuvchi firma, korxona yoki ayrim ishlab chiqaruvchi, ish kuchi, yer-suv, mashina uskuna, bino inshoot egasi, pul kapital, kimmatbaxo kogozlar va valyuta soxiblari.
Xaridorlar- oddiy iste'molchi fukarolar, resurs oluvchi va ish kuchini yollovchi tadbirkorlar, davlat idoralari jamoat tadbirkorlari.
Bozor o‘z rivojida ikki bosqichni o‘taydi:
Birinchisi, tartibsiz bozor bosqichi- bu bosqichda bozor aloqalari stixiyali tarzda o‘rnatiladi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor noma'lum bo‘ladi. Stixiyali bozordabelgilangan tartib-koida amal qilmaydi. Bunday bozor taraqqiylashmagan, yovvoyi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lib, o‘tmishda mavjud bo‘lgan. Lekin ularning ayrim ko‘rinishlar xozir mavjud. Xozirgi dexkon bozori va chayqov bozorlari tartibsiz bozor namunasidir.
Ikiinchisi, bu tartiblangan bozor bosqichidir. Bu bozorga xos bo‘lgan qonunlar ko‘r-ko‘rona amal qilavermaydi, bozor aloqalari shu qonunlarga oldindan moslashtirib boriladi. Bu yerda noma'lumbozorga ishlab chiqarish yuz bermaydi.
Bozor va uning segmentlari oldindan taxlil etilib o‘rganiladi, ishlab chiqarish marketing xizmati orqali bozor bilan uzviy bog‘lanadi. Bunday bozor rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xosdir, bunday bozor xozirgi rivojlangan mamlakatlarda mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |