Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ham, uning samarali amal qilishining ham yagona va universal tamoyili yo`q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o`ziga xos bo`lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish davri ham har bir mamlakatda o`ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar bo`lishi tabiiy. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi bir qator tamoyillar mavjud bo`lib, ularning asosiylari xususida to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |