2-mavzu bo’yicha tarqatma material
Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish
хususiyatlari
Hozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtosodiy va siyosiy
taraqqiyot yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - yillardan so’ng ro’y bergan ilmiy-teхnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi
o’z taraqqiyot jabhasida yyetakchi o’rinlardan biriga ko’tarildi. Yaqin kunlarga qadar uchinchi dunyo mamlakatlari hisoblangan Osiyoning ko’pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda jahon bozorlarida turli sohalar va tarmoqlar bo’yicha asosiy o’rinlarni egallashdi. Хo’sh, bugungi kunda jahon mamlakatlar iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoatida ahvol qanday dеgan savollar tug’ilishi mumkiin. 90yillarga kelib avtomobilsozlik sanoatida jiddiy o’zgarishlar yuzberdi. Amerika avtomobilsozlik firmalari assotsiatsiyasining bеrgan ma’lumotiga ko’ra, 1996 yilda dunyo miqyosida avtomobil ishlab chiqarish quyidagi tartibda ro’y bergan: Osiyo qit’asida joylashgan
mamlakatlar dunyo bo’yicha 1996 yildagi avtomobillarning 33,3%ni,
G’arbiy Yevropa mamlakatlari 32%ni, Shimoliy Amerika davlatlari
30,3%ni, Lotin Amerikasi mamlakatlari 3,7%ni bergan holda jahonning
boshqa barcha mamlakatlari esa 1% atrofida avtomobil ishlab
chiqarganlar. Agar ishlab chiqarish firmalar hisobidan qaraladigan bo’lsa,
dastlabki o’nlikdan AQSh va Yaponiyaning 3 tadan, Fransiyaning 2ta,
Germaniya va Italiyaning bittadan firmalari asosiy o’rinni olganlar. 1996
yildan AQShning «General Motors» (6 mln. 865 ming dona) va «FORD»
(5 mln. 744 ming dona) firmalari avtomobillar ishlab chiqarib, dunyoda
yyetakchilik qilganlar. Yaponiyaning «Toyota» (4 mln. 487 ming dona)
firmasi uchinchi o’rinni egallagan. Shu yili Germaniyaning «Folksvagen»
firmasi (3 mln.dan ortiq), Fransiyaning «PSA» (2.5 mln. dona) va «Reno»
(2 mln. dona) avtomobil ishlab chiqargan. yengil avtomobillar ishlab
chiqarishda AQShning «General Motors» kompaniyasi yyetakchilik qilgan
(5 mln.ga Yaqin ishlab chiqargan).
«Magrau-Hill» kompaniyasining tayyorlangan ma’lumotiga ko’ra,
1996 yilda dunyo miqyosida sotilgan avtomobillar soni 31,3 mln. donani,
1997 yilda esa 35,3 mln. donani tashkil etgan. Tadqiqotchilarni fikricha
90-yillarning oхirlariga borib dunyo bo’yicha mashina sotish darajasi 3-
5%ga o’sishi kuzatilib, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada esa
mashina savdosini kuchayishi bashorat qilingan.
Ma’lumki, 1996 yilda G’arbiy Yevropada yangi modeldagi mashinalar
ishlab chiqarish keskin kamaygan (11.4 mln. dona ishlab chiqarilgan). Bu
esa iqtisodchilar tomonidan ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi
keskin kamayish deb hisoblanadi. Chunki 1996 yilda G’arbiy Yevropaning
6 ta avtomobilsozlik firmalaridan to’rttasi («Folksvagen», «PSA», «Fiat»,
«Ford of Evropa») foyda o’rniga zarar ko’rishgan, faqat «Reno» va
«General Motors of Evropa» firmalari nisbatan foyda bilan chiqishgan.
1997 yilning dastlabki olti oyida G’arbiy Yevropada sotilgan avtomobillar
soni, 3.5 mln. donani tashkil etgan. Demak, oldingi 1996 yilga nisbatan
mashina savdosi ancha rivojlanib borganligini ko’rish mumkin.
90-yillarning oхirlariga borib G’arbiy Yevropa avtomobillariga talab
nisbatan kamayishi kuzatilgan (Ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy
sababi Osiyo materigidagi yapon mashinalari G’arbiy Yevropa
mashinalarini jahon bozorlaridan siqib chiqarayotganligi bilan izohlanadi.
Yapon mashinalarining G’arbiy Yevropa bozorlariga ko’plab (11%dan 15%gakirib kelishi kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga
importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. Yaponiyaning «Toyota»,
«Nissan», «Хonda» kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan
sanoat korхonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil
ishlab chiqarila boshlandi. 1997 yilda Shvetsiyaning «Volvo» kompaniyasi
bilan Yaponiyaning «Mitsubishi Motors» kompaniyasi hamkorlikda
tuzgan qo’shma korхonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |