Birinchidan, transfert to`lovlari orqasi muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog`ida bo`lganlarni nafaqalar bilan ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta'minlaydi. Ijtimoiy ta'minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko`rsatiladi.
Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag`larini, jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo`lmagan a'zolari hisobiga qayta taqsimlaydi.
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo`li bilan ya'ni, talab va taklif ta'sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Me'yordagi oziq-ovqat tovarlariga o`rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma'lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a'zolari o`rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham keng foydalanadi (soliq imtiyozlari orqali).
5. Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko`rinadi, ya'ni raqobatli bozor tizimi, 1) ma'lum tovarlar va xizmatlarning kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o`zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo`lmaydi.
Resurslarni qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste'mol qilish bilan bog`liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya'ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga "joyini o`zgartirsa" vujudga keladi. Bu qo`shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar xissasiga to`g`ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o`zlarining sanoat chiqitlarini ko`l yoki daryoga oqizsa bu cho`miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga - zarar keltiradi.
Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoat va uskunalar o`rnatmaganligi hisobiga ishlab chikarish harajatlarining ancha past darajasini ta'minlaydi. Davlat resurslarining nomutanosib taqsimlanish vujudga keltiradigan bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo`llaydi, yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi.
Masalan, atrof - muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o`zlarining sanoat chiqitlarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o`rnatish bilan yo`qotishga majbur qiladi.
Boshka holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof- muhitni ifloslantiruvni korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo`lgan zararni yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo`llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste'molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish yo`li bilan ularning talabi kengaytirildi. Malasan, bizning Respublikamizda islohatlarning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini oshiradi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi.
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilanadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtiomiy ne'matlarni ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o`z zimmasiga oladi.
Bular fan, ta'lim, soliqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro`y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.
Davlat, byudjet mablag`lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo`llanilishdan bo`shatadi, hamda ularni ijtimoiy ne'mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o`zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta'minlash, to`liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to`liq bandlilikni ta'minlash uchun umumiy sarflar, ya'ni xususiy va davlat sarflarining hajmi etarli bo`lmasa davlat bir tomondan ijtimoiy ne'matlar va xizmatlarga o`z xarajatlarini ko`paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag`batlantirish iaqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to`liq bandlilik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar darajasining ko`tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha darajasi inflyatsion xarakter kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo`l bilan ortiqcha sarflarni tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo`lganda davlat sarflarining ko`payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o`sishiga olib keladi. O`z navbatida, soliqlarning qiskarishi yoki transfert to`lovlarining ko`payishi daromadlarni ko`paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarni o`sishini rag`batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o`z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtiomiy sug`urta va ijtimoiy ta'minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xarakterga ega bo`lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi. Bularga atrof - muhitni himoya qilish, aholi sog`lig`ini saqlash, bo`sh ishchi o`rinlariga ega bo`lishning teng sharoitini ta'minlash va ma'lum sohalarda narx belgilash Seminaroti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |