210
Yaponiya ishchilari dunyoda eng yuqori ish haqiga ega. Bu mehnat bilan
menejment o‘rtasida to‘la kelishuvning katta asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ish
kunining yo‘qotilishi bo‘yicha yyetakchi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya
eng past o‘rinda turadi. Ma’lumki, ish kunlarini yo‘qotish avvalo mehnat bo‘yicha
kelishmovchilik sababi bilan yuz beradiki, ishchilar o‘z boshliqlariga qarshi
norozilik bildirishini natijasi hisoblanadi.
Yaponiya korxonalarida texnika xavfsizligi darajasi juda yuqori. Bularning
barchasi ish kuchi sifatining yuqoriligi va buning raqobatbardoshlikka ta’siri
kattaligini ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda Yaponiya ishlab chiqarish menejmenti tizimi va
boshqarishda bir qancha takomillashuv amalga oshmoqda. Bunda “Toyotizm”
Yangi modeli ahamiyatlidir. Buni ishlab chiqqan Toyota firmasidir. Yangi tizim
standartlikning ustuvorligini saqlagan xolda diversifikatsiyalashgan mahsulotlar
sifatini ko‘tarish va moslashuv darajasini ko‘tarish imkonini beradi. Ma’lumki,
fordcha ommaviy mahsulot ishlab chiqarish modeli vaqtlarida bir qancha
qiyinchiliklarga duch kelib, o‘zgarish talab etgan xolda Yangi texnologiyalarni
yuzaga keltiradi.
Yangi tizimda “albatta o‘z muhlatida” va “sifatni total nazorati” usulari
ishlab chiqarilib, bular kompaniyalar bilan ta’mineotchlar o‘rtaisda jips aloqani
talab etadi. Ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib borish, dizayn, injiniring va sanoat
ishlab chiqarishini integratsiyalashuvi hamda yagona ishlab chiqarish jarayoni
sikliga aylantirish yuz beradi. Iste’molchilar va talab me’yoriga katta e’tibor
beriladi. Bunday sharoitda inson resursi menejmenti Yangi talablarni yuzaga
keltiradi. SHu bilan birga ishchilarning malakasi, mutaxassisligi to‘xtovsiz
takomillashib borishi zarur bo‘ladi.
Pravodgi “Toyotizm”dan kelib chiqadigan natija zarur mahsulotlarning
zarur miqdorda va zarur vaqtda ishlab chiqarilishini ta’minlashga to‘la erishuvdan
iboratdir. Bu tizimda avtomatlashuv, Ya’ni aqlli mashinalar yaratish va defektni
avtomatikaning o‘zi boshqarishi, bir vaqtda bir necha modellarni yig‘ish,
buyurtmachilar bilan ta’minotchilar o‘rtasida axborot doimiyligini ta’minlash
kabilar asos hisoblanadi.
Toyota avtomobil kompaniyasida qo‘llanilgan bu ishlab chiqarish
menejmenti tizimi boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan va sanoatda inqilobiy
o‘zgarishlarga olib keldi.
Yaponiya kompaniyalaridagi boshqaruv usuli qisqa vaqtda foyda olishga
emas, balki foyda olishning doimiyligini ta’minlashga qaratilgandir. Shuning
uchun Yaponiya menejmenti G‘arbiy menejmentdan ko‘p tomonlama farqlanadi.
Yaponiya menejmenti dunyoda eng ilg‘or hisoblanadi va u to‘xtovsiz
takomillashib boradi, og‘ir holatlarga moslashuvchan bo‘lib, Yaponiya
kompaniyalarining raqobatdoshligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Shuning
uchun ham bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda Yaponiya iqtisodiyoti boshqaruvi
tajribalarini o‘rganib borish va foydalanish usullarini belgilab borish ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: