Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning o'zbekistondagi xususiyatlari


Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili



Download 40,66 Kb.
bet8/19
Sana31.12.2021
Hajmi40,66 Kb.
#199731
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.

Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi.

Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...I».

Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir.

Xo'sh, davlatning bosh islohotchi va iqtisodiyotni tartiblashtirib turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi?

Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda.

Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.


Download 40,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish