Bozor iqtisodiyoti nima



Download 37,5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi37,5 Kb.
#81454
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nima

Bozor iqtisodiyoti nima ?

Tejamkorlik oila boyligidir.

Bozor iqtisodiyotida “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak?”, “Kim uchun ishlab chiqarish kerak?” – degan savollarga, asosan, bozor javob beradi. Shu bois, bu tizimni bozor iqtisodiyoti deb atashadi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari : 1.Erkin iqtisodiy faoliyat ; 2.Xususiy mulkchilik ; 3.Erkin narxlar ; 4.Iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo’lgan intilish ; 5. Monopoliyani rad etish ; 6. Raqobat .

Bozor iqtisodiyotining eng asosiy xususiyatlari bu xususiy mulkchilik va unga asoslangan erkin iqtisodiy faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulk shakillari: xususiy, jamoa va davlat mulklari mavjud bo’lib, ular teng huquqli rivojlanadi. Ishlab chiqarish vositalarining ko’pchilik qismi xususiy shaxslar qo’lida bo’lib, ular o’z iqtisodiy faoliyatlarini mustaqil, erkin ravishda olib boradilar. Bu tizimda xoh u ishlab chiqaruvchi bo’lsin, xoh u iste’molchi bo’lsin, ular tomonidan iqtisodiy yechim faqat munosabatlari va qonunlaridan kelib chiqib tanlanadi. Narxlar erkin bo’lib, ular tovarga bo’lgan talab va taklifning o’zaro munosabati orqali shakllanadi.

Bozor iqtisodiyotining yana bir xususiyatlaridan biri – bozor ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatga, foyda olishga bo’lgan intilishidir. Har bir fuqarodagi ko’proq foyda olishga bo’lgan intilish, uning iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiradi, yangilikka undaydi. Bu esa oxir-oqibat, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasidagi raqobatni keltirib chiqaradi. Raqobat – bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti monopoliyani rad etadi. Chunki monopoliya bor joyda erkin iqtisodiy faoliyat va raqobat bolmaydi.

Yuqorida keltirilgan xususiyatlar asosida bozor munosabatlari shakllanadi, bozor iqtisodiyoti amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi va iqtisodiyot boshqariladi. Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mexanizmlari yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.

Bozor iqtisodiyoti nazariyasining asoschilaridan biri, bu ingliz iqtisodchisi Adam Smitdir. Bu nazariya bir necha asrlar davomida asta-sekin rivojlanib, shakllanib va mukammallashib bordi. Ayni paytga kelib, sof bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan davlat yo’q. Qaysi davlatni olmang, davlat u yoki bu darajada itisodiyotga aralashadi. XX asrga kelib esa markazlashgan rejali iqtisodiyotga asoslangan qator davlatlar vujudga keldi. Natijada, bu ikki nazariya va amaldagi ikki tizim o’rtasida raqobat, o’zaro musobaqa
paydo bo’ldi. Bozor iqtisodiyoti jamiyat hayotidagi o’zgarishlarga javoban, ijobiy xususiyatlarni o’zida tez mujassamlashtirib, bu o’zgarishlarga tezlikda moslasha oldi va bu bilan iqtisodiy taraqqiyot rivojiga poydevor bo’ldi. XX asr oxiriga kelib bozor iqtisodiyotiga tayangan davlatlar iqtisodiyoti gullab-yashnab, iqtisodiy taraqqiyotda ilgarilab ketishdi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot hukm surgan davlatlar iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutib jahon taraqqiyotidan ancha orqada qolib ketdi.

Oila daromadlari oshganda jami harajatga nisbatan oziq-ovqatga sarflanadigan xatajatlarning salmog’i kamayadi, kiyim-kechak, uy-joy va energiya manbalariga sarflanadigan xarajatlar salmog’i esa o’zgarishsiz qoladi. Madaniy va nomoddiy xarajatlar salmog’i esa ortib boradi. Daromad kishining ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari. Har bir inson o’zining daromadini bo’lar-bo’lmasga sarf qilmasligi kerak. Omonat – mablag’ni jamg’arish va ko’paytirish maqsadida ma’lum ustama haq foiz evaziga bankka qo’yishdir. Kishining ma’lum vaqt davomida ishlab topgan va qo’lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki biror mulkni ishlatish evaziga hosil qilinishi mumkin. Davlat tashkilotida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko’rinishidagi ish haqi

oladilar. Bundan tashqari tomorqalarida yetishtirilgan meva va sabzavotlardan tushgan mablag’ni bujetiga qo’shiladi.

Bozor iqtisodiyoti ham qator kamchiliklardan xoli emas, albatta. Bozor iqtisodiyoti davlatlarning iqtisodiyotga aralashuvini inkor etgani holda, jamiyat boylar va kambag’allarga ajralishiga mulkning ozchilik qo’lida to’planishiga, katta-katta monopolchi korxonalar vujudga kelishiga va jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy muvozanatning beqarorlashuviga zamin yaratdi. Bozor iqtisodiyotining inflatsiya va ishsizlikka qarshi samarali kurasha olmasligi ma’lum bo’lib qoldi.



Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon – e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish