Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


Investitsion vositachilar faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatini tahlili



Download 302,5 Kb.
bet6/14
Sana08.07.2022
Hajmi302,5 Kb.
#757317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
moliya bozori kurs ishi

Investitsion vositachilar faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatini tahlili

Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi.Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq.Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi.
Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi.
Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Jahon banki ekspertlari bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mazkur loyiha doirasida TTXI har tomonlama oʻrganildi, ularning tarixiy koʻrsatkichlariga baho berildi, jalb qilingan investitsiyalar turlari, asosiy sherik davlatlar va TTXI jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot sektorlari (tarmoqlari) tahlili amalga oshirildi. Ushbu sohadagi siyosat, xususan, TTXI sohasiga oid asosiy normativ instrumentlar, institutsional muhit, biznesga kirish va uni tashkil qilish tartiblari sharhlandi, shuningdek, investitsiya siyosati va normativ-huquqiy baza tahlili oʻtkazildi, investitsiyalarni jalb qilishdagi toʻsiqlar aniqlandi va ushbu mavzu boʻyicha sharh hozirlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi bir qator ustuvor tarmoqlar orasidan mamlakat iqtisodiyotining “drayverlar”ini aniqlash, tanlangan tarmoqlarga investitsiyalarni jadal jalb etish boʻyicha tavsiyalar, aniq chora-tadbirlar va tashabbuslarni tayyorlash, aniq harakatlar rejasi bilan 2030-yilgacha TTXIni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Bundan tashqari, BAA hukumati bilan birgalikda Oʻzbekistonning istiqbolli davlat xizmatchilari orasidan “Yosh liderlar”ni tayyorlash boʻyicha qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular 4 oy davomida turli yoʻnalishlar boʻyicha intensiv oʻquv kurslaridan oʻtishadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlikda bir qator yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi doirasida muayyan ishlar olib borilmoqda.2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 mlrd. dollarga yetdi (2020-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%).Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi.2021-yilda TTXI va kreditlar hisobidan tarmoq korxonalari tomonidan 3,8 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 103 foizga, hududiy loyihalar boʻyicha esa 5,2 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 130 foizga oʻzlashtirildi. Investitsiyalarning asosiy hajmi energetika sektori, metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, IT-texnologiyalar, qurilish, farmatsevtika, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga toʻgʻri keldi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi.Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bozorning ko'p bo'g'inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Bozor infratuzilmasi turli xil vazifalami bajaruvchi tarkibiy qismlar, unsurlardan iborat tizimni namoyon etadi. Bozor mexanizmlarining to'liq, samarali amal qilishi infratuzilma tarkibiy qismlarining turli-tumanligi va yetarli darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlarini belgilab olish, ulaming har birining ahamiyatini o'rganish, iqtisodiy tabiatini ochib berish muhim hisoblanadi. Zero, hozirgi kunda bozor infratuzilmasi tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlami ko'rsatib berishda ma’lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, A.O'lmasov va M .Sharifxo'jaevlar bozor infratuzilmasiga bozor aloqalarini o'rnatishgavasam arali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuyi sifatida qarab, uni besh bo'g'inga ajratadilar:
1) ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar);
2) tovarlar va xizmatlar muomalasiga, y a’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari);
3) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari);
4) aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infrastuktura (uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari);
5) axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar—ma’lumotlar va xabarlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari)
Ko'rinib turibdiki, olimlarimiz bu o'rinda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani ham bozor infratuzilmasi tarkibiga kiritib, moliya-kredit hamda axborot xizmati infratuzilmasi kabi yo'nalishlami mustaqil soha sifatida ko'rsatib, masalani munozarali tomon yo'naltiradilar.Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo'llanmalarda bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida odatda quyidagi
obyektlami ko'rsatib o'tiladi:
-birjalar (tovar, xomashyo, fond, valyuta), ulaming tashkiliy rasmiylashtirilan vositachiligi;
-auksionlar, yarmarkalar va tashkiliy biijadan tashqari vositachilikning boshqa shakllari;
-kredit tizimi va tijorat banklari;
-emissiya tizimi va emissiya banklari;
-a h o li bandligini tartibga solish tizimi hamda bandlikka davlat va nodavlat yo'li bilan ko'maklashish markazlari (mehnat birjalari);
-axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari;
-soliq idoralari tizimi va soliq inspektsiyasi;
-tijorat xo'jalik xavf-xatarini sug'urtalash tizimi va sug'urta kompaniyalari;
-maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
-savdo palatalari, ishbilarmon doiralaming boshqa jamoat, ixtiyoriy va davlat birlashmalari (uyushmalari);
-bojxona tizimi;
-yollanib ishlovchilaming kasaba uyushmalari;
-tijorat-ko‘rgazma komplekslari;
-oliy va o‘rta iqtisodiy ta’lim tizimi;
-auditorlik kompaniyalari;
-maslahat beruvchi (konsalting) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun moljallangan ijtimoiy va davlat fondlari;
-erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari.
Iqtisodiyotda moliya bozorlarining o‘mi ham kattadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samara Ta’kidlash joizki, keltirilgan rollar faqat ochiq bozor iqtisodiyoti sharoitida, o ‘ta rivojlangan biznes va xususiy mulkchilik tizimida to‘liq bajarilishi mumkin. Bunday sharoit va tizimga ega bo’lmagan mamlakatlaming bozori yuqori darajada rivojlangan davlatlar bozoriga qaram bo’ladiMoliya bozori, jumladan qimmatli qog‘ozlar bozori, faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- barcha potensial investorlar o‘z mablag’larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
- bozorda tuziladigan bitimlaming ixtiyoriyligi;
- erkin raqobat yoMidagi to ‘siqlami bartaraf etish;
- narxlami real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
-bozor to‘g ‘risidagi qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilari tomonidan rioya etilishi;
— birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlaming moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
- o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
Moliyaviy
-instrumentlar (qimmatli qog‘ozlar) va ulaming emitentlariga doir axborotning to‘la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
-investorlar va emitentlaming manfaatlarini himoya qilish;
- bozorda tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg‘unlashtirish asosida ta’minlanadili taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (1-chizma).

Bank

Uy xo`jaligi

Korxona (firma)

Davlat





Download 302,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish