“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


-chizma Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tarkibiy qismi



Download 8,11 Mb.
bet4/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

1.1.1.-chizma Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tarkibiy qismi

Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni uch tomoni mavjud bo‘lib, bu umumiylik, xususiylik va jahon tajribasidir. Umumiylik bozor iqtisodiga o‘tishda barcha mamlakat, hudud va xalqlar uchun bir xildir. Aytaylik, uning umumiy darajalari (kategoriya), mexanizmlari, munosabatlarimavjudki, ular milliy davlat chegaralarini tan olmaydi, barchaga taalluqli va zarurdir, bularsiz bozor umuman o‘z mazmuniga ega bo‘lmaydi. Lekin hech vaqt bozor munosabatlari-ning shakllanishi mamla-katlarda bir xilda yuz bermaydi. Chunki, bozor iqtisodiga o‘tishda mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, bunga ta’sir


ko‘rsatuvchi tomonlar, omillar ko‘pdir. Har bir mamlakatda bozor iqtisodiyotining barpo etilishi umumiy qonuniyatlarning aniq sharoitda amalga oshishi va barcha mavjud xususiyatlarni, aniq shart-sharoitlarni e’tiborga olgan xolda reallashuvi mumkin. Bu jarayonda har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, intellektual holati, moddiy boyliklar, ayniqsa tabiiy boyliklar, mehnat resurslari kabi imkoniyatlar xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar bularga geografik joylashuv, milliylik, urf-odat, xalq birligi kabilarni qo‘shsak, umumiy sharoit yana ham oydinlashadi.
Bozor iqtisodiga o‘tishdagi eng muhim tomonlardan yana biri jahon tajribasi, mamlakatlar hamkorligidir va bu bozor iqtisodiyotining zarur doimiy qismidir. Chunki bozor iqtisodiga o‘tish jarayonining faqat mamlakatning o‘z yoli bilan chegaralanish doimo muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Jarayonni tez rejalashtirish rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, ularni o‘zlashtirish va tadbiq qilishni talab etadi. Bu bozor iqtisodiga o‘tish muammolarini tez xal qilish, ortiqcha urunishlarni oldini olish, sinovdan o‘tgan usul va yollarni qo‘llash imkonini beradi.
Bundan tashqari rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish, jahon standartlarini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun ham yol ochadi. Chunki jahonga yuz tutish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish, har bir mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatish avvalo uni o‘rganish, bilish va o‘z joyini topa bilishni talab etadi. Buning uchun mavjud yig‘ilgan iqtisodiy faoliyat tajribalari, iqtisodiy sharoitlar, xususiyatlarni anglashgina bunga yo’l ochishi mumkin. Jahon standartlarini olsak, bu yuqori darajali talab asosi bo‘lib, avvalo bunday standartlar, buni yaratuvchi texnologiya va erishilgan tajribaning o‘zlashtirilishi talab etiladi.
Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tarkibiy qismi bo‘lgan jahon tajribasi uch tomonlama ahamiyat kasb etadi:

  • bozor iqtisodiyoti shakllanishi va taraqqiy etishi bilan bog‘liq rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish;

  • jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish maqsadida mamlakatlar bozor rivoji tajribasini o‘rganish;

  • jahon standartlari darajasida bo‘lishlik uchun ilg‘or mamlakatlar bozor tajribasini qo‘llash.

Ko‘rinib turibdiki bozor iqtisodiyoti shakllanishi va uning mustahkamlanishi, taraqqiyotini rivojlangan mamlakatlar tajribasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jarayon axborot uchungina bo‘lmay, bozor amaliyoti uchun zarurdir va buni o‘rganish, qo‘llash, foydalanish texnologiyasi bilan mustahkamlanishi talab etiladi. Tajribalardan foydalanish esa xususiylik sharoitlari, milliylik, mahalliylik bilan mustahkamlanishi mavjud qo‘llash sharoitlariga to‘la ob’ektiv xolda moslashtirilishi talab etiladi.
Bozor tajribalarini axborot uchun o‘rganish o‘z yoliga ega bo‘lib, asosiy maqsad ularni to‘la singdirib, bevosita qo‘llash darajasiga olib kelishgina samara berishi va iqtisodiy jarayonni tezlashtirishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash mumkin emas va ularni mavjud sharoitlarga to‘la moslashtirgan xolda o‘zgartirish, mahalliy talablar, usullaridan to‘la foydalanilgan xolda qo‘llash yaxshi samaralar beradi.
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi bozor iqtisodiyoti asoslariga kirib, bunga aloxida ahamiyat berish talab etiladi. Buni fan sifatida tan olish, shakllantirish, predmet va usullarini belgilash muhim bo‘lib, bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti uchun zarur shartdir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga jahon iqtisodiyoti rivoji tufayli yondoshuv ham muhimdir. Bozor iqtisodiyoti rivoji bilan jahon iqtisodiyoti shakllanishi o‘sib boradi. Mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni ikki tomonlama o‘z aksini topadi:

  • iqtisodiy resurslar joylanishi;

  • jahon mehnat taqsimoti.

Ma’lumki resurslar, ishlab chiqarish omillari yer yuzida bir xil joylashgan bo‘lmay, juda turlichadir. Bir xil mamlakatlarda tabiiy boyliklar xillari va miqdori ko‘p bo‘lsa, boshqa xili kam yoki miqdori oz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tabiiy iqlim ham bunda asosiy rol o‘ynashi mumkin. Ishlab chiqarish mavjud resurslar asosida bo‘lib, mahsulot yetishtirish shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu maxsuslashuvga olib kelib, ma’lum mahsulotlar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi va buning miqdori ichki iste’mol xajmidan katta bo‘lishi hamda chetga chiqarish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Bu bilan jahon savdosi, mamlakatlarning tashqi savdosi avj olishi yuz berishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy munosabatlarda avvalo tabiiy omillar, so‘ngra mahsulotlar ishtirok etadi. So‘ngra mahsuslashuv orqali kapital, ish kuchi va texnologiya almashuvi yuzaga keladi.
Eksport va import ortiqchalik tufayli amalga oshsa, so‘ngra zaruriyatga aylanib, oddiy iqtisodiy harakatga aylanadi. Bu barcha xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar rivoji jahon iqtisodiyotining shaklanishiga olib kelib, uning rivojlanishi, kengayishiga olib keladi va o‘z navbatida tajribalar almashuvini kuchaytiradi. Demak, rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining ahamiyati jahon iqtisodiyoti rivoji tufayli o‘sib boradi, ta’sir doirasini kengaytirib o‘z tarkibiy qismiga aylantirib boradi.
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi bilan rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining zaruriyatini kuchaytirib, bozor iqtisodiga o‘tuvchi mamlakatlarga ta’sirini orttiradi va bozor iqtisodiga o‘tishni tezroq boshidan kechirish taraqqiyot yoliga o‘tishni tezlashtiradi.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish