1.2. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining magistrlar faoliyatidagi ahamiyati
Magistr bozor iqtisodiyotida yetakchi, katta mutaxassis sifatida innovatsion faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs hisoblanadi. U o‘z mavqeiga ko‘ra ilg‘or, kompleks mutaxassisdir. Chunki u haqiqiy rahbar va yirik tashkilotchi bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham magistr o‘z nomi, faoliyat xususiyati bilan doimo yangilikka intiluvchi, jarayonga yangilik kiritib boruvchi xodim hisoblanadi.
Mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganish doimiy tartibda bo‘lib, uzulishga yo’l qo‘ymaslik zarur. Bu doimiy kundalik talabga aylanganidagina tegishli foyda berishi mumkin. Uzilgan xolda yoki istagan vaqtdagina e’tibor berib shug‘ullanish kutilgan natija bermay, ma’lumotlardagi yaxlitlikni ta’minlamaydi. Shuning uchun avvalo bunga ajratiladigan vaqtni mazmunli aniqlash taqozo etiladi. Shu bilan bunga bu ish uchun ajratiladigan va belgilangan vaqt ma’lumot va axborot olish shart-sharoitlariga bo‘ysundirilgan bo‘lishi shart. Lekin qanday bo‘lmasin belgilangan vaqt doimiy tavsifda bo‘lishi muhimdir.
Keyingi zarur talablardan yana biri manbaalarni aniqlash hisoblanadi. Ishni boshlash va bog‘lanishdan oldin rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish manbaini to‘la aniqlash va uning turi, xilini tanlay bilish bilan bog‘liq ishlar amalga oshiriladi. Busiz ish samara berishi qiyin. Bunda aniqlik bo‘lmasa vaqtning behuda ketishi, vaqtni unumsiz o‘tkazish mumkin. Manbaalarni belgilashda eng, yangilik tomonlari bor, foydalanish oson bo‘lganlarini tanlash va ularga moslashish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu har tomonlama engillik tug‘diradi.
Manbaalarni to‘g‘ri belgilagandan keyin foydalanish usullari va yollarini aniqlab belgilash kerak bo‘ladi. Chunki har bir manbaadan foydalanishning o‘z shart-sharoitlari bo‘lishi mumkin. Bularni tezroq to‘la bilgan xolda harakat qilish yaxshi samaraga olib kelishi ma’lum. Shart-sharoitlar manbaalarga qarab boshqacha bo‘lishi, shu bilan birga ular oson xal qilinadigan yoki mushkulroq bo‘lib, turlicha yondoshuvga olib kelishi mumkin.
Har sohaga o‘xshagan rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasini o‘rganish tizimlilikni talab qiladi. Bunda bevosita faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, tashkilotga xos yoki tarmoqqa taalluqli bo‘lib, bularga ko‘proq e’tibor berish zarur bo‘ladi. Bu sohadagi ma’lumot va axborotlar birinchi navbatda va tezroq, ko‘proq bo‘lishi turgan gap.
Shu bilan birga mamlakatlar bo‘yicha eng zarurlarini ajratish mumkin bo‘ladi. Korporatsiyalar, trans milliy kompaniyalarga aniqlik kiritish foydadan xoli emas.
Umumiy oqimli soha, mamlakatlar tizimi bo‘lishi mumkin. Aytaylik, yyetakchi “sakkizlik”, “o‘nlik”, “yigirmalik” mamlakatlari, yoki Yaponiyaning o‘zi, yangi industrial Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek sobiq sotsialistik iqtisodli bozorga o‘tuvchi mamlakatlar yoki sobiq Itifoqqa kiruvchi O‘zbekistonga o‘xshagan suveren mustaqil davlatlar kabilarga bo‘lingan xolda o‘rganib, ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish ma’lum ma’noni belgilaydi va tizimlar turliligiga qarab ish tutishga undaydi.
Magistr uchun eng muhim narsa ma’lumotlarni tahlil qila bilish va maksimum ravishda foydalana olishdir. Biznes faoliyatda yangilikka intilish rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini qo‘llay bilishni talab etadi. Buning uchun bunga taalluqli ma’lumot, axborotlarni tahlil etish, to‘la tushunish va amaliyotda ishlata olish darajasiga olib kelish ishlarini amalga oshirish jarayonlarini bajarish kerak. Shu bilan birga o‘z amaliyotidagi o‘lchovlarga taqqoslay bilish salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlay bilish muhimdir. Shu taqdirda amalda qo‘llash uchun yol ochilishi mumkin.
Tahlil eta bilish, taqqoslash xulosa chiqarishga olib kelib, amaliy yo’llarni aniqlash talab etiladi. Buning uchun bu tajribalardan kelib chiqadigan xulosalardan foydalanish yo’llari, usullarini belgilash bilan bog‘liq ishlarni bajarish kerak. Bunda samaradorlikni belgilash amalda qo‘llash darajasini aniqlash bilan bog‘liq vazifalar ado etiladi.
Ma’lumot, axborotlarni tizimlay bilish va vaqt, hudud, tarmoqlar bo‘yicha tartiblashtirib borishi zarur. Bularni yig‘ish tartibi, ularni o‘rinlashtirish va kerakli vaqtda qayta foydalanish imkonini beruvchi tartibli xolda saqlanishini ta’minlash talab etiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish diqqat bilan ish tutishni taqozo etadi. Shu bilan birga bu ma’lumot va tajribalardan firma ichki faoliyati va chet iqtisodiy harakatlarda, shuningdek xalqaro faoliyatda foydalanishda mustaqil ish yurita bilish magistrdan malakali bo‘lishni talab etadi.
Magistr bu sohada ilmiy ishlar olib borishi hamda tajriba materiallaridan erkin xolda keng foydalana olishni taqozo etadi. Chunki bu sohadagi faoliyat shaxsan o‘z manfaati bilan chegaralanmay boshqalar uchun foyda keltirishi kerak.
Magistr jahon bozori tajribasidan keng foydalanishi uchun bunga taalluqli vositalarni bilishi va erkin tarzda ishlata olishi zarur. Bular internet, kompyuter, ilmiy adabiyotlardan iboratdir. Bunda boshqalarning yordamisiz mustaqil ishlay bilishi zarur.
Shuni ta’kidlash kerakki, bozor munosabatlari harakati, biznes avji jahon tajribasisiz kutilgan natija bermaydi va bu vaqtinchalik narsa bo‘lmay, doimiy davom etuvchi, to‘xtovsiz yangilanib turuvchi xodisalarki, buni hech qo‘ldan bermay doimo shug‘ullanib borish maqsadga muvofiqdir. Bu har bir magistr uchun ihtiyoriy zaruriyatga aylanishi hamda xavas, ko‘ngil qo‘yish bilan bajarilib borishi talab etiladi. Magistr uchun jahon bozor tajribasini o‘rganib, uni amalda qo‘llab borish zarur shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |