Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Download 0,49 Mb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi0,49 Mb.
#891460
  1   2
Bog'liq
biznes huquqi word





Reja:




  • 1 Davlat tasarrufidan chiqarish

  • 2 Davlat tassarufidan chiqarishning asosiy prinsiplari

  • 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan davlat mulki obyektlarini davlat tassarufidan chiqarish

  • 4 Quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi

5 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari.


Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.


Asosiy tushuncha va atamalar
Davlat tasarrufidan chiqarish
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

1 Davlat tasarrufidan chiqarish
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
(O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda)
Xususiylashtirish — ismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
(O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda)
Xususiylashtirishga doir qonun va qonunosti hujjatlari

  • DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA. 425-XII-son 19.11.1991

  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida. O’RQ-728 15.11.2021

  • Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida. PF-6167 11.02.2021

  • Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. PQ-168 18.03.2022

2 Davlat tassarufidan chiqarishning asosiy prinsiplari


Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;

  • davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qo‘shib olib borish;

  • pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;

  • davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash;

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari.

  • 1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi.

  • 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

  • 3. O‘zbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan davlat mulki obyektlarini davlat tassarufidan chiqarish



  • asosiy fondlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan korxonalar;

  • qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;

  • elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;

  • kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral o‘g‘itlar, sintetik tolalar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);

  • raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

  • matbaa korxonalari va nashriyotlar;

  • axborot va telegraf agentliklari;

  • standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;

  • Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda hal etishni o‘z ichiga oladi.

4 . Quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.



  • 1) O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

  • 2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • 3) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;

  • 4) pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar;

  • 5) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk);

  • 6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

  • 7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

  • 8) qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;

  • 9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

  • 10) kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;

  • 11) O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;

  • 12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;

  • 13) portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;

  • 14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

  • 15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;

  • 16) davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;

  • 17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);

  • 18) qabristonlar.

5 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
3.1. Davlatning barcha korxonalari xususiylashtirish usuliga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi:
birinchi guruh iqtisodiyot barcha tarmoqlarining ishlovchilar soni 150 kishigacha bo‘lgan, asosan kimoshdi savdolari, tanlovlar yoki birja savdolarida sotiladigan mayda korxonalarni o‘z ichiga oladi. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan xususiylashtirish usuli to‘g‘risidagi qaror Davlat mulki qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar tomonidan bajarilishi shartdir;
ikkinchi guruh, Dasturning 3.2-bandida nazarda tutilgan istalgan usulda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan qolgan barcha korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Davlat mulki qo‘mitasi xususiylashtirish obyektini sotish to‘g‘risida axborot bildirishi e’lon qilingunga qadar xususiylashtirishning tarmoq va mahalliy dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.
3.2. Xususiylashtirishning quyidagi usullaridan foydalanish nazarda tutiladi:
xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish;
–– davlat korxonalarini ochiq aksionerlik jamiyatlariga aylantirish va ularning aksiyalarini belgilangan tartibda sotish;
–– aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish;
–– ishlab turgan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar mol-mulki (aktivlarni, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlarni birja savdolarida, kimoshdi savdolarida va tanlov bo‘yicha sotish;
–– davlat mulki hisoblangan ulush (pay, aksiya)larni kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha, shu jumladan, qatnashchilarning tarkibi cheklangan tanlov bo‘yicha sotish.
3.3. Xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish.
Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirishda asosan aksiyalarning quyidagi to‘rtta paketi nazarda tutiladi:
davlatga tegishli;
mehnat jamoalariga tegishli;
xorijiy sherikka tegishli;
fond birjalarida va qimmatli qog‘ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet ellarda erkin sotishga mo‘ljallangan aksiyalar.
Davlat va mehnat jamoalari aksiyalari paketining ulushi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki tekinga olingan har qanday aksiyalarni mulkdor qonunchilik doirasida cheklashlarsiz sotishi mumkin.
Qo‘shimcha (ikkilamchi) emissiya va aksiyalarni tarqatish aksionerlik jamiyatlari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
3.4. Aksionerlik jamiyatlari bo‘lmagan korxonalarni tanlov bo‘yicha va kimoshdi savdosida sotish.
Jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirish obyektlari xususiy mulk qilib sotib olinishi xaridorlardan xususiylashtirilayotgan obyektga nisbatan qandaydir shartlarni bajarish talab qilingan hollarda tanlov bo‘yicha sotish hisoblanadi. Tanlov shartlari O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini tanlov bo‘yicha davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibiga muvofiq belgilanadi.
3.4.1. Kimoshdi savdosida (tanlov bo‘yicha) xususiylashtirilgan davlat korxonalarining egalari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga bu korxonalar egallab turgan hamda ular xarid qilgan mulk tarkibiga kirmagan odamlar yashamaydigan xonalar, binolar, imoratlarni ijaraga olish bo‘yicha uzoq muddatli (10 yilgacha bo‘lgan muddatga) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan xonalar, binolar, imoratlarning ijara shartnomalarini ilgari tuzilganlarga nisbatan o‘zgartirishga faqat tomonlarning kelishuviga ko‘ra, agarda shartnoma shartlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasining xususiylashtirilgan obyektlari egalari shu korxonalar egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar.
3.4.2. Korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) kimoshdi savdosida va Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasida hamda uning filiallarida Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq sotiladi.
3.4.3. Ishlab turgan davlat korxonalarining mol-mulkini (aktivlarini) sotish faqat Davlat mulki qo‘mitasining ruxsati bilan u belgilagan tartibda sotiladi.
3.4.4. Tugallanmagan qurilish obyektlari aktivlarini xususiylashtirish:
bu obyektlarning aktivlarini birja savdolarida, kimoshdi savdolarida, tanlov bo‘yicha sotish yo‘li bilan;
keyinchalik aksiyalar sotiladigan davlat sarmoyasi 100 foiz bo‘lgan ochiq aksionerlik jamiyati ta’sis etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tugallanmagan qurilish obyektlarining aktivlarini sotishdan olingan pul daromadlarini taqsimlash Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish