Rahobatni himoya kilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya'ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart - sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta'minlash vazifalarini o`z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqoza qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar, resurslarni etkazib beruvchilar va iste'molchilar o`rtasidagi munosabatalarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqarish va shu kabilar. O`zbekiston Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlari to`g`risidagi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo`shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish buyicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni ta'minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta'minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash mahsulot sifati va og`riligini o`lchashga standartlar belgilash tovarlar va xizmatlar ayirboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini muammoga kiritish kabilarni oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar amriga yoki iste'molchilar erkinligiga ishlab chiqaruvchi va resurslarni etkazib beruvchilarni bo`ysundiradi. Raqobat sharoitida ko`plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar faqat bozor orqali hisobga oladigan iste'molchilar xohishiga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo`ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o`z mavqeilarining mustahkamlashini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko`radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xo`jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o`rnatiladi.
Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar «raqobatli bozor mavjud bo`lish imkoniyatini yo`qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalari deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko`rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o`rnatadi. Transport, aloqa, elektr-energiya ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma'lum darajada shunday tartibga solinadi.
Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko`pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta'minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.
Bizning Respublikada ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste'molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta'minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy-vositalarga ega bo`lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo`lmagan a'zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg`iz va qaramog`ida bolalari bo`lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo`lmaydi. qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a'zolari o`rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o`z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o`z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |